Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 19:46

Amerika

AQShning yirik banki moliyaviy inqiroz uchun xalqdan kechirim so'radi

JP Morgan
JP Morgan

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Qo’shma Shtatlardagi eng yirik bank rahbari 2008-yilda boshlangan moliyaviy inqiroz uchun xalqdan kechirim so’radi. “Jey-Pi Morgan Cheyz” (JP Morgan Chase) prezidenti Jeymi Daymon Kongressda qonunchilar oldida hisobot berar ekan, bank yo’l qo’ygan xatolarni tan oldi. Bank mamlakat iqtisodiga 2 milliard dollar zarar keltirgan edi.

JP Morgan Chase moliyaviy inqiroz uchun kechirim so'radi/Navbahor Imamova
Loading
12:00:00 / -:--:--



Inqiroz boshlanganiga shu kunlarda to’rt yil bo’ldi. Amerikaning manaman degan banklari va moliyaviy markazlari bankrot yoqasiga borgan, davlat mablag’ ajratib, ularning ko’pini qutqarib qolgan edi. “Jey-Pi Morgan Cheyz” banki hali ham o’ziga kela olmayapti.
 
Foydadan darak yo’q, deydi Jeymi Daymon.
 
“Juda ko’p odamlar hayoti vayron bo’ldi. Kechirim so’raymiz”,- deydi u.

JP Morgan Chase rahbari Jeymi Daymon, Kongress, 13-iyun, 2012JP Morgan Chase rahbari Jeymi Daymon, Kongress, 13-iyun, 2012
x
JP Morgan Chase rahbari Jeymi Daymon, Kongress, 13-iyun, 2012
JP Morgan Chase rahbari Jeymi Daymon, Kongress, 13-iyun, 2012
Jeymi Daymon deydiki, yangicha sarmoya modeli xavf darajasini cheklashi kerak edi, ammo aksincha natija berdi. Pushaymon bo’ldik, milliardlab dollar pul bilan hazillashib, qarzga botdik, zarar ko’rdik, deydi u.
 
“2008-yilgi inqirozdan beri ancha aqlimiz kirdi. Bugun  banklarning kapital tizimi ancha baquvvat. Naqd pul hajmi oshgan. Tavakkal qilish darajasi pasaygan. Oshkora ishlashadi”,- deydi Daymon. 
 
Tavakkal qilmay erkin bozor iqtisodiyotini tebratish qiyin. Qonunchilar buni tushunadi, lekin Senatning Banklar bo’yicha qomita raisi Tim Jonson nazorat tarafdori.
 
“Tavakkal qilmang demaymiz. Erkin bozor biz uchun havo va suvdek zarur. Lekin banklar mas’uliyatliroq bo’lsin, yo’q narsaga pul tikishni bas qilsin deymiz”,- deydi senator.
 
Mamlakat moliya tizimi islohotlar ostida. Ularni qanday olib borish kerakligi ustida siyosatchilar bir fikrda emas. Prezident Barak Obama xususiy biznes va moliya sektori gullab yashnasin deydi, ammo xalq puli bilan o’ynashmasin.

Loading
12:00:00 / -:--:--
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI