Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 05:01

Markaziy Osiyo

"Dardga davo izlab"...

Matn hajmi - +

"Dardga davo izlab" filmi haqida suhbat
Loading
12:00:00 / -:--:--

Alisher Navoiy Instituti yaqinda O’sh voqealariga doir yana bir hujjatli film yaratib, uni Varshavada namoyish etdi. 2010-yil qonli hodisalaridan so’ng qirg’izistonlik va o’zbekistonlik faollar tomonidan tuzilgan tashkilot bu filmda Qirg’iziston hukumatini adolatga chaqirib, milliy totuvlikda yashash mumkinligini  O’zbekiston misolida namoyish etgan.

Alisher Navoiy Instituti 2011-yilda “Iztirob” nomli hujjatli filmini taqdim etgandan so’ng o’tgan yili “Dardga davo izlab” deb nomlangan yangi kartina yaratildi. Unda o’zbek va qirg’iz ziyolilari O’sh voqealariga yana nazar tashlab, ularning takrorlanmasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida o’z qarashlarini bayon qildi.

Filmda O’zbekistondan yozuvchi Tohir Malik, adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinov, qirg’iz shoiri Tursunboy Adashboyev, Qirg’izistondan jamoat arbobi Shamshibek Medetbekov, professor Doolotbek Saparaliyev, iqtisodchi Kalnur Ormushev ikki qardosh xalqlar o’rtasidagi munosabatlar soviganidan afsusda ekanini aytadi.

Filmda ijodkorlarning xolis bo’lishga harakat qilgani ko’zga tashlanadi. Muayyan bir tomonni ayblamasdan, Qirg’iziston janubida o’zbeklar boshdan kechirgan va shu bugungacha kechirayotgan dahshatli kunlarga urg’u berishdan ko’ra, kartinada ikki xalqni yillar davomida bog’lab kelgan madaniy rishtalarga, yaqinlikka katta e’tibor qaratildi.

Filmning bir qismi Qirg’izistonda – poytaxt Bishkek va janubda, O’shda olindi. Alisher Navoiy Instituti matbuot kotibi Sharifjon Ahmedovning aytishicha, bir mamlakatning ikki shahrida vaziyat bir-biridan keskin farq qiladi.

Qirg’izistonda elatlararo totuvlik hukm surishi uchun hali ko’p ishlar qilinishi kerak, deydi Ahmedov.

Ijodkorlar nazarida “Dardga davo izlab” filmi Qirg’izistonda namoyish etilsa, rishtalarni tiklash yo’llarini topishga yo’naltira olardi, biroq, deydi ular, Qirg’iziston televideniyesi bunga jur’at eta olmaydi.

Sharifjon Ahmedov bilan film haqidagi suhbatning to'liq ko'rinishini yuqoridagi pleyer orqali tinglashingiz mumkin. Quyida esa "Dardga davo izlab" filmi, rus tilida.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI