Breaking News

Qirg'iziston ziyolilari: Obama islom haqidagi so'zlarini amalda isbotlasin


O'sh
O'sh

AQSh Prezidenti Barak Obamaning yaqinda Vashingtonda o'tgan xalqaro anjumanda ekstremizmga qarshi bayonoti Markaziy Osiyoda ayrim doiralar tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda.

Qirg'iziston ziyolilari: Obama islom haqidagi so'zlarini amalda isbotlasin - Muhiddin Zarif lavhasi (I-qism)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:54 0:00
Qirg'iziston ziyolilari: Obama islom haqidagi so'zlarini amalda isbotlasin - Muhiddin Zarif lavhasi (II-qism)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:16 0:00

Ammo mintaqa ekspertlari ushbu so'zlarning amaliy isbotini ko'rishni istaydi. Obama "AQSh islom diniga qarshi emas, balki terrorizmga qarshi kurash olib bormoqda. Bu e’tiqodlararo yoki madaniyatlararo urush emas, balki insoniyat va insoniylik uchun kurash" deya ta’kidlagan edi.

Jalol-Obod shahrida joylashgan “Islom ta’lim markazi” jamoatchilik jamg’armasi rahbari Dilmurod O'rozov Obama bayonotini so’zlar o’yini deb baholaydi.

“Aslida AQShning terrorizmga qarshi kurash bayrog’i ostida olib borayotgan amaliyotlari butun dunyoda hukmronlik o’rnatishni ko’zlaydi”, - deydi suhbatdosh.

Bishkekdagi “Din, qonun va huquq” deya ataluvchi tahliliy markaz rahbari, siyosatshunos va dinshunos Qodir Malikov fikricha, Prezident Obamaning bayonoti diqqatga sazovor.

“Barchamiz sivilizatsiyalar muloqoti lozimligi, bloklarga bo'lishishga asoslangan dunyoqarashdan, dushman qiyofasini o’ylab chiqarish harakatidan uzoqlashish kerakligini yaxshi tushunamiz. Darhaqiqat, diniy yo islomiy terrorizm bo’lishi mumkin emas. Aslida oxirgi paytlarda aynan dunyoviy ekstremizm va terrorizm hollari ko’proq namoyon etilyapti, jumladan, ayrim davlatlar tarafidan”, - deydi Qodir Malikov.

Ayni paytda suhbatdosh yirik davlatlar siyosatida ikki xil standartlar, ikkiyuzlamachilik mavjudligini ta’kidlaydi. Obamaning so’zlari Vashington tarafidan amalda isbotlanishi ma’qul, deydi u.

“Gap Qo’shma Shtatlar o’zlari ovoza qilayotgan shiorlarni amalga oshirishga naqadar tayyorligida. Afsuski, shu paytgacha aynan Amerika dunyoning turli mintaqalarida beqarorlik chiqarishga aloqador bo’lib kelgan”, - deydi Malikov.

O’sh shahridagi Xalqaro islom hamkorligi markazi deb nomlangan nodavlat tashkilot boshlig'i shayx Sodiqjon Kamolovning aytishicha, Obama biron yangi fikr-taklifni olg’a surgani yo’q.

“Men Obama janoblaridan boshqa narsani kutgan edim. Nega radikalizm va terrorizm yildan yilga, yangi shakllarda avj olib borayapti? Bu ko’rinishlarning sabablari o’zimizda, Amerika, G’arb davlatlarida emasmikan, degan narsani gapirganda, bu dunyoda yangi bir fikrni paydo qilar edi”, - deydi Sodiqjon Kamolov.

Suhbatdosh Tolibon, al-Qoida, o’zlarini “Islomiy davlat” deb atayotgan guruhlar bir paytlar aynan Vashington ko’magida oyoqqa turgan degan xulosalarga ishora qiladi.

Uningcha, G’arb va umuman buyuk davlatlar o’z siyosatlarini qayta ko’rib chiqmas ekan, dunyoqarashini o’zgartirmas ekan, dunyoga xatar solayotgan illat barham topishi dargumon.

Shayx Sodiqjon Kamolov katta davlatlar va ularning yetakchilari siyosatida so’z va amaliy ishlar uyg’unligi kerakligini ta’kidlaydi.

Bishkeklik siyosatshunos va dinshunos Qodir Malikovning aytishicha, prezident Obamaning bu galgi bayonotida yangragan mulohazalarni AQShning dunyoda, ayniqsa, musulmon o’lkalarida tobora tushib borayotgan obro’sini tiklash harakati sifatida ham baholash mumkin.

“Ne bo’lsa-da, muloqot uchun uzatilgan qo’l qabul qilinishi kerak. Lekin qo’l uzatilishi ortidan nima bo’lishini hech kim bilmaydi”, - deydi tahliliy markaz rahbari.

XS
SM
MD
LG