Juma, 24-may, 2013 Toshkent vaqti: 02:31

Ta’lim-tarbiya

London Olimpiadasi: Yangi texnologiya va sport qurollari bahslarga sabab bo'lmoqda

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Londonda 2012-yilgi Olimpiya o’yinlari boshlanmoqda. Musobaqa insoniyat tarixidagi eng ko’p odam tomosha qilgan o’yinga aylanishi kutilmoqda.

Nafaqat televizorlar orqali, balki kompyuter, uyali telefonlar, Facebook va Twitter kabi ijtimoiy media yordamida milliardlab sport shinavandalari musobaqalarni kuzatib boradi. Sport o’yinlarida yangi rekordlar qayd etilishi shubhasiz. Bunda nafaqat sportchilarning tayyorgarlik darajasi, balki zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan yangi o’lchov asboblari ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 

1896-yilgi birinchi Olimpiya o’yinlarida amerikalik sportchi balandlikka sakrash bo’yicha oltin medalni qo’lga kiritgan edi. Yog’ochdan yasalgan langarcho’p unga 3,30 metr balandlikni zabt etish imkonini bergan. Bundan to’rt yil avval Pekin Olimpiadasida avstraliyalik sportchi 5,96 metr balandlikka sakrashga muvaffaq bo’ldi. Uning qo’lidagi langarsho’p uglevod tolalaridan yasalgan, oldingi cho’plarga qaraganda ancha yengil va chidamli.

Angliyadagi Lukburu universitetining sport texnologiyalari bo’yicha professori Maykl Keynning aytishicha, texnologiya sportda katta o’zgarishlar yasamoqda.
 
“Biz guvoh bo’lganimiz inqilobning o’zginasi. Ayniqsa, eng zo’r muhandislar  kashf etgan zamonaviy material va texnologiyalardan foydalanish”.
 
Professorning aytishicha, yengil va chidamli raketka, golf klyushkalari va boshqa sport qurollari yordamida bugun to’pni uzoqroqqa otish mumkin. Sportda bu yangi rekordlar yaratiladi, degani.
 
2008-yilgi Pekin Olimpiadasiga qadar har bir musobaqada o’rtacha 22 ta yangi jahon rekordi o’rnatilar edi. Pekinda 108 ta rekord qayd etildi. Suzish bo’yicha bellashuvlar g’oliblarining 94 foizi zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan kiyimda suzgan, deydi Keyn.    
 
“Bu sportchilarning gidrodinamikasiga ta’sir qiladi. Ular suzayotganda suvning qarshiligi ancha kamayadi. Ilgarigi suzish kostyumlariga qaraganda yangilari ancha afzal. O’zingiz ko’rganingizdek, shundan so’ng juda ko’p jahon rekordlari o’rnatildi”, deydi u.

 
Natijada suzish bo’yicha xalqaro qo’mita bunday kiyimlardan foydalanishni taqiqlab qo’ydi. Oqibatda, Keyn ta’biri bilan aytganda, “texnologik doping” atrofida bahslar avj oldi.
 
“Agar texnologiya asosiy rol o’ynasa yoki faqat boy mamlakatlar sportchilari foydalana oladigan texnologiyalar natijaga ta’sir qilsa, musobaqa adolatlimi, degan savol tug’ilishi aniq”, deydi professor.
 
Keynning aytishicha, London Olimpiadasi yangi texnologiyalar qo’llanilishi jihatidan Pekin o’yinlaridan farq qiladi. Asosiy urg’u sport qurollari yoki sportchilar formasiga emas, balki mashqlar va tayyorgarlikka beriladi.
 
“Trener va sportchilar o’rtasidagi aloqa, mashq qilish uslublari mukammallashtirildi. Simsiz ishlaydigan texnologiyalar yordamida sportchilar o’z jamoalari va trenerlari bilan muloqot qilib turadi. Bu osonlashdi. Mashqdan keyin sportchilar yaxshiroq dam olib, organizmni  tezroq tiklash imkoniga ega bo’ladi. Sportchilar oziq-ovqatiga ham, nima yeb-ichishiga ham katta e’tibor berilyapti”, deydi mutaxassis.
       
Londonda eng mukammal texnologiyadan foydalanganlar emas, aslida tayyorgarligi eng yaxshi bo’lgan sportchilar g’alaba qozonishi kerak, deydi professor Keyn. Uning fikricha, kelajakda asosiy vazifa texnologiyalar va an’anaviy sport o’rtasidagi muvozanatni saqlab qolishdan iborat bo’ladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI