Breaking News

Qirg’iziston rasmiylari Botken va So’xda vaziyat tinch demoqda


Qirg'iziston chegara xizmati bayonotiga ko'ra, qirg'iz va o'zbek rasmiylari kecha Farg'onada uchrashib, chegaradagi keskinlikning oldini olish haqida gaplashgan.

Ba’zi xabarlarga ko’ra, sal oldin O’zbekiston bir batalyon harbiyni Botken va So’x viloyatlari bilan chegaradosh hududlariga yuborgan edi.

Qirg'iziston chegara xizmatining bildirishicha, bu davlat va O'zbekiston rasmiylari 1 iyun kuni Farg'onaning Vodil qishlog’ida uchrashgan.

O’zbekiston 1999-2000 yilida Botken vaqealari paytida So’x anklaviga [anklav - boshqa davlat territoriyasi bilan o'ralgan hudud] kiritilgan og’ir artilleriyani olib chiqishga va’da bergan.

Kelishuvga ko’ra, ikki davlat chegarasida tartibni saqlash va demarkatsiya qilish maqsadida hukumatlararo hay’at ishi tezlashtiriladi.

Qirg’iziston va O’zbekiston chegaradagi uchastkada vaqtinchalik to’siqlar tiklanadi, ammo ba’zi joylarda nazorat postlari olib tashlanadi. Jumladan, suv zaxiralari va yaylovlardan foydalanishda ziddiyat yuzaga kelmasligi uchun choralar muhokama qilinadi.

O’zbekistonning So’x anklavi va Qirg’izistonning Botken viloyati yaylovlarida aholi o’rtasida to’qnashuvlar ro’y bergach, O’zbekiston chegaraga bir batalyon askar yuborgan edi.

Farg’onadagi uchrashuv yakunida tomonlar bir to’xtamga kelgan va So’x anklavidan harbiy jihozlar asta-sekin olib chiqilayotgani xabar qilinmoqda.

Qirg’iziston rasmiylari ta’biricha, chegarada, qishloqlarda vaziyat hozir tinch.

XS
SM
MD
LG