Chorshanba, 27-may, 2015 Toshkent vaqti: 10:41

Amerika

AQShning terrorchi amerikaliklarga qarshi chorasi oshkor bo'ldi

AQSh Adliya vaziri Erik Xolder, 18-yanvar, 2013-yil
AQSh Adliya vaziri Erik Xolder, 18-yanvar, 2013-yil
Amerika Ovozi
AQSh Adliya vaziri Erik Xolder terror xurujlariga aloqadorlikda gumon qilingan Amerika fuqarolarini xorijda yo’q qilish siyosatini oqlamoqda. Uning aytishicha, bu terrorga qarshi kurashdagi muhim usullardan biri.

"Asosiy maqsadimiz amerikaliklar xavfsizligini ta’minlash bo’lib, bu ishni qonunlarimiz va qadriyatlarimiz doirasida amalga oshirish lozim. Kongress al-Qoida va unga aloqador guruhlarga qarshi nafaqat Pokiston va Afg’onistonda, balki dunyoning boshqa davlatlarida ham chora ko’rishga ruxsat beradi", - deydi Xolder.

Oq uy terrorchilik faoliyatida gumon qilingan odamlarni pilotsiz samolyotlar yordamida nishonga olish siyosatini himoya qilib keladi. Unga ko’ra, chora ko’rilmasa, terrorchilar AQShga qarshi xuruj uyushtirishi mumkin.

Matbuotda paydo bo’lgan Adliya vazirligining maxfiy ko’rsatmasiga ko’ra, bu terrorga aloqador Amerika fuqarolariga ham taalluqli. Agar ularni hibsga olish imkoni bo’lmasa, yo’q qilish zarur, deyiladi ichki hujjatda.

Ayrim huquqshunoslar nazarida bu siyosat ba’zida xatoga olib kelishi va begunoh fuqarolarning yanglish o’limiga sabab bo’lishi mumkin. Bu siyosat fuqarolik erkinliklariga katta tahdiddir, deydi ular.

11 nafar senator Obama ma’muriyatidan bu siyosatga aloqador barcha hujjatlarni ularga ko’rsatishni talab qilmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Markaziy Osiyoda diniy erkinlik: amerikalik ekspert bilan suhbati
X
26.05.2015 23:46
Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha AQSh komissiyasi taqdim etgan yangi tahlilnomada Markaziy Osiyoning uch mamlakati "alohida xavotirga molik davlat" deya ta’riflanadi. "Amerika Ovozi" komissiyaning mintaqa bo’yicha eksperti Ketrin Kozmanni suhbatga tortdi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Texasda qattiq dovul
  • Filippinda aholi yangi biznes qurilishlariga qarshi, chunki ular uy-joyidan ayrilmoqda
  • Burundi
  • London muzeylarida
  • Kosta Rika
  • Peru
  • Indoneziya
  • Xitoy
  • Ekvadorda vulqon otildi
  • Virjiniya shtati
  • Germaniya
  • Filippin
  • Egey dengizida
  • Xitoy
  • Germaniyada ko'ngilochar dastur

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI