Breaking News

Qirg’izistonda ayollar tashabbuskor guruhlari tuzilmoqda


Qirg’iziston janubida “Tinchlik yo’lida tashabbuslar” deb nomlangan loyiha ish boshladi. Uni Yevrosiyo jamg’armasi O’sh va Jalol-Obod shaharlarida ikki yil davomida yuritadi.

Qirg’izistonda ayollar tashabbuskor guruhlari tuzilmoqda/Ulug'bek Sokin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:22 0:00
Yuklab oling

Moliyani AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) beradi. Joylarda ayollar tashabbuskor guruhlari tuzilib, ular kichik ijtimoiy va biznes loyihalarni tuzish, ziddiyatlarning oldini olish yo’llarini o’rganadi.

Tashkilotchilarga ko’ra, “Tinchlik yo’lida ayollar tashabbuslari” deb nomlangan ushbu loyihaning asosiy maqsadi xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishdir. So’z millatlararo hamjihatlikni ta’minlashda ayollar imkoniyatlaridan foydalanish haqida ketmoqda.

Yevrosiyo jamg’armasining mahalliy bo’limi boshlig’i Nurbek Sariyev aytishicha, O’sh va Jalol-Obod shaharlarining ayrim hududiy kengashlari ayollari orasida ish olib boriladi.

“2010-yilgi O’sh voqealaridan so’ng ikki millat vakillari o’rtasida to’laqonli hamkorlikka ma’lum darajada putur yetdi. Biz guruhlarga turli millat ayollarini tortmoqchimiz, turli millat vakillarining o’y-fikrlari, ehtiyojlarini nazarga olgan holda kichik loyihalar ishlab chiqiladi”, - deydi u.

Janubiy Qirg’izistonning ikki yirik shahrida 16 ayollar tashabbuskor guruhlari tuzish ko’zda tutilgan. Loyiha doirasida 60 dan ziyod ijtimoiy va biznes loyihalar ishlab chiqiladi. Eng asosiysi, ayollar ziddiyatlarni boshqarish va ularni hal qilish yo’llarini o’rganadi.

“Har bir guruhda 10 nafar ayol bo’ladi. Ahamiyatlisi shuki, o’sha ayollar mahalliy jamiyatlardan tushgan biznes va ijtimoiy takliflarni tahlil qiladi va tanlab oladi. Qaysi taklif va loyiha qanday muammolarni yechishga xizmat qilishi, qanday xavf-xatarlarni kamaytirishini baholaydi”, - deydi suhbatdosh.

Bir necha oy davomida loyiha doirasida hududda axborot kampaniyasi olib borilgan, nomzodlar ko’rib chiqilgan. Joriy oy o’rtalaridan boshlab ayollar tashabbuskor guruhlarini tuzish, undan so’ng o’qitish ishlari boshlanadi.
XS
SM
MD
LG