Breaking News

Malidagi mehmonxonaga hujum


Fransiya vaziyatni hal qilish uchun o'z harbiy mutaxassislarini Maliga safarbar etgan. Mali - Fransiyaning sobiq mustamlakasi.
Fransiya vaziyatni hal qilish uchun o'z harbiy mutaxassislarini Maliga safarbar etgan. Mali - Fransiyaning sobiq mustamlakasi.

Mali poytaxti Bamakodagi hashamatli mehmonxona "Radisson Blu"ga to'rt jangari hujum qilib, uch odamni o'ldirgan. Kamida 170 odam, jumladan, mehmonlar va otel xodimlari asirga olingan. Oxirgi xabarlarga ko'ra, ular ozod qilingan.

Xabarlarga ko'ra, Qur'ondan parchalarni yoddan aytib bera olgan asirlarni jangarilar qo'yib yuborgan.

Fransiya vaziyatni hal qilish uchun o'z harbiy mutaxassislarini Maliga safarbar etgan. Mali - Fransiyaning sobiq mustamlakasi.

Hujum kimning ishi ekani noma'lum, biroq mamlakatda al-Qoidaga aloqador jangari guruhlar faoliyat yuritmoqda.

Turkiya havo yo'llarining bildirishicha, aviakompaniyaning olti xodimi hozir mehmonxonada bo'lgan. Asirdagilar orasida Fransiya, Nigeriya, Xitoy va Amerika fuqarolari bor edi, deydi rasmiylar.

Hujumchilarning holi nima kechgani, ular oteldami yoki yo'q - noma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG