Juma, 19-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 00:31

Siyosat

Malida jangarilar safida bo’linish

Malilik askar Bamakodagi aeroportni qo'riqlamoqda. AQSh fransuz askarlarini manzilga eltishda yordam berayapti.
Malilik askar Bamakodagi aeroportni qo'riqlamoqda. AQSh fransuz askarlarini manzilga eltishda yordam berayapti.
Amerika Ovozi
Malida mahalliy va xalqaro qo’shinlar bilan jang qilayotgan Ansariddin jangari guruhidan ayrim isyonchilar ajralib chiqqan va endi hukumat bilan muzokara o’tkazishga rozi.

Yangi tuzilgan guruh – Azavad islomiy harakati ekstremizmga qarshi kurashish niyatida.

Ansariddin oqimi va isyonkor tuareg qabilasi o’tgan yilning bahorida harbiy to’ntarish paytida birlashgan edi. Bu kuchlar hukmron shimolda keskin sha’riy qoidalar joriy etilgan.
 
Hozir Malida fransuz va Afrika askarlari ektremistlar bilan kurashib, janubiy shaharlarga yo’latmay keladi. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton kecha Kongressda qilgan chiqishida Mali terrorchilar makoniga aylanib bormoqda, dedi.

Qo’shma Shtatlar va ittifoqchilar Malining qo’shnilari bilan ishlab, mintaqada xavfsizlikni yaxshilashga harakat qilmoqda, lekin bu davlatlarda zaxira, salohiyat yetarli emas.
 
Hafta boshida huquq tashkilotlari Mali askarlarini sudsiz, asossiz qatl etishlarda, inson huquqlarini keng ravishda poymol qilayotganlikda ayblab chiqqan.

Xususan, 10-yanvar kuni Sevare, Mopti va Nioro shaharlarida harbiylar qatliom sodir etgan, deydi Inson huquqlari xalqaro ligasi rasmiylari va mamlakatda mustaqil tergov o’tkazish lozim.

Malida urush:

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh armiyasidagi jinsiy tajovuz hollarii
X
17.12.2014 21:48
So’nggi ikki yilda AQSh qurolli kuchlarida jinsiy tajovuz hollari kamaygan. Ammo Pentagon hamon keskin bosim ostida.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Karachi, Pokiston
  • Vatikan
  • G'azo sektori
  • Krasnoyarsk, Rossiya
  • Germaniya
  • London, Angliya
  • Xitoy
  • Tokio, Yaponiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI