Breaking News

Isroil Falastin mahsulotlari bo'yicha Yevropa Ittifoqi joriy qilgan tartibdan g'azabda


Isroil Falastin mahsulotlari bo'yicha Yevropa qaroridan g'azabda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:11 0:00

Yevropa Ittifoqining Isroil bosib olgan Falastin hududlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qanday yorliqlar yopishtirish bo’yicha yahudiy davlatga yangi ko’rsatmalar bergani Bosh vazir Benyamin Netanyaxuni g’azablantirdi.

Ittifoqning 11-noyabr kuni e’lon qilingan yangi qoidasiga ko’ra, Falastin hududidan kelgan mahsulotlarga Isroil mahsuloti deb tamg’a bosilmasligi kerak. Falastinni uzoq yillar boshqargan Yosir Arofat o’limining 11 yiligi xotirlanayotgan paytda bu xabar arablar tomonidan olqishlanmoqda.

Yevropa Ittifoqi joriy etgan yangi tartib 1967-yilgi urushda Isroil egallab olgan hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etiladi. Rasmiylarning aytishicha, maqsad - Yevropada sotiladigan mahsulotlar bo’yicha mavjud qoidalarga aniqlik kiritish. Isroil esa bu harakatni antisemitizm deya baholamoqda.

“Yevropa o’zidan uyalishi kerak. U vijdonsiz bir qaror chiqardi. Dunyoda yuzlab hududiy mojarolar mavjud bir paytda, u faqat Isroilni, terrorga qarshi kurashayotgan Isroilni ajratib ko’rsatishni xohladi. Yevropa Ittifoqi Isroil iqtisodiyotiga zarar yetkaza olmaydi”, - dedi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu.

Isroilning falastinliklarga nisbatan qattiqqo’l siyosati yuzasidan Yevropa Ittifoqining noroziligi kuchayib bormoqda. Isroilga bosimni oshirish va mahsulotlarini boykot qilishga chaqiruvchi harakat akademik guruhlar orasida qanot yozmoqda. Ammo bunday qarashlar hali siyosatchilar orasida tarqalmagan.

“Mintaqada yagona demokratiya bo’lgan davlatga nisbatan sanksiya qo’llash, uni boykot qilish kerak degan fikr ahmoqlik”, - deydi London meri Boris Jonson.

Ammo egallab olingan Falastin hududiga qurilgan yahudiy posyolkalari tinchlik yo’lidagi eng katta to’ganoq ekani aniq. Arofat o’limining 11 yilligi xotirlanar ekan, vaziyat hanuz o’g’ir.

“Biz bosqinni tan olmaymiz va unga qarshi kurashaveramiz. Bosqin tugamaguncha Arofatning izidan boramiz”, - deydi falastinlik faol Abdulloh Abu Rahmon.

Arofat Fransiya kasalxonasida miyaga qon quyilishidan vafot etgani aytiladfi. Ammo falastinliklar u Isroil tomonidan o’ldirilgan, deya gumon qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG