Seshanba, 21-may, 2013 Toshkent vaqti: 19:36

Markaziy Osiyo

O’shda yosh jurnalistlar uchun yozgi maktab ishga tushdi

“Ilk jurnalistika maktabi yaxshi natija berdi, deb o’ylayman. Uning bitiruvchilari yangi teleradiokompaniyada boshlovchi, muharrir, muallif, di-jey sifatida ishlamoqda”.
“Ilk jurnalistika maktabi yaxshi natija berdi, deb o’ylayman. Uning bitiruvchilari yangi teleradiokompaniyada boshlovchi, muharrir, muallif, di-jey sifatida ishlamoqda”.

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
AQShda asoslangan Internews tashkiloti Qirg’izistonning O’sh shahrida yozgi jurnalistika maktabi ochib, unga barcha elat, jumladan, qirg’iz, o’zbek va rus yoshlarini jalb etgan.

Tashkilot rasmiy Bishkek ko’magida janubda yangi teleradiokompaniyani ishga tushirgan edi. Etnik nizo-adovatning oldini olishga, jamoatchilik bilimini oshirishga qaratilgan loyiha; dasturlar bir necha tilda efirga uzatilishi rejalangan.

Yoshlar bosma, elektron ommaviy axborot vositalari, internet kabi yo’nalishlar bilan yaqindan tanishadi.

Internews joriy yil qishda ham hududda jurnalistika maktabi o’tkazgan edi. Bitiruvchilar yangi ochilgan Intimoq - “ahillik” deb nomlangan teleradiokompaniyada faoliyat yuritmoqda.

Tashkilotning Qirg’izistondagi vakolatxonasi xodimi Denis Bevz so’zlariga ko’ra, O’shda jurnalist kadrlar masalasi juda dolzarb. “Biron malakali jurnalistni topish yoki tayyorlash uchun katta kuch sarflash kerak”, - deydi u.

2010-yilgi iyun voqealaridan so’ng janubda qator o’zbekzabon ommaviy axborot vositalari yopilgan. Hududda umuman jurnalistlar yetishmaydi. Internews bir necha hamkorlar, jumladan, hukumat ko’magida tashkil qilgan yangi teleradiokompaniya aynan axborot maydonidagi bo’shliqni ma’lum qadar to’ldirishi ko’zda tutadi.
May oyida O’shga eshittirishlar uchun kerakli barcha texnika olib kelingan va o’rnatilgan. Menimcha, yaxshigina radiostudiya paydo bo’ldi.


“Ilk jurnalistika maktabi yaxshi natija berdi, deb o’ylayman. Uning bitiruvchilari yangi teleradiokompaniyada boshlovchi, muharrir, muallif, di-jey sifatida ishlamoqda”, - deydi Bevz.

Suhbatdoshning aytishicha, Intimoq kanalini tashkil etish va jihozlash ishlari, asosan, AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalanmoqda. Ayrim jihozlarni Soros-Qirg’iziston jamg’armasi xarid qildi.

Rasmiylar so’zlariga ko’ra, hozir tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetmoqda. Yaqin kunlarda eshittirishlar uchun to’lqin berilishi kutilmoqda.

Qirg'iziston janubida yosh jurnalistlar uchun yozgi maktab va yangi teleradiokanal, Ulug'bek Sokin hikoya qiladi
Loading
12:00:00 / -:--:--


x
“May oyida O’shga eshittirishlar uchun kerakli barcha texnika olib kelingan va o’rnatilgan. Menimcha, yaxshigina radiostudiya paydo bo’ldi. Endi radioto’lqinlar ajratilgani haqida kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish qoldi".

"Internet qismiga kelsak, iyun oyi o’rtalaridan boshlab saytimizda 24 soat davomida dasturlarni tinglashingiz mumkin. Ko’rsatuvlar esa kuzda boshlanadi, deb o’ylayman”, - deya davom etadi suhbatdosh.

Intimoq, asosan, qirg’iz, o’zbek, rus tillarida ko’rsatuv va eshittirishlar uzatadi. Kuni-kecha kompaniyaning Tojikistondagi hamkorlari tojik qo’shiqlari va kuylari jamlamasini sovg’a qilgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI