Juma, 12-fevral, 2016 Toshkent vaqti: 23:06

Matbuot

Jurnalistlarni qamashda O’zbekiston yetakchilardan

Amerika Ovozi
Joriy yilda dunyoda jami 232 muxbir turmaga tashlagan. 1990-yildan beri xatlov yuritayotgan Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (Committee to Protect Journalists) nazarida bu rekord ko’rsatkich.







49 jurnalistni qamagan Turkiya birinchi o’rinda.

Keyingi  satrda Eron – islomiy respublikada 45 jurnalist panjara ortida.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarini eng ko’p hibsga oluvchi o’ntalikda shuningdek, Xitoy, Vyetnam, Eritreya, Suriya, Ozarbayjon, Efiopiya, O’zbekiston va Saudiya Arabistonini ko’rish mumkin.

O’zbekiston va Ozarbayjonda hukumat qalam ahlini qamash uchun qoradori iste’moli va bezorilik kabi ayblovlarni keng qo’llaydi, deyiladi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi hisobotida.
Eng ko'p jurnalistni qamoqqa tashlaganlar o'ntaligi:

1. Turkiya - 49
2. Eron - 45
3. Xitoy - 32
4. Eritreya - 28
5. Suriya - 15
6. Vyetnam - 14
7. Ozarbayjon - 9
8. Efiopiya - 6
9. Saudiya Arabistoni - 4
10. O'zbekiston - 4

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi hisobi.

Bugun Xitoyda 32 jurnalist qamoqda. Tibet va Shinjon viloyatlarida ishlayotgan muxbirlar eng ko’p bosimga olinayotganlardan.

Hibsdagi jurnalistlarning uchdan ikki qismi etnik ziddiyatni qalamga olgan tibetlik yoki uyg’ur.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Xalqaro hayot 12-fevral, 2016-yili
|| 0:00:00
...  
 
X
12.02.2016 16:10
Jahon yetakchilari Suriyada zo'ravonlikni tugatishga chaqiruvchi rejani bir ovozdan ma'qulladi. Meksika rasmiylari shimoli-sharqdagi qamoqxonada ro'y bergan g'alayon va yong'inni tergov qilayapti. Prezident Obama kelasi hafta Kaliforniyada ASEAN sammitiga mezbonlik qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Isroildan falastinlik faollarni qamoqdan ozod etishni talab qilayotgan arablar yahudiy kuchlar bilan to'qnashdi
  • London hayvonot bog'ida
  • Kolumbiya
  • Halokatdan keyingi manzara, Misr
  • Kashmir, Hindiston
  • Karnaval, Fransiya
  • Isroil osmonida
  • Xitoyda yangi yil tantanalari

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI