Shanba, 20-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 08:41

Yaqin Sharq

Isroil bosib olingan yerlarda yana 3000 ta uy qurmoqchi

Loyihaga ko'ra, Isroil G'arbiy Sohilda, Quddus yaqinida Maaleh Adumim posyolkasini qurmoqchi, 2-dekabr, 2012-yil.
Loyihaga ko'ra, Isroil G'arbiy Sohilda, Quddus yaqinida Maaleh Adumim posyolkasini qurmoqchi, 2-dekabr, 2012-yil.

Multimedia

Audio
Britaniya va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari Isroilning Sharqiy Quddus yaqinidagi Falastin bilan talash hududda uy-joy qurish qaroriga norozilik bildirib, Isroil elchilariga noma topshirgan.

Yahudiy davlati Sharqiy Quddusni G’arbiy Sohilga birlashtiruvchi bu hududda uch mingta uy qurmoqchi. Qo’shma Shtatlar va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham Isroilni rejadan voz kechishga chaqirgan.

BMt rahbariga ko’ra, qurilish Isroil-Falastin tinchlik jarayoniga katta zarbadir.

Falastin Sharqiy Quddusni bo’lajak davlatining poytaxti, G’arbiy Sohilni esa ajralmas qismi deb biladi. Isroil har ikki hududni 1967-yilgi urush paytida tortib olgan. Quddusning sharqiy qismini o’z poytaxtining ajralmas bo’lagi deya ko’radi.

BMT Bosh Assambleyasi Falastinga kuzatuvchi-davlat maqomini berganidan g’azablangan Isroil qurilishlarni kengaytirishi haqida do’q-po’pisa qilgan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu nazarida bu bir tomonlama harakat va Isroil uni yoqlamaydi.

“Falastin davlati BMTda emas, Isroil bilan muzokaralarda yaralishi kerak”, - dedi Netanyaxu.

Isroilning qurilish rejasini Turkiya va arab davlatlari ham qoralamoqda. Bugun Istanbulda o'tgan Turk-Arab hamkorlik forumida tashqi ishlar vazirlari Falastinga BMTda kuzatuvchi-davlat maqomi berilganini olqishladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmat Dovuto'g'lining aytishicha, Isroil bosib olingan hududlarda posyolkalarni kengaytirib, okkupatsiyani kuchaytirmoqda.

"Isroil qancha uy qurmasin, G'azo Sektori va G'arbiy Sohil hamisha Falastin yerlari bo'lib qoladi. Falastin davlati tan olinadi, Sharqiy Quddus esa uning poytaxti bo'ladi", dedi turk vaziri.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh: Eron bilan muzokara davom etadii
X
19.12.2014 21:25
Tomonlar murosadan yiroq. Senatning respublikachilar nazoratiga o’tishi masalani chigallashtirishi aniq.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Isroil askarlari Falastin qishlog'ida
     
  • AQShdan panoh topgan diniy yetakchi Fathulla Gulen tarafdorlari hukumatga qarshi namoyishda, Turkiya
  • Gavana, Kuba
  • Peshavor, Pokiston
  • Bangalor, Hindiston
  • Indoneziya
  • Xitoy
  • Chexiya
  • Tailand
  • Litva
  • Yaponiya
  • Abu Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
  • Quvayt
  • Germaniya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI