Chorshanba, 17-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 04:29

Xalqaro

Harbiy robotlar ustidan nazorat boy berilsa-chi?

Harbiy robotlar/Military robotsi
X
05.12.2012 21:35
Bugun texnologiya shiddat bilan rivojlanmoqda. O'zini-o'zi boshqaruvchi intellektual robotlarning, ayniqsa, harbiy sohada roli oshib bormoqda. Uchuvchisiz samolyotlar, masalan, jangarilar in qo'ygan olis nuqtalarga yuboriladi, razvedka ma'lumotlari to'playdi. Biroq inson huquqlari bilan mashg'ul tashkilotlar kelajakdan xavotirda. Insoniyat robotlar ustidan nazoratni boy berishi hech gap emas, deydi ular.

Harbiy robotlar/Military robots

Amerika Ovozi
Bugun texnologiya shiddat bilan rivojlanmoqda. O’zini-o’zi boshqaruvchi intellektual robotlarning, ayniqsa, harbiy sohada roli oshib bormoqda. Uchuvchisiz samolyotlar, masalan, jangarilar in qo’ygan olis nuqtalarga yuboriladi, razvedka ma’lumotlari to’playdi. Biroq inson huquqlari bilan mashg’ul tashkilotlar kelajakdan xavotirda. Insoniyat robotlar ustidan nazoratni boy berishi hech gap emas, deydi ular.
 
Isroil va Xamas o’rtasidagi urush paytida olingan tasvirlar… Isroil mudofaa sistemalari G’azo sektoridan otilgan raketani urib tushirish harakatida.
 
Isroilni himoya qiladigan bu sistema “Temir Gumbaz” deb atalib, xavfni sezgan zahoti operatorga xabar beradi va o’t ochishga ruxsat so’raydi.
 
AQSh ham uchuvchisiz vositalarning yangidan-yangi turlarini yaratmoqda. Ular razvedka parvozlaridan tashqari olisdagi mo’ljalni aniq nishonga oladi. Lekin faqat operatorning ruxsati bilan.
 
Deyvid Mepem, Human Rights Watch tashkilotining Britaniya bo’yicha direktori, yaqin kelajakni quyidagicha tasvirlaydi.
 
"Hozir harbiy maqsadda ishlatilayotgan robotlar o’zini mustaqil ravishda boshqara olmaydi. Mo’ljalga olish va qaror qabul qilish uchun buyruq kerak. Lekin texnologiya rivojlangan sari hammasi o’zgaradi. Bu jarayon G’arb harbiy sanoatida allaqachon boshlangan. Robotlarni boshqarishda insonga hojat qolmaydi".
 
Masalan, AQSh dengiz kuchlari X-47B rusumidagi robot-samolyotlarni ishga tushirgan. Ular yirik kemalarda joylashtirilgan bo’lib, oldindan programmalashtirilgan missiyalarni bajaradi.

“Katta kuchuk” deb nomlangan mana bu robot cho’lda ham, tog’da ham piyoda askarlarga ergashib yuradi.
 
Mashina qurollanmagan, lekin huquqbonlar buni vaqtinchalik holat deb hisoblaydi.
 
"Urushda vahshiylikning oldini oluvchi faktor bu – tinch aholini jangchilardan ajratishdir. Xavotir shundaki, ertangi kun robotlari, deylik, muzqaymoq ko’targan bola va qurol ko’targan shaxs orasidagi farqni ko’rmasligi mumkin",- deydi Mepem.

AQSh harbiylarining bildirishicha, texnologiya qanchalik ilg’or bo’lmasin, harbiy kuch ishlatish qarori hech qachon mashinaga berib qo’yilmaydi.

Human Rights Watch tashkiloti nazarida esa eng yaxshi kafolat – davlatlar bu borada global bitim imzolashidir. 
 
Xavfsizlik bo’yicha ekspert Xyugo Rouzmont deydiki, texnologiyaning urush va tinchlikdagi o’rni - muhokamaga molik mavzu.
 
Axir bu mashinalarni nafaqat harbiy sohada, balki tabiiy ofatlarni bartaraf etish va gumanitar-qutqaruv missiyalarida ham qo’llaymiz.

Avtonomiya, o’zini o’zi boshqarish kabi funksiyalar haqida gapirganda, robotlarning ana shu foydali jihatlari ham hisobga olinishi kerak. 
 
Temir dastyorlar insoniyatga hali ko’p xizmat qiladi. Fransiya uzoqdan boshqariladigan mana bu robotlarni o’tgan yili yadroviy halokat bilan yuzlashgan Yaponiyaga jo’natgan edi. Bunday xavfli ishni yana kimga ishonish mumkin?
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Markaziy osiyoliklar Koloradoda. 3-qism. Central Asian family in Coloradoi
X
16.09.2014 19:47
Kolorado shtatidan turkum hikoyalamizni davom ettiramiz. Bugun sizni bu shtatda 11 yildan beri yashayotgan bir oila bilan tanishtiramiz. Asli tojikistonlik, O’zbekistonda yetti yil hayot kechirgan bu oila Amerikada muvaffaqiyatga erishgan immigrantklarga namuna.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Prezident Petro Poroshenko hujjat ma'qullanishi ketidan deputatlarga tashakkur bildirayapti.
  • Ukraina Parlamenti deputatlari sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqidagi qonunni qabul qilgach, milliy madhiyani kuylamoqda, 16-sentabr, 2014-yil, Kiyev, Ukraina.
  • Ukrainalik ko'ngilli askarlar Mariupol shahri yaqinida harbiy tayyorgarlikdan o'tmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.
  • Ukrainaning "Azov" ko'ngillilar batalyoni askarlari frontdan qaytmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.
  • Urushdan qaytgan ko'ngilli askarlar yaralangan sheriklari yonida, 15-sentabr, 2014-yil.
  • "Azov" ko'ngillilar batalyoni askari qallig'i bilan, 15-sentabr, 2014-yil.
  • Luganskda ikki qiz rossiyaparast isyonchilar bilan suratga tushmoqda, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Luganskda ko'ngillilar aholiga oziq-ovqat ulashmoqda, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Yaqinda Rossiya tarkibiga qo'shib olingan Qrimda aholi mahalliy parlament saylovlarida qatnashmoqda, 14-sentabr, 2014-yil, Simferopol, Qrim.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiyada mustaqillik uchun referendum bo'lib o'tadi

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan qabul marosimi

9-sentabr kuni Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Fotogalereya

Fotogalereya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqqa keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqqa uyushtirgan safari doirasida Iroqqa ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi olib borilayotgan kurash asosiy mavzu bo'ldi. Kerri Iroqning yangi Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashayotgan yuqori martabali ilk AQSh rasmiysidir.
Fotogalereya

Fotogalereya Iroq parlamenti yangi bosh vazirni tanladi

Davlat kotibi Jon Kerri Iroq parlamentining yangi hukumat tarkibini ma'qullash qaroridan mamnun. Jangarilarga qarshi kurash yo'lida ham bu muhim qaror, deydi diplomat.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik tinmagan, ammo tinchlik sulhi hanuz amalda

Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik holatlari uchrashda davom etmoqda. Shunga qaramay, rasmiy Kiyev va isyonchilar o'rtasida kelishilgan tinchlik sulhi hanuz amalda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI