Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 14:56

Matbuot

Bishkekda jurnalist Shohruh Soipov va ukalari kaltaklangan

Shohruh Soipov, "Daydjest" nomli o'zbek tilidagi gazeta bosh muharriri
Shohruh Soipov, "Daydjest" nomli o'zbek tilidagi gazeta bosh muharriri

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
2-dekabr soat 21:30 larda Bishkekda marhum jurnalist Alisher Soipovning ukalariga hujum qilingan.
 
O'shda asoslangan "Daydjest" nomli o'zbek tilidagi gazeta bosh muharriri Shohruh Soipov va uning ukalari Yusufbek va Ozodbek hamda ularning bir do'sti Qirg’iziston poytaxtida ijaraga turgan uyi oldida to'rt kishi tomonidan qattiq kaltaklangan. Militsiya chaqirgach, ular Oktabr rayon ichki ishlar bo’limiga yetkazilgan.


Shohruh Soipovning "Amerika Ovozi" ga bildirishicha, ular jiddiy jarohatlangan, badani ko’kargan, yuzlari, oyoq-qo'llari shishgan.

"Tibbiy ekspertizadan o'tayapmiz. Miyaga qanday zarba berilganini ko'rib chiqishayapti. Shokdamiz, hali o'zimizga kelganimiz yo'q. Hamma yog'imiz og'riqda", - dedi Shohruh Soipov, telefon orqali "Amerika Ovozi" ga. 

Uning aytishicha, hujumchilar aka-ukalarni armaturalar bilan kaltaklagan. Hodisa joyida armatura va uyali telefon ham topilgan.

Telefon deputat Umurbek Tekebayev jiyani Azamat Tekebayevga tegishli ekani ma’lum bo’lgach, u ham ichki ishlar bo’limiga olib borilgan va so’roq qilingan.
 
Qirg'iziston Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati "Fergana" agentligiga bildirishicha, jinoiy ish qo'zg'ash masalasi hozirda hal qilinayapti, "qaysi modda bo'yicha jinoiy ish qo'zgalishini hozircha aytish qiyin". Gumon qilinayotganlarning shaxslari aniqlangani va ular ko'p o'tmay hibsga olinadi, deydi rasmiylar. 

Shohruh Soipov fikricha hujum ortidagi sabab hozircha millatchilikka o'xshayapti. Lekin, deydi u, boshqa omillar ham bo'lishi mumkin. Jurnalist xulosa qilishga shoshmayapti.

Kaltaklanganlar 2007-yilda O'shda ishxonasi oldida o'tib o'ldirilgan Alisher Soipovning ukalari. Alisher "Amerika Ovozi" muxbiri edi. 

Shohruh Soipov bilan yaqinda qilingan suhbatni mana bu yerda tomosha qiling.

Loading
12:00:00 / -:--:--
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI