Dushanba, 28-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 21:24

Markaziy Osiyo

Iqtisodchi olim: Qozog’iston qishloqlarida ish bor

Ashibulak qishlog'i, Qozog'iston
Ashibulak qishlog'i, Qozog'iston

Multimedia

Audio
Qozog’iston - Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng mustahkam davlat. Asosiy daromad manbai – qora oltin. Hukumat shunga tayanib xalq turmushini yaxshilashga, ta’lim, ishlab chiqarishga sayqal berishga urinmoqda, deydi tahlilchilar.




Lekin iqtisodiyot birgina tabiiy boylikka asoslanmasligi kerak. Boshqa sohalarni ham rivojlantirish lozim. Shu bois hukumat qishloq xo’jaligiga e’tiborni oshirmoqda.

Vaziyatni o’rganib chiqqan avstraliyalik professor, iqtisodchi olim Richard Pomfret fikricha, agrosektor, haqiqatan, ish o’rinlarini ta’minlab berayotgan soha.

Aholisi salkam 17 million Qozog’istonda dehqon xo’jaliklari janubiy va janubi-sharqiy viloyatlarda zich joylashgan. G’arbiy shaharlar neft-gaz zaxiralariga boy. Markazdagi katta territoriya konchilik manbalarini hisobga olmaganda ko’p jihatdan bo’sh. Shimoliy viloyatlarda iqlim quruq, yog’ingarchilik kam, shuning uchun qishloq xo’jaligi uchun yaroqsiz sanaladi.
 
“Mamlakatda ishchi kuchining uchdan biri agroxo’jalikda band”, - deydi professor Richard Pomfret, Avstraliyadagi Adelaida Universiteti olimi.  
 
Jorj Vashington Universitetida ma’ruza qilgan olim so’zlariga ko’ra, mustaqillikdan keyin mavhum 1990-yillarda fermalar ko’p oilalarni qiyinchilik, yo’qsillikdan xalos etgan. 2000-yillardan boshlab esa neft-gaz sektori gullab-yashnashi hisobiga fermalar ham oyoqqa turib, qaytaga odamlar shaharlardan qishloqlarga ko’chib kela boshlagan.
 
Agrosektor Qozog’istonda 2020-yilgacha ustuvor soha deya belgilangan, deydi olim. Qishloq xo’jaligi vazirligi sakkiz mahsulotga diqqat qaratmoqda: meva, sabzavot, bug’doy, go’sht, sut, yog’-moy, parrandachilik, shakar va jun. Bular asal yoki paxtadan ham muhim mahsulot deya ko’rilmoqda. Umuman, deydi u, qo’shnilar bilan qiyoslaganda qozoqlar uchun paxta u qadar katta bozor emas.
 
Professor Pomfretga auditoriyadan tushgan birinchi savol Orol, umuman, suv tanqisligi haqida bo’ldi.
 
“Qozog’iston Orol dengizidan naf chiqmasligini biladi va qo’l siltab qo’ygan. O’rtada katta to’g’on bunyod etib, bilasiz, loaqal shu, bor suvni ham saqlab qolishga urinmoqda”, - deydi olim.
 
Richard Pomfretning aytishicha, Qozog’istonda sug’orish muammosi O’zbekistondagi singari dolzarb emas. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi suvsiz yashay olmaydi.
 
“Toshkent hatto bu masalada qo’shni Dushanbe bilan urush yoqasida. Menimcha, aynan suv bu regionda davlatlarni urushga kirishga majbur qiladigan eng qaltis muammo”, - deydi u.
 
Qishloq xo’jaligi bobida qo’shni davlatlar bilan rishtalar haqida so’ralganda olim bug’doy eksportini misol qiladi.
 
“Bu Qozog’istonda hosil qanday ekaniga bog’liq. Mamlakat Eron, Ozarbayjon va Shimoliy Afrikaga ko’proq bug’doy sotishga o’tgan. Holbuki, tarixan qaralganda, qozoq mahsuloti Markaziy Osiyoga, Rossiyaga jo’natib kelingan. Bugun e’tibor qo’shnilarda emas…” - deydi Pomfret.
 
Uning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida qishloq xo’jaligi bobida hamkorlik yo’q hisob. Bu rishtalar faqatgina Qozog’istonda yollangan o’zbekistonlik ishchi muhojirlar hisobiga ushlanib turibdi.
 
“Aslida, Qozog’istonda ishchi kuchi migratsiyasi haqida gapirish oson emas. To’g’ri, Ostona aholisi 100 ming kishidan 850 ming kishiga oshgan. Almatida ham odamlar soni ko’paygan. Neft ishlab chiqaruvchi katta shaharlar, xususan, Aktau o’sib borayapti. Chimkent tobora kengayib borayapti, asosan, chetdan kelayotgan ishchilar, tarixiy vataniga qaytayotgan qozoqlar hisobiga. Lekin shimoli-sharqiy va sharqiy hududlarda, o’rta kattalikdagi va asosan konchilik, tabiiy zaxiralar qazib olish bilan mashg’ul o’rtacha tumanlarda iqtisodiy ahvol u qadar yaxshi emas va odamlar qishloqlarga qaytib, agroxo’jalikda ish topayapti”, - deydi ekspert.
 
“Chimkentni oladigan bo’lsak, shahar, haqiqatan, keskin o’sdi. Avval aholisi, asosan, qozoqlar bo’lsa, bugun aksariyat ko’pchilik kimlar - o’zbekmi qozoqmi, aytish qiyin”.
 
Professorni tinglagan qozog’istonlik Maygul Nugmanova, Qozog’iston Agrar Universiteti olimi, “Fulbright dasturi” qatnashchisidan shunday savol tushdi:
Richard Pomfret, avstraliyalik professor, Markaziy Osiyo siyosati va iqtisodiyotini uzoq yillardan beri kuzatib, tahlil qilib keladi.Richard Pomfret, avstraliyalik professor, Markaziy Osiyo siyosati va iqtisodiyotini uzoq yillardan beri kuzatib, tahlil qilib keladi.
x
Richard Pomfret, avstraliyalik professor, Markaziy Osiyo siyosati va iqtisodiyotini uzoq yillardan beri kuzatib, tahlil qilib keladi.
Richard Pomfret, avstraliyalik professor, Markaziy Osiyo siyosati va iqtisodiyotini uzoq yillardan beri kuzatib, tahlil qilib keladi.

“Qozog’iston yegulik bobida yo’qchilik bilan yuzlashayotgan davlatlardan. Rasmiy hisoblarga ko’ra, mamlakat oziq-ovqatning 60 foizini chetdan sotib oladi. Lekin norasmiy manbalarga qaraganda, bu raqam 80 foiz atrofida. Norasmiy ma’lumotga ko’ra, shuningdek, qora molning 80 foizdan ko’pi brutsellyoz bilan kasallangan. Ahvolni yaxshilash uchun nima qilish kerak?” - deya so'raydi u.
 
“Yegulik tanqis yoki yetarli emas deyish uchun avvalo fuqaroning daromadini inobatga olish kerak. Bu ko’rsatkich faqat oziq-ovqat importi bilan o’lchanmaydi. Chunki chetdan juda ko’p mahsulot sotib oladigan davlatlarni tilga olish mumkin, lekin ularni yo’qsil deya olmaymiz”, - deydi professor.

"Qozog’istonda sug’orish muammosi O’zbekistondagi singari dolzarb emas. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi suvsiz yashay olmaydi. Toshkent hatto bu masalada qo’shni Dushanbe bilan urush yoqasida".

“Tavsiyalarga kelsak, Qozog’iston, asosan, xomashyo eksport qiladi. Bu davlatda mahsulot ishlab chiqarish, saqlash sektori talabga javob bermaydi. Masalan, sut mahsuloti ko’pincha Rossiyadan olib kelinadi. Shunday ekan, Qozog’iston rasmiylari ko’proq sut-qaymoq ishlab chiqarish haqida emas, balki ishlab chiqaruvchi, qadoqlovchi, sotuvchi o’rtasida zanjir puxta ekaniga, bozorda mahalliy mahsulot sifati va turi oshishiga e’tibor berishi kerak”, - deydi Pomfret.
 
Uningcha, eng muhimi, fermerlarning daromadini oshirish kerak, shunda import ko’lami ham kamayadi. Qozog’iston hozir raqam, hajmga yopishib qolgan. Mahalliy bozorda mahalliy tovar haqida tushuncha, xabardorlikni oshiring, deydi u.

“Mol-holning salomatligiga kelsak, tadqiqot, veterinarlar, maxsus infratuzilmaga sarmoyani ko’paytirish lozim. Faqat ko’proq mahsulot yetkazib bering, sizni subsidiya va mukofotlar bilan siylaymiz, deyish yetarli emas. Chunki Qozog’istonda pul-kapital muammo emas. Mamlakatning turli burchaklarida zamonaviy texnologiya o’rnatilgan ajoyib fermalarni uchratasiz. Lekin, deylik, sut mahsulotini tayyorlab, saqlab, bozorga muttasil yetazib berish mexanizmi yaxshi ishlamaydi. Ostonadagi supermarketlar mahalliy tovarga muhtoj”, - deya tavsiya qiladi professor Richard Pomfret.
"O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida qishloq xo’jaligi bobida hamkorlik yo’q hisob. Bu rishtalar faqatgina Qozog’istonda yollangan o’zbekistonlik ishchi muhojirlar hisobiga ushlanib turibdi".


Professor Pomfret Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, BMT Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotiga maslahatlar berib keladi. Nima uchun Qozog’iston bilan shug’ullanishga qaror qildingiz, Avstraliya bilan o’xshash yeri bormi, degan savolga uning javobi:
 
“Qozog’iston va Avstraliya juda o’xshab ketadi. Masalan, hududi juda katta, aholi, asosan, mamlakatning chekka joylarida yashaydi va qora mol odamdan ko’p. Ayrim imperiyalar har ikki davlatni yadro qurollarini sinash uchun maydon qilib ishlatgan… Sovet ittifoqi tarqalib ketganidan keyin Qozog’iston BMTning a’zosiga aylangach, xalqaro tashkilot qoshidagi qo’mitalarda bu davlat haqida, Markaziy Osiyo haqida xabari bor odamlarga ehtiyoj tug’ilgan. Qozog’istonga borib, bir yil davomida hukumatga maslahatlar berib turadigan ekspert kerak bo’lgan. Men avval Xitoy, Sharqiy Yevropada ishlaganim uchun nomzodimni taklif qilishdi va shu tariqa Qozog’istonga bordim”.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, July 28, 2014i
X
28.07.2014 10:32
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Shuningdek, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Quddus
  • Quddus
  • G'azo
  • Iordaniyada yashayotgan falastinlik qochqinlar.
  • G'azo
  • G'azo
  • G'azo
  • Quddus
  • Isroil
  • Falastinlik bolalar
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI