Yakshanba, 26-aprel, 2015 Toshkent vaqti: 20:40

Yaqin Sharq

Muqtada al-Sadr iroqlik sunniylarni qo'llab-quvvatladi

Muqtada al-Sadr, Iroqdagi shialar diniy yetakchisi
Muqtada al-Sadr, Iroqdagi shialar diniy yetakchisi
Amerika Ovozi
Iroqda ko’zga ko’ringan shia ulamosi Muqtada al-Sadr hukumatdan milliy xavfsizlikka doir qonunlardan o’z manfaati yo’lida foydalanmaslikni so’ramoqda.

Bu borada Sadr bir necha haftadan beri namoyish qilayotgan sunniylarni qo’llab-quvvatlagan. Uning aytishicha, shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy xolis siyosat yuritmayapti, qonunlardan to’g’ri foydalanmayapti.

"Muammo xavfsizlikka doir qonunlarda emas, balki ularning qo’llanilishida", - dedi Sadr.

Bu qonunlar terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslarni hibsga olish hamda sobiq diktator Saddam Husaynning Baas partiyasiga aloqador rasmiylarni ishdan olish tartibini belgilaydi.

Iroqdagi sunniylar nazarida esa Malikiy qonunlardan ularni nishonga olishda, sunniylarni siyosiy hayotdan chetlatishda  foydalanmoqda.

O’tgan oy Malikiy ma’muriyatidagi sanoqli sunniy vazirlardan birining hibsga olingani noroziliklarga sabab bo’lgan.

Malikiy hukumatga qarshi namoyishlarga ortiq toqat qilmasligini aytgan.

Sadr partiyasi Malikiyning parlamentdagi koalitsiyasiga kiradi. 325 deputatdan 40 nafari uning odamlari.

Arbob fuqarolarni shialar va sunniylarga ajratmayman, dedi.

Namoyishchilar bosh vazirni diktatorlikda ayblab, iste’foga chaqirgan. Sadr bu talablarga qo’shilishini aytdi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Kaliforniya shtatida politsiya aholi bilan qanday ishlaydi?i
X
26.04.2015 10:29
Kaliforniyaning Stokton shahrida ham ichki ishlar xodimlari aholi bilan qanday ishlash masalasini qayta ko'rib chiqmoqda, federal hukumati ko'magi bilan. Politsiyachilar odamlarni kelib chiqishiga qarab ajratmaslikni o'rganmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonda qiynoqlar tinmayapti, dunyo boshqa ko'z yuma olmaydi, deya bong urmoqda Xalqaro Amnistiya

O'zbekiston hibsxona va qamoqxonalarida qiynoqlar muntazam kuzatiladigan hol va bu muammoga ko'z yumish yoki uni tan olmaslik vijdonsizlikdir, deya bong urdi Xalqaro Amnistiya (Amnesty International) tashkiloti bugun Vashingtonda AQSh Kongressi qoshida o'tgan brifingda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI