Payshanba, 02-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 17:26

Markaziy Osiyo

Huquqbonlar Kiyevda nima haqda gaplashdi?

Kiyev Mustaqillik maydoni
Kiyev Mustaqillik maydoni

Multimedia

Audio
Fevral oyining birinchi haftasida Markaziy Osiyo inson huquqlari himoyachilari Ukraina poytaxti Kiyevda yig'ilib, mintaqadagi vaziyat yuzasidan maxsus memorandum qabul qildi.
Kiyevda Markaziy osiyolik huquqbonlar yig'ildi/Malik Mansur
Kiyevda Markaziy osiyolik huquqbozlar yig'ildi/Malik Mansuri
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Ahvol ayanchli, deydi faollar. Tashqi dunyo uzviy huquq va erkinliklar muntazam ravishda oyoqosti qilinishiga ko’z yummasligi kerak.

Forum mintaqa davlatlaridan birida emas, Ukrainada tashkil qilinganining o’zi ham, faollar fikricha, Markaziy Osiyoda inson huquqlari borasidagi umumiy vaziyatning tobora yomonlashib borayotganidan dalolat beradi.

Yig’inda O’zbekistondan Inson huquqlari tashabbus guruhi a'zolari qatnashdi. Guruh rahbari Surat Ikromovning aytishicha, qo’shma memorandum mintaqada huquq bilan bog’liq ahvol o’ta xavotirli nuqtaga kelayotganiga diqqat qaratadi.

“Besh davlatdan kelgan vakillar o’z mamlakatlaridagi ahvol haqida gapirishdi. Keyin bu bo’yicha memorandum qabul qilindi, uni biz internet orqali tarqatamiz. Davlat rahbarlariga, xalqaro jamoatchilikka murojaat qilinadi. Xalqaro qonunlar bajarilmayotgani, bu masalaga jiddiy e’tibor zarurligi ta’kidlanadi”, - deydi Ikromov.

Huquqbonlar orasidagi hamkorlikni mustahkamlashga uch kun davom etgan forumda  alohida urg'u berilgan.

“Tinch namoyish va yig’ilishlar o’tkazish, matbuot va so’z erkinligini targ'ib qilish qanchalik qiyin ekani haqida gaplashdik. Biz qiynoqlar muammosini, ayniqsa O’zbekistondagi diniy ta’qiblar masalasini ko’tardik”, - deydi Surat Ikromov.

Kiyevdagi uchrashuvda Rossiya va Ukrainadan ham huquq himoyachilari ishtirok etgan.

Bugun mintaqa ahli huquqlarini himoya qilish masalasi nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki bevosita Rossiya bilan bog’liq bo’lib qolayotgani ta’kidlanadi.

Rossiyada, qisman Ukrainada ham mintaqaning millionlab fuqarosi mehnat qiladi. Mehnat muhojirlari uchun sharoit og'ir. O’z insoniy huquqlaridan mahrum qilingan muhojirlarni qullarcha ishlatish holatlari keng tarqalgan.

Xalqaro huquq tashkiloti “Human Rights Watch” yaqinda o’z tekshiruvi natijalarini e’lon qildi. Sochi Olimpiadasi obyektlari Markaziy osiyolik muhojirlar huquqlarini toptash evaziga qurilmoqda, deyiladi hujjatda.

Surat Ikromov deydiki, Kiyevdagi forum mintaqada vaziyat tobora chigallashayotgan bir paytda yanada ko’proq ahamiyat kasb etadi.

Forum Xelsinki Komissiyasi va qozog’istonlik faollar hamkorligida tashkil etilgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh: oziq-ovqat va tirikchilik US/Food Aidi
X
01.10.2014 21:37
AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligining xulosa qilishicha, otgan yili 17 million odam, ya’ni har yetti amerikalikdan biri to’yib ovqat yemagan. 2008-yildan buyon bu raqam o’zgarmay keladi. Moliyaviy inqiroz tugab, iqtisodiy o’sish kuzatilayotganiga qaramay, Amerikada kambag’allar kamaymayapti.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Qutqaruvchilar va rossiyaparast isyonchilar otishmada halok bo'lgan odamning jasadini olib ketmoqda, Donetsk, sharqiy Ukraina, 1-oktabr, 2014-yil.

  • Snaryad kelib tushgan maktab sinfxonasining ko'rinishi, Donetsk, sharqiy Ukraina, 1-oktabr, 2014-yil.

  • Otishmada halok bo'lgan biologiya o'qituvchisining jasadi maktab zalida yotibdi, Donetsk, sharqiy Ukraina, 1-oktabr, 2014-yil.

  • Donetskdagi isyonchilar rahbari Aleksandr Zaxarchenko (markazda) shikastlangan maktab binosini ko'zdan kechirmoqda, 1-oktabr, 2014-yil.

  • O'quvchi va ota-onalar otishma payti maktab yerto'lasida jon saqlamoqda, 1-oktabr, 2014-yil.

  • Otishma yuz bergan hududdan quyuq tutun chiqmoqda, Donetsk, sharqiy Ukraina, 1-oktabr, 2014-yil.

  • Ukrainalik o'quvchilar yangi o'quv yili boshganlanini nishonlamoqda, Makivka, sharqiy Ukraina, 1-oktabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Ukraina inqirozi kengayishda davom etmoqda

Sharqiy Ukrainada isyonchilar va hukumat kuchlari o'rtasida otishma davom etmoqda. Donetskda yuz bergan so'nggi to'qnashuvda maktab binosiga snaryad kelib tushib, to'rt kishi, jumladan, ikki o'qituvchi va ota-onalardan biri halok bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ashraf G'ani - Afg'onistonning yangi prezidenti

Uzoq davom etgan saylov mashmashasidan so'ng Ashraf G'ani Afg'onistonning yangi prezidenti deb e'lon qilindi. Saylovda unga qarshi kurash olib borgan Abdulla Abdulla, o'zaro siyosiy kelishuvdan so'ng, yangi hukumatning bosh vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumat ishga tushishi bilan Hamid Karzay davrida AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda norozilik namoyishlari

Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, aholi ko'chalarni tark etmayapti. Ular Pekinning siyosiy islohotni cheklashga qaratilgan choralaridan norozi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola epidemiyasi suratlarda

Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi yig'inida ham shu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Varshava, Polsha: O'zbekistonda inson huquqlari va siyosiy mahbuslar

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" (HRW) o'zining 121 betlik yangi hisobotida tahlil qilishicha, O’zbekiston inson huquqlari keng ko’lamda poymol etiladigan davlat; so'z va fikr erkinligi faqat qog'ozda; bu huquqlarni amalda qo'llash - qamoq va qiynoq tomon yo'l. Tahlilnoma Varshavada e'lon qilindi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerda inson huquqlari bo'yicha yillik majlisini o'tkazmoqda. Unda O'zbekistonning taniqli huquq himoyachilari Vasila Inoyatova va Mo'tabar Tojiboyeva singari faollar so'zga chiqqan va qamoqxonalardagi vaziyat haqida tanqidiy hisobotlar bergan. Konferensiya doirasida siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga chaqiruvchi namoyishlar ham o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI