Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 15:02

Xalqaro

Maliga yordam ko'rsatish masalasi Bryusselda muhokamada

Maliga borgan gumanitar yordam, Mopti shahri, 4-fevral, 2013-yil.
Maliga borgan gumanitar yordam, Mopti shahri, 4-fevral, 2013-yil.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Bryusselda xalqaro tashkilotlar va Mali rasmiylari majlis qilib, Afrikaning bu mamlakatida barqarorlikni tiklash xususida fikr almashmoqda. BMT, Yevropa Ittifoqi,  Afrika Ittifoqi – jami 45 tashkilotdan vakillar bor. Tomonlar gumanitar masalalar, inson huquqlari, siyosiy jarayonlar xususida gaplashadi. Mali muvaqqat rahbari Dionkunda Traore iyul oyida saylov o’tkazishni taklif qilmoqda.

Fransiya qo’shinlari Malida so’nggi uch haftadan beri mamlakat shimolida o’rnashib olgan islomiy jangarilarga qarshi jang qilib, yutuqlarga erishdi. Bugun Chaddan 1800 askar yordamga borgan. Afrikalik kuchlar tez orada fransuz qo’shinlari o’rnini egallashi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi Mali armiyasini tayyorlash maqsadida bir necha yuz mutaxassis yubormoqchi. Jami qit’aning 17 mamlakati yordam berishga rozi bo’lgan.

Fransuz samolyotlari kecha shimoli-sharqdagi sahro hududlarda jangarilar pozitsiyalarini o’qqa tutgan. AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Parijda Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashib, Malidagi yutuqlarni olqishlagan. Bayden Fransiyaning Maliga BMT qo’shinlarini kiritish taklifini qo’llab-quvvatlagan.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI