Chorshanba, 22-may, 2013 Toshkent vaqti: 00:35

Amerika

Saylov-2012: Mitt Romni kim?

Saylov-2012: Mitt Romni kim?
Saylov-2012: Mitt Romni kim?
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yetakchi da’vogar Mitt Romni (Mitt Romney - www.mittromney.com) usta tadbirkor, sobiq gubernator, yirik siyosiy oiladan chiqqan arbob.  Bu uning Oq uyga saylanish uchun ikkinchi urinishi. Shtatma-shtat o’tayotgan saralash jarayonida oldinda ketmoqda. Ommaviy so’rovlarda respublikachilarning aksariyati uni amaldagi rahbar, demokrat Barak Obama bilan bellashishga qodir nomzod sifatida ko’rmoqda.

 

Mamlakat iqtisodi hamon og’ir ahvolda ekan, Romni o’zining biznes sohasidagi tajribasiga urg’u bermoqda.
 

“Qarz va kamomad muammosiga yuz tutgan Qo’shma Shtatlarni qutqarish qo’limdan keladi”, - deydi siyosatchi.
 

Siyosiy tahlilchi Piter Braun ommaviy so’rovlar natijasiga ishora qilib, Obamadan norozi demokratlar Romniga ovoz berishi mumkin, deydi.
 

Mitt Romni liberal qarashdagi respublikachi sanaladi. Siyosiy jihatdan u qadar konservativ emas, deya tez-tez tanqidga uchraydi.
 

O’ta konservativ kuchlar, xususan “Choychilar” harakati, Romnini yoqtirmaydi. Lekin bu bilan u o’ta liberal demokratlardan to’ygan ommani o’ziga ergashtirishi mumkin, deya tahlil qiladi Piter Braun.

 

Saylov-2012: Mitt Romni kim?
Saylov-2012: Mitt Romni kim?

Saylov natijasini ikki yirik kuch, Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan to’ygan, aynan partiyaga emas, nomzodning shaxsiyatiga qarab ovoz beradigan fuqarolar hal qilishi qayta- qayta isbotlangan.
 

2008-yilgi saylovda Barak Obama mana shu, biror bir partiyaga sodiq bo’lmagan amerikaliklarni o’ziga qarata olgan edi.
 

Lekin noyabrgacha ancha vaqt bor. Bellashuv hali oldinda. Romni sog’liqni saqlash tizimini qanday isloh qilmoqchi ekani, abort masalasida kimning tarafida ekani xususida aniq gapirmay kelmoqda. Bu masalalar Amerika jamiyatini ikkiga bo’lib keladi.
 

Yana bir omil – nomzodning dini. Romni – mormonlardan. Ular Injilga ishonsa-da, an’anaviy nasroniy qadriyatlar qatorida boshqa xususiyatlarga ham ega. Masalan, mormonlar orasida ko’pxotinlilik keng tarqalgan. Iso xudoning o’g’li deydi, lekin XIX asrda yashab o’tgan Jozef Smit – ularning ilohiy yetakchisi. Bugungi kunda respublikachilar asosi hisoblangan yevangelchilar va boshqa konservativ nasroniylar nazarida, mormonlar – adashgan to’da.
 

Lekin respublikachi siyosatshunos Kristian Ferri ta’biricha, bo‘lajak saylovda din asosiy rol o’ynamaydi.
 

"Ishsizlik, chet eldagi urushlar, iqtisodiy inqiroz va boshqa keti ko’rinmayotgan muammolar ko’p ekan, odamlar nomzodning diniga emas, siyosiy salohiyatiga qaraydi", - deydi Ferri.

 

Mitt Romni senator Jon Makkeyn bilan
Mitt Romni senator Jon Makkeyn bilan

 

64 yoshli Mitt Romni siyosatchilar sulolasidan. Uning otasi Jorj Romni Michigan shtati gubernatori bo’lgan va 1968-yilda prezidentlikka da’vo qilgan.

Mitt Romni 2002-2006 yillar orasida Massachussetts shtatiga gubernatorlik qilgan. Garvard Universitetining yuridik fakultetini bitirgan. Usta tadbirkor sifatida katta boylik orttirgan.
 

2002-yilda AQShning Yuta shtatidago Solt Leyk Siti shahrida Qishki Olimpiya O’yinlari o’tganida, bu tadbirni boshdan oyoq Mitt Romni boshqargan.

2008-yilda u ilk bor prezidentlik uchun kurashdi, lekin nomzodlikni senator Jon Makkeynga boy berdi, Makkeyn esa prezidentlikni Barak Obamaga.
 

Mana shu urinish Romnining partiyadoshlar va saylovchilar orasidagi obro’sini oshirdi.

2008-yilga qaraganda, uning bu galgi imkoniyatlari yaxshiroq, deydi siyosatdon Kristian Ferri.
 

Loading
12:00:00 / -:--:--

 

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI