Juma, 01-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 00:34

Xalqaro

Faollar davlatlarni minalardan voz kechishga chaqirmoqda

Amerika Ovozi
Jenevada minalarni man qilishga bag’ishlangan xalqaro anjuman boshlandi. 1997-yilda qabul qilingan bitim qayta ko’rilmoqda. Faollar va minadan jabr ko’rgan odamlar ularni batamom man qilishga chaqirmoqda. Tadbirda 100 dan ortiq hukumatlar vakillari ishtirok etyapti. Ular minalarni tayyorlash, borlarini yo’q qilish hamda minalashtirilgan hududlarni ulardan tozalash ishlaridagi yutuqlarni sarhisob qilmoqda.

Dunyoni minalardan xoli qilishga chaqirayotgan guruhlarga ko’ra, xalqaro bitim 1997-yilda Kanada poytaxti Ottavada qabul qilinganidan beri 160 davlat unga qo’shildi. Bu barcha mamlakatlarning 80 foizdan oshig’i degani.

Faollar qolgan davlatlarni ham bitimni imzolashga va shu bilan odamlar hayoti va sog’lig’ini asrashga da’vat etmoqda.

Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi prezidenti Piter Maurerning aytishicha, Minalarni man qilish haqidagi bitimni kengaytirish, a’zo davlatlar majburiyatlarini amalda bajarishi lozim.

Yaqinda chiqqan hisobotda aytilishicha, hujjat qabul qilinganidan beri minalardan halok bo’lganlar soni ancha kamaydi. Biroq ko’rsatkichlar hali ham yuqori. O’tgan yili 4000 odam o’lgan yoki majruh bo’lgan.

"Ayrim davlatlarning o’z majburiyatlarini bajarishga shoshmayotgani bizni tashvishga solmoqda. Ko’p mamlakatlar hududlarni minalardan tozalash uchun belgilangan jadvaldan ortda qolmoqda, natijada qurbonlar bor, mayib-majruhlar bor, yerni o’zlashtirishning iloji bo’lmayapti", - deydi Maurer.

Faollar ma’lumotiga kora, 19 davlat o’zini minalardan butunlay xoli deya e’lon qilgan. Kongo Respublikasi, Daniya, Iordaniya va Uganda esa shu hafta oxirigacha ularning safiga qo’shilishi, Polsha esa Ottava Konvensiyasini imzolashi kutilmoqda. Bitim tufayli shu kungacha 46 milliondan ziyod minalar ombori yo’q qilingan.

Faollar portlashda omon qolgan odamlar uchun yordam dasturlari qisqarayotganidan nolimoqda. So’nggi hisobotga ko’ra, yordam puli 30 foizga kamaygan.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Jodi Uilyamsning aytishicha, mablag’ning aksariyati minadan tozalashga sarflanmoqda.

"Chunki bu ish oson. Minani yer ostidan chiqarishingiz bilan ish bitdi. Jabrdiydalarga esa yillab, o’n yillab qarash kerak. Davlat byudjetiga og’ir kelayotgan bo’lishi mumkin. Shunga qaramasdan mamlakatlardan mablag’ni kesmaslikni, aksincha, ko’paytirishni so’ragan bo’lardik", - deydi Uilyams.

Faollarning aytishicha, joriy yilda faqat bir davlat mina qo’ygan – Suriya. Isroil, Liviya va Birma o’tgan yilgi ro’yxatdan chiqdi. Jodi Uilyams Qo'shma Shtatlarni Ottava Konventsiyasini qabul qilishga chaqirmoqda.

Anjumanda minalarning nafaqat davlatlar, balki Afg’oniston, Kolumbiya, Birma, Pokiston, Tailand va Yamanda hukumatga qarshi kurashayotgan qurolli kuchlar tomonidan ishlatilishi ham muhokama etilmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola virusi tarqalishda davom etmoqdai
X
31.07.2014 18:42
G’arbiy Afrika mamlakatlari bo’ylab o’limga yetaklovchi Ebola virusi tarqalishda davom etmoqda. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, bu ushbu kasallik bilan bog’liq shu paytgacha kuzatilgan eng katta endemiyadir. Xalqaro hamjamiyat yetakchilari vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Liberiya hukumati rasmiysi sifatida Nigeriyaga kelib ishlagan, ayni paytda AQSh fuqarosi bo'lgan Patrik Soyerning xotini Dekonti Soyer bir yoshli farzandi bilan, Minnesota, 29-iyul, 2014-yil.
  • Nigeriyaning sog'liqni saqlash bo'yicha rasmiylari Ebola kasalligi bo'yicha mamlakatdagi so'nggi vaziyat haqida jurnalistlarga ma'lumot bermoqda, 28-iyul, 2014-yil.

     
  • Doktor Deyvid Makrey Texasda o'tgan matbuot anjumanida do'sti va hamkasbi Kent Brentlidan kelgan maktubni o'qib bermoqda. Brentli Liberiyada Ebolaga qarshi kurashayotib virus yuqtirib olgan ikki amerikalikning biri, 28-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida tibbiyot xodimlari Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatmoqda, 27-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatgan xodimlar maxsus himoya kiyimlarini yechmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga ovqat ulashilmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida xodimlar Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatishdan oldin maxsus himoya kiyimlarini kiymoqda, 20-iyul, 2014-yil.
     
  • Ebola virusining mikroskopdan ko'rinishi
  • Syerra-Leonedagi klinika xodimi ko'chada infeksiyaga qarshi dori sepib yuribdi, 10-iyul, 2014-yil.
     
Fotogalereya

Fotogalereya G'arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalmoqda

G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'limga yetaklovchi Ebola virusiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha 1000 dan ortiq odam halok bo'lgan. Virus yuqtirib olganlar izolyatsiyalangan maxsus kasalxonalarda saqlanmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI