Breaking News

AQSh davlat kotibi Markaziy Osiyo bo'ylab safarga chiqmoqda, O'zbekistonda ham bo'ladi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 28-oktabrdan 3-noyabrgacha Avstriya va Markaziy Osiyoda bo'lishi kutilmoqda.

Venada Suriya masalasiga doir yig'ilish bo'lib o'tadi. Unda Eron diplomatlarining ishtiroki ham kutilmoqda. Shu kungacha Vashington Tehronni Suriya bo'yicha muloqotlarga qo'shmay kelayotgan edi. Biroq Suriyada AQSh yetakchiligidagi koalitsiyadan mustaqil ravishda harbiy amaliyot olib borayotgan Rossiya jarayonga Eron va Misrni ham qo'shishni taklif etgan.

Bir necha kun oldin Rossiya, AQSh, Turkiya va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari Venada Suriya mavzusida gaplashgan. Fransiya ham pastroq darajadagi rasmiylar ishtirokida uchrashuv tashkillashtiryapti, biroq unda Rossiya va Eron vakillari qatnashmaydi.

Venadan so'ng Kerri Markaziy Osiyoga yo'l oladi. Bu uning regionga ilk safaridir.

Bishkekda Amerika universitetining yangi binosi hamda AQSh elchixonasining yangi imorati ochilish marosimlarida qatnashadi.

So'ng Kerri Samarqandga yo'l olib, Markaziy Osiyodagi besh mamlakat tashqi ishlar vazirlari bilan majlis qiladi. "C5+1" deb nomlanuvchi muloqotning yangi formati bo'yicha o'tadigan tadbirda mintaqaviy va global masalalar muhokama etiladi.

Ostonada Kerri AQSh-Qozog'iston strategik sheriklik dialogining to'rtinchi yig'ilishida qatnashadi hamda Nazarboyev nomidagi universitetda AQShning Markaziy Osiyodagi roli, mintaqaning dunyo siyosatidagi ahamiyati xususida ma'ruza qiladi.

Jon Kerri Ashgabat va Dushanbeda ham bo'lib, yuqori lavozimli rasmiylar bilan ikki tomonlama munosabatlar haqida gaplashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG