Shanba, 30-may, 2015 Toshkent vaqti: 23:22

Matbuot

2012-yil jurnalistlar uchun qonli davr bo'ldi

Amerika Ovozi
AQShning Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi nodavlat tashkilotiga ko’ra, 2012-yil Suriya va yana uch davlatda jurnalistlar uchun eng halokatli davr bo’ldi.

Hisoblarga ko’ra, yil boshidan beri kamida 67 muxbir vazifasini o’tayotib nobud bo’lgan. Bu o’tgan yilgi ko’rsatkichdan 40 foiz ko’p. Shulardan 28 nafari Suriyada, 12 tasi Somalida, yetti muxbir Pokistonda, to’rt nafari Braziliyada o’lgan. Yana 30 jurnalistning o’limi tergov qilinmoqda. Aksariyati Meksikada.

Suriyada muxbirlar, asosan, mojaro paytida o’lgan bo’lsa, Somali, Pokiston va Braziliyada ularni faoliyati uchun ataylab yo’q qilishgan. Joriy yilda, shuningdek, Rossiya, Nigeriya, Eron va Filippinda bittadan muxbir nobud bo’lgan. Tashkilotning oy boshida chop etilgan boshqa bir hisobotiga ko’ra, bu yili 232 jurnalist qamalgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yulduz Usmonova: Ijodim nol bo'lib qolgan paytlar bo'lgan 3-qismi
X
29.05.2015 00:14
O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan ijod va hayoti haqida ochiqcha suhbat. Xonanda Turkiyaga nega ketdi? Hozir qayerda yashaydi? O'zi bosib o'tgan yo'lni qanday baholaydi? Uni xalqaro yulduzga aylantirgan omil nima? Qudrat va pul odamni ko'r qilib qo'yadi, deydi Yulduz Usmonova.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul, Afg'oniston
  • Hindiston
  • Shveysariya
  • Gretsiya
  • Nigeriya
  • Nyu-York
  • Italiya
  • Chili
  • Fransiya
  • Belgiya
  • Janubiy Koreya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI