Payshanba, 23-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 05:37

Ilm-fan

Galladet Universiteti - kar va soqovlar uchun dunyoda yagona oliy o'quv yurti

Amerika Ovozi
Vashingtondagi Galladet Universiteti (Gallaudet University) kar va soqovlar uchun mo’ljallangan dunyoning yagona oliy o’quv yurti hisoblanadi. Bu yerda ijtimoiy yo’nalish va ta’lim sohasida kar va soqov talabalarga yuqori sifatli bilim berish yo’lga qo’yilgan.


Talabalar internet orqali xorijlik profesor bilan imo-ishoralar tilida suhbatlashishyapti:

“Buni oila sadoqati deyishadi. AQShda buning muqobili yo’q. Balki sadoqat uncha to’g’ri so’zmasdir. Mustaqillik deb atasak to’g’riroq bo’lar?”

Londondek olis bir joydagi professor bilan bog’lanib, bunday muloqotlarni olib borish Galladet Universiteti uchun odatiy hol. Talabalar bu yerda o’zaro muloqotning turli usul va vositalaridan foydalanadi. “Skayp”da kamera orqali gaplashish shulardan biri. Universitet bergan ma’lumotga ko’ra, darslarning 90 foizdan ziyodi interaktiv usulda o’tadi.

Professor Jin Mayrusning aytishicha, raqamli texnologiya bugun sinf xonalarining ajralmas qismiga aylangan.

“Televizor, kamera va boshqa shunga o’xshash vositalar bor. Ular yordamida talabalar o’z loyihalarini uylarida yoki shu yerda tayyorlashlari mumkin. Kompyuter texnologiyalari, kamera va shu kabi uskunalardan ko’p foydalanamiz”, - deydi professor.
 
Internet dunyoni global shaharchaga aylantirgan bo’lsa, Galladet Universiteti global jamiyatga aylangan. Bu yerda butun dunyodan talabalar bor. Shu bilan birga universitet 53 mamlakatda filial ochgan.

Sonam Jeyn shri-lankalik. Bu yerda o’rganganlarim butunlay boshqacha, deydi u.
 
“Shri-Lanka shtatlardan iborat. Kar va soqovlar uchun umumiy imo-ishora standarti yaratilmagan. AQShda esa har bir narsa uchun alohida belgi bor. Shri-Lankada bunday emas. Shuning uchun u yerda ko’p mavzular haqida gapirishga qiynalar edim”, - deydi osiyolik talaba.

Ikki tilli oilada o’sgan bir talaba Galladetda muomala qilish qobiliyati kengayganini aytadi.
 
“Yoshligimda ingliz tiliga o’xshatib imo-ishora qilardim. Bu yerda esa haqiqiy amerikacha imo-ishora tilini o’rgandim. Uning yordamida aloqa qilish ancha oson. Universitetda hayot qaynaydi”, - deydi talaba.

Professor Mayrusning aytishicha, bu yerda aloqa qilishni yaxshi o’rgangan talabalar uchun imkoniyat eshiklari ochiladi.

“Talabalarda o’ziga ishonch ortadi. O’zaro aloqa qurollarini egallab, universitetni haqiqiy dunyoga tayyor bo’lib tark etishadi”, - deydi u.
 
Galladet Universitetida akademik va ijtimoiy tadbirlar ko’p bo’ladi. Belgilar tili bo’yicha muallim bo’lishga hozirlanayotgan bir magistrantning aytishicha, bu yerda hayot doim gavjum.

“Odamlar bilan tanishib, aloqa qilish mumkin. Bu yerda menga namuna bo’la oladigan ko’p odamlarni uchratdim. Biz uchun mashg’ulotlar uyushtirishadi. Ko’plab sport va madaniy tadbirlarda ham ishtirok etdim”, - deydi talaba.
 
Universitetda eshita oladigan talabalar ham bor. Ammo ularga kam o’rin ajratilgan. Bundaylar barcha talabalarning besh foizini tashkil etadi, xolos.

Kar va soqovlar uchun oliygoh/Gallaudet Universityi
X
30.03.2013 00:19
Vashingtondagi Galladet Universiteti kar va soqovlar uchun mo'ljallangan va dunyoda shu turdagi yagona oliy o'quv yurti. Yuqori sifatli bilim berib bu insonlarni jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida hayot kechira olishini ta'minlash - asosiy va ezgu bir maqsad.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Misrdagi vaziyat - US/Egypti
X
22.10.2014 23:59
Amerika "Islomiy davlat" terror tizimiga qarshi kurashda Misr bilan hamkorlik qilishga bel bog'lagan. "Isroil-Falastin mojarosiga yechim izlashda ham bir yoqadan bosh chiqaramiz", deydi Davlat kotibi Jon Kerri. Biroq Vashington Misrdagi bugungi vaziyatdan xavotirda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

  • Ottava

Fotogalereya

Fotogalereya Kanada parlamentida otishma, Ottavadan suratlar

Kanada poytaxtida urush qahramonlariga qo'yilgan yodgorlik oldida turgan askar otib ketilgan. Bu inshoot yaqinidagi parlament binosi ham xavf ostida degan ogohlantirishdan keyin evakuatsiya ishlari boshlangan. Harbiy soqchini nishonga olgan shaxs parlament tomon qochdi, deydi guvohlar. Imoratdan o'q ovozlari eshitilgan. Askarni otgan odam politsiya o'qidan o'lgan. Yaralangan askar ham kasalxonada jon bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI