Breaking News

Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi


Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi
Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi

Uzoq yillar davomida Qozog'iston o'zini barqaror, xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay bir davlat sifatida ko'rsatishga harakat qilib keldi. Biroq so'nggi voqealar, mamlakat g'arbidagi namoyishlar bu tasavvurga putur yetkazdi.

Janao'zen shahrida neftchilar ko'proq maosh va ish o'rinlari yaratishni talab qilib namoyish qilganidan so'ng tartibsizliklar boshlanib, politsiya ommani o'qqa tutdi. Rasmiy xabarlarga ko'ra, 15 kishi o'lib, 110 nafari jarohat olgan, 46 imoratga o't qo'yilgan.

Aslida namoyishlar g'arbdagi ikki shaharda yetti oydan beri davom etib kelayotgan, ammo tartib buzilmagan edi. Juma kuni ayrim namoyishchilar bankomatlarni o'marib, hokim idorasi, bir mehmonxona hamda may oyida ishchilarni haydagan qozoq-xitoy qo'shma korxonasi ofislarini yoqdi. Fojia darhol rasmiy Ostona diqqatini o'ziga tortdi.

Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi
Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi

Qozog'iston kasaba uyushmasi rahbarlaridan biri Aynur Kurmanovning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, qurbonlar haqidagi rasmiy ma'lumot haqiqatdan yiroq.

"Aslida 70 odam o'lgan, 700-800 kishi jarohat olgan", - deydi u.

To'polon boshlanganidan so'ng Janao'zenda aloqa cheklandi. "Arab bahori" oqibatlarini ko'rgan hukumat shaharda favqulodda holat joriy etdi, video va foto tasvirga tushirishni, kseroksdan foydalanishni man qildi. Ammo seshanba kunga borib, shaharda aloqa tiklandi.

Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi
Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi

Qozog'iston neft ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 18-o'rinda turadi. Qo'shni Xitoyni yonilg'ining bu turi bilan ta'minlab turadi.

Ayrim kuzatuvchilar nazarida namoyishlar Qozog'istonning Markaziy Osiyoda sarmoyadorlar uchun barqarorlik oroli degan nomiga dog' tushirdi.

Qozog'iston prezidentining siyosiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Yermuhamet Jertisbayevning aythishicha, muammo olti oy oldin hal qilinishi kerak edi.

Rasmiy barcha aybni turkmanistonlik va o'zbekistonlik ishchilarga qo'yib, qozoqlar tinchliksevar xalq, arab inqilobi xayoliga ham kelmaydi, Qozog'istonda bu mumkin emas va boshqa hududlarga tarqalmaydi, dedi.

Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi
Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi

Janao'zendagi to'qnashuvlar Rossiya televideniyesi orqali takror va takror namoyish etildi. Jertisbayevning e'tiroz bildirishicha, rus matbuoti shu tariqa o'z jamoatchiligi diqqatini Rossiyadagi namoyishlardan chalg'itishga harakat qilmoqda.

Qozog'istonda muxolif Sotsial-demokratik partiya raisi Bulat Abilovning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, namoyish regionlarning markazga nisbatan noroziligidan dalolatdir.

Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi
Janao'zendagi voqealar Qozog'iston imijiga dog' tushirdi

"Neft daromadi hisobiga poytaxt Ostona go'zallashmoqda, zamonaviylashoqda, ammo neft ishlab chiqarayotgan shaharlar Sovet davridan uzoqqa ketmagan. Almati va Ostonada poraxo'r amaldorlar boyimoqda, rayon va qishloqlarda esa oddiy xalq hali ham qashshoq",- deydi u.

Biroq bu to'g'ridagi shikoyatlarni mamlakatni 20 yildan beri boshqarayotgan prezident Nursulton Nazarboyev eshitishni istamaydi, deydi muxolifatchi.

Qozog'istonning Kaspiy dengizi bo'yidagi Aktau shahrida ham odamlar namoyish qilib, qo'lida yozuvlar bilan politsiyani xalqni otmaslikka da'vat etdi.

Bugun internetda Janao'zenda aholining o'qqa tutilgani haqida video tarqaldi. Unda militsionerlar yaradorlarni to'qmoq bilan do'pposlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG