Breaking News

Afg'oniston sobiq ichki ishlar vaziri: Bizda "Islomiy davlat" yo'q


Afg'oniston sobiq ichki ishlar vaziri Ali Jaloliy
Afg'oniston sobiq ichki ishlar vaziri Ali Jaloliy

Afg'oniston sobiq ichki ishlar vaziri Ali Jaloliyning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, uning mamlakatida "Daesh" ahamiyati bo'rttirilgan. (Yaqin Sharq davlatlari va Afg'onistonda o'zini "Islomiy davlat" deb yuritayotgan guruh "Daesh" deb aytiladi.)

"Bizda "Daesh" yo'q. Afg'onistonda shunchaki Tolibondan ajragan qo'mondonlar yangi moliya manbasini qidirmoqda", - deydi sobiq rasmiy.

Ali Jaloliy hozirda AQSh Milliy mudofaa universitetida Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo bo'yicha professorlik qiladi. Karzay hukumatida vazir bo'lishdan oldin u 20 yil "Amerika Ovozi"da ishlagan.

Jaloliyning aytishicha, "Daesh" Yaqin Sharqda kuchini yo'qotmoqda, hududlarni boy bermoqda.

"Guruhda faoliyatini kengaytirish uchun resurslar yo'q. Uning safi to'lmoqda, yangi odamlar qo'shilmoqda, biroq puli kamaymoqda. Tolibondan ajralib chiqqan jangarilar kuchga to'lish uchun "Daesh"ga qo'shilmoqda", - deydi Jaloliy.

Sobiq vazir nazarida jahon hamjamiyati "Daesh"ga diqqatini qaratib, Afg'onistondagi muammolar haqida unutmasligi kerak.

Afg'oniston Prezidenti Ahmad G'ani ham Mynxendagi xalqaro xavfsizlik anjumanida shu haqda so'zlagan.

"Afg'oniston tinchligiga tahdid solayotgan ko'plab guruhlar bor, yolg'iz "Daesh" emas", - deydi Jaloliy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG