Breaking News

AQSh Iroqqa og'ir qurol bermaydi


AQSh Iroqqa og'ir qurol uzatmaydi - US/Military aid to Iraq
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:37 0:00

AQSh Iroqqa og'ir qurol uzatmaydi - US/Military aid to Iraq

Qo’shma Shtatlar Iroq hukumatiga jangarilarga qarshi kurashda yordam berishga tayyor, biroq askar bilan emas, qurollar bilan. Shunda ham Vashington Bag’dod so’ragan hamma qurollarni bermoqchi emas.

Iroqning Anbar viloyatidagi Falluja shahri va boshqa rayonlari jangarilar qo’liga o’tgach, AQSh ularga qarshi urushda yordam qo’lini cho’zishga tayyor.

Vashington Bag’dodga 100 ta havo-yer rusumidagi raketa va 10 ta pilotsiz razvedkachi samolyot berishni rejalagan.

Pentagon matbuot kotibi Bill Spiksning aytishicha, bularning barchasi Iroq armiyasining al-Qoidaga qarshi urushda razvedka va kuzatuv salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Biroq kichik obyektlarni urishga mo’ljallangan, nishonni aniq olishni talab qiluvchi Xellfayr raketalari hamda kichik hajmli dronlar Iroq hukumati anchadan beri so’rab kelayotgan tanklar va Apachi vertolyotlariga teng kelolmaydi.

Qo’shma Shtatlar Iroq bosh vaziri Nuri Al-Malikiyning siyosiy raqiblariga nisbatan qattiqqo’l muomalasidan norozi.

Tahlilchi Tim Braunning aytishicha. Vashington Bag’dodga qudratliroq qurollarni berishni istamaydi.

"AQSh xavotiri shuki, Iroq hukumati zarur bilim va mashqsiz bu qurollardan noto’g’ri foydalanishi yoki ularni boshqa etnik guruhlarga qarshi qaratishi mumkin", - deydi ekspert.

Iroqning Vashingtondagi elchisi Luqmon Al-Fayli AQSh rahbarlarini Iroqqa ko’proq qurol berishga ko’ndirishga harakat qilmoqda.

"Kongress va boshqa idoralardagi rasmiylar bilan uchrashib, ulardan hali ham ittifoqchimizmi deya so’ramoqchiman. Agar shunday bo’lsa, demak, ittifoqchiga yarasha imtiyoz berishlarini istaymiz, agar ittifoqchi bo’lmasak, unda bo’lish uchun nima qilishimiz kerak, deb so’rayman", - deydi Iroq elchisi.

Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlanishlar markazi tahlilchisi Entoni Kordesmanning aytishicha, AQSh Malikiy hukumati o’zini boshqacha tutishini istaydi.

"Al-Qoida qayta oyoqqa turdi deb bo’lmaydi. Bu repressiv va avtoritar hukumat siyosatiga, xavfsizlik kuchlarining vakolatini suiiste’mol qilishiga qarshi javobdir", - deydi mutaxassis.

AQSh rasmiylariga ko’ra, Iroqqa qurol berish bilan muammo hal bo’lib qolmaydi. Qo’shma Shtatlar harbiy yordam bilan bir qatorda Iroq vazirliklaridagi mulozimlar malakasini oshirishni ham taklif etmoqda.

AQSh Iroqqa jangovar qo’shinlarini yuborishni xayoliga ham keltirgani yo’q. Harbiy qismlar 2011-yilda Iroqdan butunlay olib chiqilgan. Ayni damda mamlakatda Amerikaning 200 ga yaqin harbiy maslahatchisi ishlab turibdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG