Breaking News

Xalqqa sifatli, xolis axborot kerak, deydi O'sh ziyolilari


O'sh, Qirg'iziston
O'sh, Qirg'iziston
Qirg’iziston jurnalistik uyushmalari qatoriga yana bir tashkilot qo’shildi.

Har yili jurnalistika va axborot vositalari faoliyatini o'rganadigan IREX tashkilotiga ko'ra, Qirg'iziston bu soha taraqqiyoti bo'yicha mintaqada yetakchi o'rinda.

Qirg'iziston: xolis axborot manbalari kerak / Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:45 0:00
Yuklab oling

Jamoat axborot vositalari assotsiasiyasi 20 dan ziyod radiostansiya hamda media uyushmani birlashtirgan.

Maqsad – mahalliy radioeshittirish tarmog’ini tuzish va aholining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Shuningdek, mahalliy jamoalar ovoziga yetarli o’rin berish.

Media-tahlilchi, Bishkekdagi «Golos svobody“ jamoatchilik jamg’armasi rahbari Abdumo’min Mamaraimov aytishicha, jamoat axborot vositalari bo’lgani maqsadga muvofiq.

Chunki qishloq ahli ko’p hollarda internet xizmatidan foydalana olmaydi, kunduzi televizor ko’rishga esa vaqt yo’q. Qolaversa, mahalliy matbuot uncha rivojlanmagan va odamlarga yetarli ma’lumot yetib bormaydi.

Mustaqillik yillari Qirg’izistonda matbuot vositalari keskin ko’paygan. Ayni paytda mutaxassislar qishloqlarda, olis hududlarda axborot taqchilligi mavjudligini ta’kidlaydi.

Yozuvchi va dramaturg Habibillo Idrisov O’sh viloyati tumanlaridan birida yashab, ijod qiladi. Ma’lumotlarni u asosan kechki teleko’rsatuvlardan oladi.

«Tumanlarda ro’znomalar haftada bir marta chop etiladi va, tabiiyki, ularda yangiliklar kam bo’ladi», - deydi yozuvchi.

«Teleradioko’rsatuvlarga kelsak, ular rang-barang bo’lsa, jumladan, o’lkada yashovchi turli halqlar hayoti va madaniyatini ham aks ettirsa yahshi bo’lar edi», - deydi u.

Aytish joizki, mustaqillik yillari Qirg’izistonda faoliyat boshlagan yuzlab axborot vositalarining hammasi ham oyoqqa turib olmagan – yopilib ketganlari ham talay.

Yangi nasrlar o’z faoliyatini boshlar ekan, odatda xalqaro tashkilotlar moddiy ko’magiga tayanadi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, tashqi sarmoyadorlar muhim axborot tarqatuvchi vositalarga e’tibor ko’rsatib, madaniy-ma’rifiy, ko’ngilochar nashrlar nazardan chetda qolmoqda.

Media-tahlilchi Abdumo’min Mamaraimov ta’kidlashicha, homiylik o’z yo’lida.

Ishbilarmonlik, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalariga asoslanib ish yuritayotgan axborot vositalarigina o’z o’rnini va muxlislarini topishi mumkin.

Aytish kerakki, davlat matbuoti hamda turli guruhlar qaramog’idagi xususiy axborot vositalari hokimiyat butoqlari, har xil siyosiy arboblar hamda muxolifat tortishuvida o’ziga xos qurolga aylangan. Odamlar qator ro’znomalar sahifalari hamda tele-efirda mag’zava, gij-gijlash ko’payganidan norozi.

«Davlat tasarrufidagi axborot vositalari faqat davlat tizimlarining yaxshi tomonlarini aytadi, muxolifat matbuoti esa qoralaydi xolos. Oddiy xalq esa xolis ma’lumotga muhtoj. Obyektiv, betaraf nazarni bizning ommaviy axborot vositalarida kam uchrataman», - deydi O’sh viloyatilik yozuvchi Habibillo Idrisov.

Ne bo’lsa-da, Qirg’izistonda jamiyat so’z va matbuot erkinligi mahsullaridan imkon qadar foydalanayotgani ham ko’zga tashlanadi.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG