Breaking News

Kobani shahrida janglar davom etmoqda


Turkiya-Suriya chegarasi, Kobani alanga ichida, 11-oktabr, 2014
Turkiya-Suriya chegarasi, Kobani alanga ichida, 11-oktabr, 2014

Suriya-Turkiya chegarasidagi Kobani shahri bir necha haftadan buyon "Islomiy davlat" terror tizimi bilan olishmoqda.

Asosan kurdlar yashaydigan hudud rasmiylarining aytishicha, janglar asosan janub va sharqiy tumanlarda ketmoqda.

Mahalliy manbalarga ko'ra, Kobani shahrining 40 foizga yaqini "Islomiy davlat" qo'lida.

AQSh Suriyada terroristlarni havodan nishonga olmoqda. Biroq bu bilan Kobani uchun janglar qanchalik sustlashgani noma'lum.

Amerika ayni damda Iroqda ham bu guruhga qarshi havo hujumlari olib bormoqa. Mahalliy harbiy kuchlar va kurd jangchilariga yordam yetkazilmoqda.

Iroqning Anbar viloyati rahbariyati Vashingtondan piyoda askar so'ragan. "Islomiy davlat" bu hududda kamida 10 ming jangariga ega, deydi mahalliy mutasaddilar. Oq uydan hozircha javob yo'q.

Prezident Barak Obama "Islomiy davlat" ga qarshi kurash faqat AQSh zimmasida emas, atrofdagi davlatlar ham yordam qo'lini cho'zsin deb kelmoqda. Buning uchun tuzilgan xalqaro koalitsiyaga hozir Iroq va Suriyaning qo'shnilari ham kirgan.

Minglab aholi jon saqlash uchun uy-joyini tashlab chiqqan. Kobani Turkiyadan madad so'ramoqda. Qo'shni davlatdan ko'mak sust.

BMT "Islomiy davlat" dahshatli jinoyatlarni amalga oshirmoqda va bu ketishda Kobani ahlini qirib tashlashi mumkin deya ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG