Yakshanba, 28-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 13:04

Markaziy Osiyo

Qirg'iziston musulmonlari: Diniy idora isloh qilinsin

Multimedia

Audio
Qirg’iziston din ishlari bo’yicha davlat komissiyasida musulmonlar qurultoyi o’tmoqda.  Maqsad so’nggi paytlarda yuzaga kelgan nizolarga yechim topish.

Anjumanda yangi nizom qabul qilinishi hamda ulamolar kengashining yangi tarkibi tasdiqlanishi va yangi muftiy saylanishi kutilmoqda.


Qirg’iziston musulmonlari diniy idorasi atrofidagi munozaralar so’nggi besh-olti yildan beri jamoatchilikni tashvishga solib keladi. Ayrim mutaxassislar fikricha, diniy idora tizimida islohot o’tkazish vaqti kelgan. Musulmonlarning navbatdagi qurultoyida shu masala ham ko’tarilishiga umid qilinmoqda.

Din ishlari bo’yicha davlat komissiyasining janubiy bo’limi boshlig’i Qurbonali Uzoqov ham shu fikrda.

“Strukturasidan tortib hammasini o’zgartirish kerak. Din yo’lida xizmat qiladigan yaxshi islohotlarni amalga oshirish vaqti keldi deb o’ylayman”, - deydi u.
 
So’nggi uch yil ichida Qirg’iziston diniy idorasi rahbari to’rt marta almashdi. Kuzatuvchilar idorada tarafkashlik, bir-birini ayblash kabi illatlar kuchayganini aytadi. Haj uchun pora olish kabi hodisalarning yuz bergani muftiyat obro’siga ancha putur yetkazdi, deydi ular.
 
Jaloloboddagi “Islom ta’limi markazi” nodavlat tashkiloti rahbari Dilmurod hoji O’rozovga ko’ra, hajga odam yuborish faoliyatini sayyohlik kompaniyalariga topshirish kerak.
 
“Velosipedni qayta kashf qilishning keragi yo’q. Boshqa davlatlar tajribasidan o’rganish kerak. Ya’ni, hajni sayyohlik kompaniyalari ixtiyoriga topshirish kerak. Ular shundan foyda ko’radi, foydadan davlatga soliq to’laydi. Hajga borish-kelish tartiblarini muftiyat belgilab berishi kerak”, - deydi mahalliy olim.
 
Dindorlar ham, davlat rasmiylari ham bu borada samarali yo’l topish lozimligi borasida yakdil. Qurultoy ishtirokchisi, O’shdagi “Islom hamkorligi markazi” nomli jamoatchilik jamg’armasi rahbari Sodiqjon Kamolov ham islohotlar tarafdori.
 
“Musulmonlarning xizmatini qiladigan, musulmonlarning kelajagini o’ylaydigan, javobgarligi, mas’uliyati juda katta bo’lgan bunday ishlarni olib keta oladigan odamlar kelsa, nizomlar o’zgarsa, qolgan ishlar yaxshi bo’lib ketadi. Gap musulmonlarning o’zida qoldi”, - deydi u.
 
Haj marosimi kabi yirik moliya oqimidan iborat ishlar diniy idora nazoratidan olinishi kerak, deb hisoblovchilar talaygina.
 
“Moliya masalasi aralashgan ish xalq ko’zi oldida, ochiq bo’lishi kerak. Shunda korrupsiyaning oldi olinadi”, - deydi bir mahalliy kuzatuvchi.
 
Dilmurod hoji O’rozovning aytishicha, musulmonlar idorasi asosiy vazifalarini esdan chiqaryapti.
 
“Undan ko’ra, yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullanishsa yaxshi bo’lardi, - deydi u. – Ishlab turgan, yillar davomida jonini fido qilib din uchun mehnat qilayotgan imomlarning bilim va saviyalarini ko’tarishga e’tibor qaratishlari kerak. Odamlarga haqiqiy islomni o’rgatishlari kerak. Davlat ham chetda jim qarab turmasligi kerak. Ertaga bu davlat uchun muammoga aylanib ketishining oldini olish uchun ham davlat e’tibor qilib, tartibga solib berishi kerak”.
 
Ammo oddiy musulmon aholi orasida qurultoyning mavjud muammolarga ijobiy yechim topishiga umid qiluvchilar ko’p.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Turkiya hukumati Gulen izdoshlarini ta'qib etmoqdai
X
28.12.2014 04:07
Turkiya hukumatining bir necha jurnalistni hibsga olishi xalqaro hamjamiyat tanqidiga sabab bo'ldi. Prezident Rajab Toyib Erdog'an AQShda yashovchi diniy ulamo Fathulla Gulenning Turkiyadagi izdoshlarini ta'qib qilishni buyurgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Chili
  • Suriya
  • Missuri, AQSh
  • Livan
  • Birlashgan Arab Amirliklari
  • Antarktika
  • Kanada-AQSh orasidagi Niagara sharsharasi
  • Braziliya
  • Braziliya
  • Ukraina
  • Isroil
  • Suriya
  • Angliya
  • Shimoliy Koreya
  • Gollivud
  • Fransiya
  • Avstraliya
  • Vatikan
  • Ispaniya
  • Arizona, AQSh
  • Yaponiya
  • Texas, AQSh
  • Fransiya
  • Kosovo
  • Janubiy Koreya
  • Falastin
  • Germaniya
  • Xitoy
  • Xitoy
  • Iroq
  • Xitoy
  • London, Angliya
  • London, Angliya
  • Xitoy
  • Hindiston
  • Germaniya
  • Gonkong
  • Liberiya
  • Ispaniya
  • Indoneziya
  • Ukraina
  • Suriya
  • Ukraina
  • Siyerra Leone
  • Gavayi, AQSh
  • Hindiston
  • Nyu-York, AQSh
  • Avstraliya
  • Xitoy
  • Keniya
  • Oslo, Norvegiya
  • Avstraliya
  • Pokiston

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI