Juma, 24-may, 2013 Toshkent vaqti: 04:03

Yaqin Sharq

Isroil hujumi Suriya mojarosini yanada chigallashtirdi

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Suriya Tashqi ishlar vazirligi Isroil havo kuchlari bizga hujum qildi, deya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga shikoyat qilgan va javob qaytarishga haqli ekanini ta’kidlamoqda.

Hujum tafsilotlari ma’lum emas. Livanga qurol-aslaha olib ketayotgan kolonna nishonga olingani taxmin qilinyapti. Suriya hukumatining da’vo qilishicha esa Isroil havo kuchlari poytaxt Damashq yaqinidagi ilmiy markazni bombardimon qilgan.

Mahalliy matbuotda bu AQSh va NATO tomonidan amalga oshirilgan “agressiya” deb yoritilyapti.

AQSh rasmiylarining aytishicha, Isroil samolyotlari Suriya Hizbulloh guruhiga yetkazmoqchi bo’lgan raketalarni yo’q qilgan. Yahudiy davlati harbiy operatsiya haqida lom-mim demaydi. 

Yaqin Sharq bo’yicha mutaxassis Riyod Kahvajiy hujumni Suriya hukumatiga nisbatan ogohlantirish deb ko’radi.

“Xabarlarga ishonadigan bo’lsak, Suriya Hizbullohga havo hujumiga qarshi raketalarni yetkazmoqchi bo’lgan. Havodan nishonga olingan ilmiy markaz esa kimyoviy qurollarga aloqador bo’lishi mumkin”, - deydi u.

Ma’lumki, Livanda asoslangan Hizbulloh guruhining maqsadlaridan biri Isroilni yo’q qilish. G’arbda bu guruh terrorchi tashkilot deb belgilangan.

Suriya va yaqin ittifoqchilari Eron va Rossiya Isroil hujumini bir ovozdan qoraladi. Yahudiy davlati uchun bu jiddiy oqibatlarga olib keladi, deydi Tehron rasmiylari.

Bugun iste’foga chiqayotgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton so’nggi bor jurnalistlar bilan uchrashdi. Uning aytishicha, Eron Suriyaga harbiy va moliyaviy ko’makni oshirgan va Rossiya ham prezident Bashar al-Assadga qurol-aslaha bilan yordamlashyapti.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI