Shanba, 23-may, 2015 Toshkent vaqti: 01:36

Xalqaro

Malida ikki shahar jangarilardan tortib olingan

Maliga jangarilar bilan jang qilish uchun yordamga borgan fransuz askarlari, poytaxt Bamakodagi aerodrom, Mali, 16-yanvar, 2013-yil.
Maliga jangarilar bilan jang qilish uchun yordamga borgan fransuz askarlari, poytaxt Bamakodagi aerodrom, Mali, 16-yanvar, 2013-yil.
Amerika Ovozi
Fransiya va Mali qo’shinlari Malining Diabali shahrini islomiy jangarilardan tortib olishga muvaffaq bo’ldi. Jangarilar shaharni bir hafta oldin ishg’ol qilgan edi.


Shundan so’ng Fransiya aviatsiyasi ularning pozitsiyalarini tinmay bombardimon qilgan.

Mahalliy aholiga ko’ra, jangarilarning bir qismi Diabalini tark etgan, boshqalari esa shaharliklar bilan qorishib ketishga harakat qilmoqda. Harbiylar yerosti minalari va portlovchi moddalarni qidirmoqda.

Mali shimolini o’tgan yildan beri nazorat qilayotgan jangarilar poytaxt Bamakoga yaqinlashgani bois Fransiya Maliga yordam berishga ahd qilib, 10 kun ilgari qo’shin kiritgan edi.

Fransiya Mudofaa vaziri Jan Iv Ledrianning aytishicha, Duentza shahri ham jangarilardan tortib olingan.

"Malini ulardan butunlay tozalaymiz", - dedi Ledrian.

Nigeriya, Togo, Niger va Benin qo’shinlari ham Afrika kuchlari tarkibida Maliga yordam bermoqda.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ayol siyosatchilari
X
21.05.2015 23:15
AQSh Kongressida shu paytgacha bunchalik ko’p ayol a’zo bo’lmagan. Lekin ular ko’p emas, qonunchilarning atigi 20 foizi. Amerika aholisining yarmidan ko’pi xotin-qizlar. Umuman olganda siyosatda ayollar muhim rol o’ynaydi, saylovchi va fuqaro sifatida. Biroq qudratli lavozimlarda ular ozchilik.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Urugvay ahli 1973-1985 yillarda hukmronlik qilgan harbiy tuzum paytida daraksiz ketgan insonlarni eslamoqda
  • Janubiy Koreya
  • Bostonda xotira kuni, AQSh
  • Ispaniya
  • Janubiy Koreya
  • Nyu-Yorkdagi yangi osmono'par binoda
  • Xitoy
  • Suriya
  • Assam shtati, Hindiston
  • Germaniya ko'chalarida
  • Tinch okeani sohillarida... Neft quvuridagi muammo sabab sizib chiqqan neft suvni bulg'amoqda

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI