Dushanba, 31-avgust, 2015 Toshkent vaqti: 03:29

Markaziy Osiyo

Bakiyevga 24 yil qamoq jazosi belgilandi

Amerika Ovozi
Qirg’iziston sudi sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevni mansabni suiiste’mol qilganlik aybi bilan 24 yil qamoq jazosiga mahkum etgan.

Uning mol-mulki musodara qilingan. Sobiq rahbar o'z faoliyati bilan mamlakatga qattiq ziyon yetkazgan, deyiladi sud xulosasida.
 
Bakiyevning inisi, xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Janish Bakiyevga qotillik va boshqa jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi berilgan.
 
Bishkek sudi hukmida aytilishicha, ikkisi prezident ma’muriyati sobiq rasmiysi Medet Sadirkulovning o’limiga aloqador.

Sadirkulov va yana ikki odamning yoqib yuborilgan jasadi 2009-yilda topilgan edi. Tergovchilarning aytishicha, bari avval o'ldirilgan, keyin yoqilgan.

Bakiyev va uning oilasi hozir Belarusda jon saqlamoqda.
 
Qirg’iziston hukumati Minskdan Bakiyevni ekstraditsiya qilishni talab qilib keladi. Biroq Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko rad javobi bergan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Buddizm durdonalari Xitoydan AQShga keladii
X
29.08.2015 22:24
Jahonning eng yirik buddizm san’ati namunalarini Xitoy g’arbidan, qadim Ipak yo’lidan topasiz. Danvong shahri yaqinidagi g’orlarda rohiblar ming yil davomida mana shu san’at namunalarini yaratgan. Los-Anjelesdagi Getti muzeyi mazkur tarixiy merosni asrab-avaylashda yordam bermoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Iordan daryosining G'arbiy sohilida Isroil politsiyasi to'siqlarga qarshi chiqqan falastinlikni do'pposlamoqda
  • Yaponiyada hukumatga qarshi namoyishlar, omma Bosh vazir Shinzo Abe mudofaa borasida taklif qilayotgan qonun loyihalaridan norozi
  • Norvegiya dengiz kuchlari O'rta dengizda
  • Yaman poytaxti Sano Saudiya Arabistoni boshchiligida havo hujumlari ostida. Shia o'choqlari nishonda.
  • Malayziyada hukumatga qarshi namoyishchi
  • Hindistonda diniy bayram
  • Novogrudok, Belarus
  • Ispaniya o'rmonlarida yong'in
  • Minsk, Belarus
  • Shvetsiya
  • Tokio ko'chalarida festival, Yaponiya
  • To'lin oy, Portugaliya. Poytaxt Lissabonda Moliya vazirligi joylashgan tarixiy bino.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI