Dushanba, 03-avgust, 2015 Toshkent vaqti: 13:36

Markaziy Osiyo

Qozog'istonda harbiy samolyot quladi

Amerika Ovozi
Qozog'istonda, O'zbekiston bilan chegara yaqinida harbiy samolyot qulab, 27 odam, asosan, chegara xizmati xodimlari o'lgan.

Ular orasida mamlakat chegara xizmati rahbari vazifasini o'tayotgan Turganbek Stanbekov ham bo'lgani ma'lum.

"An-72" rusumidagi samolyot Chimkent tevaragida ertalab halokatga uchragan. Qurbonlardan yetti nafari ekipaj a'zolari, 20 kishi harbiy.

Rasmiylarning aytishicha, samolyot Ostonadan Chimkentga yo'l olayotgan bo'lgan.

Voqea sabablari o'rganilmoqda. Oxirgi kunlarda Qozog'iston janubida havo keskin sovib, kuchli shamol va bo'ron bois reyslar bir necha bor qoldirilgan.

Stanbekov shu yil yozida chegara xizmatiga boshliq etib tayinlangan edi.

Avvalgi rahbar Nurjan Mirzaliyev Xitoy bilan sarhadlar yaqinida ro'y bergan otishma va 14 askarning o'limi ketidan ishdan olingan edi. Qotillikda 20 yoshli Vladislav Chelak aybdor topilib, oy boshida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Maxsus Olimpiada: Aqlan zaif odamlar uchun noyob imkoniyati
X
31.07.2015 15:16
Los-Anjelesda o’tayotgan Maxsus olimpiya o’yinlarida minglab sportchilar qatnashmoqda. Musobaqani kuzatayotgan xalqaro tashkilot yetakchilari, ayni paytda, aqlan zaif va imkoniyati cheklangan odamlarning jamiyatdan ajrab qolmasligi uchun chora-tadbirlarni kuchaytirishga chaqirmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Uels, Britaniya
  • Hot air balloons fly over the Chambley Airbase, northeastern France, during the international hot air balloons event, "Lorraine Mondial Air Ballons, in Hageville.
  • A girl plays inside dinosaur jaws during the opening of the Dinosaur Park in Minsk, Belarus.
  • 2022-yilgi Qishki Olimpiada Pekinda o'tadi
  • Nyu-York
  • Anjelina Joli Birmada
  • Yahudiy ekstremistlar arablarning uyini vayron qildi
  • Hind okeanidagi La Reunion orolida vulqon portladi
  • Nepalda suv toshqinlari
  • Kaliforniya shtatida o'rmonlar olov ichida
  • Madagaskarda saylovlar
  • Hindiston moda sahnalarida
  • Milan, Italiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI