Seshanba, 21-may, 2013 Toshkent vaqti: 18:28

Amerika

Mitt Romni - respublikachilardan prezidentlikka nomzod

Mitt Romni Oq Uy uchun avval ham harakat qilgan.
Mitt Romni Oq Uy uchun avval ham harakat qilgan.
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Bu yil AQShda Respublikachilar Partiyasidan prezidentlikka ko’rsatilgan Mitt Romni Oq Uy uchun avval ham harakat qilgan. Bu safar ham uning omadi chopmadi.





Romni - Amerikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan hissa qo’shgan tadbirkor. Yirik kompaniyalar asoschisi. Minglab fuqarolarni ish bilan ta’minlagan.

Oq Uyga saylanish uchun shu yutuqlarini qayta-qayta eslatdi.

"Iqtisodni ko’tarish, ishsizlikni kamaytirish uchun mening biznes tajribamga tayaning", - dedi u xalqiga.

Lekin shunisi ham ma’lumki, dunyodagi eng yirik sarmoya firmalaridan birini boshqargan Mitt Romni badavlat oiladan chiqqan. 
 
Uddaburo ekani fakt. 2002-yilgi qishki Olimpiada AQShda uning rahbarligi ostida o’tgan. Romni Massashusetts shtatiga gubernatorlik qilgan.

2004-yilda prezidentlikka nomzodlik uchun Jon Makkeyn bilan bellashgan.
 
Bu safar ham bir necha da’vogarni yengishga to’g’ri keldi. Kongressning sobiq a’zolari Rik Santorum, Nyut Gingrich va boshqalar. 
 
Nasroniylarning mormon oqimidan ekani uchun ham ancha bosimga uchradi, lekin poygada ustun keldi, deydi tahlilchi Jon Fortier.

“Mitt Romni manaman degan nomzod bo’lmasligi mumkin, ammo respublikachilar uchun eng muhimi Barak Obamadan prezidentlikni tortib olish edi, butun umid Romnida edi".
 
Tashqi siyosatda Romni Obamadan shunisi bilan farqliki, u Isroilning ashaddiy himoyachisi hamda Eron, Xitoy va Rossiyaga nisbatan keskin siyosat tarafdori.

“Boshqa davlatlar bilan aloqalarda Obama yaramas tomonlarga ishonadi, ishonchli do’stlardan yuz o’girib, dushmanlar oldida tiz cho’kadi",- dedi u o'z chiqishlarida.
 
Romni e’tiborni iqtisodga qaratdi. Ommaviy so’rovlarda, aksariyat amerikaliklarga Obama ko’proq ma'qul bo'ldi.

Lekin faqat shaxs sifatida, rahbar sifatida emas, deya tushuntiradi, siyosatshunos Jennifer Loless.
 
“Mitt Romni shaxsiy xususiyatlar jihatidan Obama bilan bellasha olmadi”.
 
Romni, deydi tahlilchi Piter Braun, Obamadek yulduz emas. Obama jozibador, yoqimtoy arbob. 

Siyosatini qoralasa-da, odamlar prezidentning shaxsiyatini yoqtiradi, deydi ekspert. 
 
“Mitt Romni - uddaburo, ammo zodagon, elita a’zosi. Romni oddiy xalq bilan bog’lana olmadi. Obama esa buning aksi. Lekin uning prezidentligi qanday ekani hammaga ma’lum. Xalq tanladi ulardan birini”.

Mitt Romni 65 yoshda, oilali, besh farzandning otasi.

Loading
12:00:00 / -:--:--


 
Loading
12:00:00 / -:--:--
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • A tornado moves past homes in Moore, Oklahoma, May 20, 2013.
Fotogalereya

Fotogalereya Oklaxoma shtati kuchli to'fon ostida qolib 51 kishini hayotdan olib ketgan

Uch kilometr kenglikda va soatiga 320 kilometrda kelgan ofat butun boshli posyolkalarni yer bilan yakson qilgan. Mahallalar tekislikka aylangan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI