Breaking News

Qirg'iziston janubi: Suvlarda halokatning oldini olish uchun nima qilmoq zarur?


Qirg'iziston janubida...
Qirg'iziston janubida...

Qirg’izistonning O’sh viloyati orqali qo’shni O’zbekiston qaramog’idagi besh sug’oruv shoxobchasi o’tadi. Xavfsizlik masalalari o’lda-jo’ldaligi hamda mahalliy aholi ehtiyotsizligi tufayli bu suv havzalarida baxtsiz hodisalar ko’paygan. Halokatlarning oldini olish uchun qo'sni davlatlarga qarashli suv xojaligi idoralari-ora hamkorlik zarur.

Qirg'iziston janubi: Suv havzalari xavfsizligi uchun kim javobgar?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:47 0:00

Qoradaryodan boshlanuvchi Janubiy Farg’ona kanali Qirg’izistonning O’sh viloyati Aravon tumanidan o’tadi. Kuni-kecha mahalliy aholi qirg’oqlarni to’sishga kirishdi.

Yozuvchi Habibillo Idrisov bu xayrli ishga o’z hissasini qo’shmoqda.

“Aslida kanal O’zbekistonga qarashli. Bizning qishloqlar orqali o’tuvchi joylarda har yili noxush hodisalar ro’y berib turadi. Odamlar, mol-hol nobud bo’ladi, texnika suvga tushub ketadi. Yaqinda ikki hamqishlog’imiz mashinalari bilan oqib ketdi",- deydi ziyoli.

Mahalliy idoralarga murojaatlar natija bermadi. Odamlart o’zlari pul to’plab, qirg’oqlarni to’sayapti.

Kanal Aravon hududini taxminan o’n chaqirim masofada kesib o’tadi. To’plangan mablag’ esa bazo’r bir chaqirimda beton to’siq qurishga yetar ekan.

Suhbatdoshga ko’ra, bir paytlar Janubiy Farg’ona kanali ma’muriyati ushbu joylarda to’siq qurishga kirishmoqchi bo’lgan, ammo negadir ikki tomon til topisha olmagan.

O’zbekiston tasarrufidagi boshqa bir kanal - Shahrixonsoy shundoqqina chegara chizig’ida joylashgan. Oqim o’ta tez bo’lib, chegarani noqonuniy kesib o’tishga urinishlar ko’p hollarga fojia bilan yakun topib kelgan.

Shu joylik aholi vakillari aytishicha, hozirda noqonuniy kechuvlarga barham berilgan bo’lib, baxtsiz hodisalar aksar bolalar qarovsiz cho’milayotganda sodir bo’ladi.

Mahalliy mutaxassislar ta’kidlashicha, tranzit suv punktlari xavfsizligini ta’minlash uchun qo’shni mamlakatlar mutasaddi tashkilotlari o’rtasida doimiy hamkorlik darkor.

Shuningdek, mahalliy aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish kerak.

Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan suv xo’jaligi xodimi Alisher Sotiboldiyev deydi-ki, ichki suv havzalarida xavfsizlik uchun mahalliy suv xo’jaliklari va boshqa tegishli tashkilotlar (havza egalari) hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish tizimlari mas’ul.

Qirg’iziston favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko’ra, mamlakatda 21 qutqaruv xizmati faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, yoz mavsumi arafasida har-bir suv havzasi yo chomilish joyi egasi ham xavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus xodimlar ajratishi lozim.

XS
SM
MD
LG