Payshanba, 21-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 15:08

Markaziy Osiyo

Aksar qirg'izistonliklar 2012-yildan mamnun

O'shlik qo'li gul Nargizaxon tikkan do'ppilarning bozori chaqqon.
O'shlik qo'li gul Nargizaxon tikkan do'ppilarning bozori chaqqon.
O’shlik Rahimaxon tijorat bilan shug’ullanadi. 2012-yildagi eng muhim voqea – to’polonlar tinchib, ancha tinchlik bo’lib qolgani, deydi u.


“To’ylarimiz, avvalgidek, yana xursandchilik, o’yin-kulgi bilan o’tyapti. Yomon tarafi – biroz qimmatchilik bo’ldi. Unlarning narxi oshib ketdi. Yangi yilda arzonchilik bo’lishini kutaman. Bilasiz, ko’pchilikning ishi yo’q, tirikchilik qilish qiyin”, - deydi Rahimaxon.
 
Hoshim Xolbekov – nafaqaxo’r. 2012-yil prezidentimiz Almazbek Atambayev e’lon qilganidek, oila va tinchlik yili bo’ldi, deydi u.
 
“Ko’p ishlar qilindi. Masalan, rayonimizda o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash, ularning bilim saviyasini oshirish yili bo’ldi. Shaxsiy hayotimda ham muhim yangiliklar bo’ldi. Mamlakatimiz tayanchi” degan kitob chiqardim. Unda 60 dan ortiq turli soha vakillari bo’lgan nafaqaxo’rlarning hayotini tasvirladim. Yangi yilda ham tinchlik-farovonlik bo’lishini xohlayman”, - deydi Hoshim aka.
 
Jurnalist O’g’iloy Tojiboyeva o’tgan bir yil davomida Rossiyada mehnat qilayotgan qirg’izistonlik mehnat muhojirlari hayotini o’rganib, ularning muammolarini ko’tarishga harakat qilganini  aytadi.
 
“Jurnalist sifatida Sankt-Peterburg shahrida bo’lganimda, qirg’izistonlik muhojirlarning huquqiy muammolarini o’rgandim. Shu mavzuni yoritib, ularga ko’maklashishga harakat qildim. Haq-huquqlarimizni yaxshi bilmaslik Qirg’izistondagi har birimizga taalluqli deb o’ylayman”, - deydi jurnalist.
 
“2012-yildan ko’p narsa umid qilgan edik, - deydi yana bir qirg’izistonlik. Tinchlik-totuvlik borasida bu umidlarimizning bir qismi amalga oshdi. Endi yangi yilda qolgan ishlarimiz ham amalga oshib, yurtimiz tinch, oilalarimiz farovon bo’lishini tilab qolaman”.
 
Biz bilan suhbatga bo’lgan aksar qirg’izistonliklar o’tgan yildan ko’ngli to’lganini, ammo xotirjam bo’lish uchun hali qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’pligini ta’kidladi.
 
Qirg’izistonning turli-tuman kasb va qiziqishdagi oddiy insonlari hayoti aks etgan fotolavha:

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Islomiy jangarilar Suriyaga chekinishi mumkini
X
21.08.2014 02:44
Suriya va shimoliy Iroqda minglab aholini qochqinga aylantirgan “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi ham AQSh, ham Suriya kurash olib bormoqda. Ammo AQSh amalga oshirayotgan havo hujumlari jangarilarni Iroqdan Suriyaga surib chiqarib, Assad rejimiga qarshi kurashni kuchaytirishi mumkin.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Amerikalik jurnalist Jeyms Foli Islomiy davlat guruhi tomonidan qatl etilgan.
  • Bag'doddagi siyosatchilar
  • Germaniya yordam yetkazmoqda
Fotogalereya

Fotogalereya Jangarilar jurnalistni qatl etdi

"Iroq va Shom islomiy davlati" "YouTube"ga yuklagan video "Amerikaga xabar" deya nomlanadi. Unda tizzalab o'tirgan amerikalik jurnalist Jeyms Folining boshi tanasidan judo qilingani ak etgan. Hozirda video "YouTube" tomonidan olib tashlangan.
Fotogalereya

Fotogalereya Ferguson, Missuri - 20-avgust, 2014

Qora tanli aholi politsiyani irqchilikda va zo'ravonlikda ayblab, namoyishlarni davom ettirmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Missurida politsiya namoyishchilarni tarqatishga harakat qilmoqda

Politsiya bilan to'qnashuvda bir kishiga o'q tegib qattiq yaralangan, yetti kishi hibsga olingan. 18 yashar qora tanli yigitning politsiya tomonidan otib o'ldirilishi ketidan boshlangan namoyishlar tinmayapti. Ferguson shahrida favqulodda holat joriy etilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Missuri shtatida politsiyaga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Qo’shma Shtatlar bo’ylab minglab odamlar namoyishga chiqib, Missuri shtatida politsiya o’qidan o’lgan qora tanli o’smirni xotirlayapti. Yuzdan oshiq shaharlarda yig’ilgan fuqarolar 18 yoshli Maykl Braunni va politsiya qo’lidan o’lgan boshqa vatandoshlarni bir daqiqalik sukunat bilan esladi. Missurida namoyishlar qonli tus olgach, prezident Barak Obama kecha jamoatchilikni tinchlanishga undadi.
Fotogalereya

Fotogalereya Vladimir Putin Qrimda

Rossiya rahbari yaqinda mamlakatning bir qismi sifatida qabul qilingan yarimorolga borib, vaziyat bilan tanishdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI