Shanba, 26-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 08:05

Din

Qizlar madrasasi, Suriyada suratga olingan film

Madrasa asoschisi Xuda al-Habash (o'ngda) talabasi bilan. Filmdan lavha.
Madrasa asoschisi Xuda al-Habash (o'ngda) talabasi bilan. Filmdan lavha.
Amerika Ovozi
So’nggi yillarda musulmon o’lkalarda ayollar orasida diniy ilm olishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Qur’onni yod olish, tafsir va boshqa islomiy ilmlarda olima ayollar soni yanada ortgan. O’tgan yili amerikalik kinochilar Suriyadagi ayollar madrasasi haqida hujjatli film ishladi. Ayol kishi boshqaradigan mazkur ilm dargohida ayol va erkaklarning ilmda ham, hayotda ham teng huquqli ekani ta’lim beriladi.

Suriyalik voiz ayol Xuda al-Habash 1982-yil Damashqda qizlar uchun Qur’on maktabini tashkil etdi. Yaqinda uning 30 yillik faoliyati haqida “Ko’zlarida nur” nomli hujjatlli film suratga olindi.


Bu yerda qizlar Qur’on yodlaydi. Shuningdek, boshqa islomiy fanlardan ham saboq olishadi.

Amerikalik kinochilar Juliya Meltzer va Laura Niks Xuda al-Habash kabi musulmon ayollar qanday hayot kechirishi haqida film yaratishga qaror qildi.
 
“Xuda al-Habash ayollar ham masjidga borishi kerak, deb hisoblaydi. Xotin-qizlar jiddiy ta’lim olib, xohlagan joyida ishlashi mumkin, deydi u. Albatta, ba’zan urf-odatlar bunga yo’l qo’ymaydi. Bunday noto’g’ri qarashlarga, aynan, islom orqali chek qo’yish mumkin, deb hisoblaydi bu ayol”, - deydi kinematograf Laura Niks.
 
Al-Habashning aytishicha, islomda ilm olish ham ibodatdir. Ayollar uyda o’tirishi kerak degan qarashlar noto’g’ri, deydi u.

“Musulmonlarning o’zlari ayollarni hamma narsadan, hatto bilim olish, o’qitish va masjidga borish kabi huquqlardan mahrum qilib qo’ygan. Bu johillik, aslida dinda yo’q narsa”, - deydi Xuda al-Habash.
 
Al-Habash o’zini konservativ musulmon deb biladi. “Islomda buyurilgani uchun hijob o’rayman, uy yumushlari bilan ayol kishi shug’ullanishi kerak, ammo ular faqat bu bilan cheklanib qolmasligi kerak, ayollarning boshqa haq-huquqlari ham bor”, deydi u.

“Siz tanlash ixtiyoriga egasiz. O’ylashda, e’tiqod qilishda, hamma narsada erkinsiz. Ayollar o’quvchi ham, o’qituvchi ham bo’la oladi, qozilik ham qilishi mumkin. Din ayolning prezident bo’lishiga ruxsat beradimi? Albatta”, - deydi olima ayol.
 
Meltzer va Niks “Ko’zlarida nur” filmini 2011-yil Damashqda qo’zg’olon boshlanishidan bir oz avval suratga olgan. Hukumatdan ruxsat bo’lmagani uchun film yashirincha ishlandi.

“Xavf borligini sezmadik. Lekin har qanday paytda bizni to’xtatib so’roqqa tutishlari mumkinligini bilardik.  Masjidiga olib kirgani uchun, ayniqsa, Xudaga oson emasdi. Xavf u uchun kattaroq edi”, - deydi Meltzer.
 
“Ko’zlarida nur” filmi AQSh telekanallarida namoyish etildi. Zo’ravonlik avj olgach, al-Habash va uning oilasi 2012-yil o’rtalarida Suriyani tark etdi. Tinchlik o’rnatilgach, u o’z maktabini yana qayta ochish ilinjida.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Nyu-York ko'chmas mulk bozoridagi xorijiy xaridorlar - NYC real estate foreign buyersi
X
25.07.2014 22:40
Nyu-Yorkda, xususan Manxettenda ko’chmas mulk azaldan qimmat. Xorijiy xaridorlar ko'p. Aksariyat investorlar Kanada, Xitoy va Rossiyadan kelgan badavlat odamlar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Falastinliklar motamda
  • G'azo
  • G'azo
  • Niderlandiyaga Ukrainadan yana 74 tobut bordi
  • Hindiston
  • Vatikan
  • Yapon muzeylarida
  • Tayvanda samolyot qulaganidan keyingi manzara
  • Xitoy
  • Germaniya
  • Italiya
  • Filippin
  • Kanada
  • Germaniya
  • San Diego, Kaliforniya shtati
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI