Dushanba, 01-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 16:10

Markaziy Osiyo

MTS-O'zbekiston: Ayblovlar asossiz, hukumat bizdan qutulmoqchi

O’zbekistonda o’tgan sakkiz yil davomida muvaffaqiyatli ishlab, 10 millionga yaqin kishini uyali aloqa bilan ta’minlagan MTS kompaniyasi (O'zdunrobita) faoliyati O’zbekiston hukumati qarori bilan bekor qilingan.

Respublika bosh prokuraturasi Rossiyada asoslangan, aksiyalari London va Nyu-York birjalarida sotiladigan bu kompaniyani qalloblikda, davlat moliya va biznes qonunlarini buzganlikda ayblab, 80 million dollar jarima solgan.

MTS O’zbekistonda 1400 ishchiga ega, aksariyati mahalliy fuqarolar. To’rt kishi hibsda, o'nlab xodimlar so’roq qilingan, ko’pining pasporti olib qo’yilgan. 

"AMERIKA OVOZI" MTS vitse-prezidenti MAYKL XEKKER (MICHAEL HECKER) bilan Toshkentda ketayotgan tergov ishlari, so’nggi qarorlar va kelajak haqida suhbatlashdi.

“AMERIKA OVOZI”: Toshkentdan so’nggi xabar shuki, MTS faoliyati butkul to’xtatiladi… Shundaymi?
 
XEKKER: Ha, afsuski, shunday. Faoliyatimiz uch haftadan beri to’xtatilgan. O’zbekiston hukumati xatti-harakatlariga qarab, Toshkent berayotgan signalga qarab shuni aytish mumkinki, yaqin orada MTS-O’zbekiston noqonuniy ravishda tortib olinadi, unga tegishli barcha mol-mulk musodara qilinadi.   
 
“AMERIKA OVOZI”: Shu yilning iyun oyigacha kompaniya respublikadagi biznesdan xursand edi, shundaymi? Tergovga nima turtki berdi?
 
XEKKER: Biz ham hayronmiz. O’zbekistonda 2004-yildan beri ishlab kelamiz. Biz juda mustahkam, jadal o’sishga qodir bir biznes barpo etdik. 10 millionga yaqin kishini uyali telefon xizmati va internet aloqa bilan ta’minlab kelayotgan edik. O’zbekiston va xalqaro qonunlarga rioya qilib keldik. Biror noto’g’ri qadam tashlaganimiz yo’q. To’satdan shu yilning iyun oyida O’zbekiston hukumati bizga qarshi sistematik kampaniya boshladi. Maqsad boshidan faoliyatimizni to’xtatish va bizni tamoman yopish. 
 
“AMERIKA OVOZI”: Iyun oyigacha hukumat bilan aloqalaringiz qanday edi? Biror kelishmovchilik yoki mojaroli hol bo’lganmidi?
 
XEKKER: Biz mavjud qonun-tartibga bosh egib kelganmiz. Biror qoidani buzmaganmiz. Soliqlarni to’liq to’laganmiz. Doimiy auditdan o’tganmiz. Barcha qonuniy talablarni qondirganmiz va faoliyatimiz har tomonlama normal edi. Lekin iyun oyida hukumat kutilmaganda tekshir-tekshir boshladi. Maqsad darrov ayon bo’ldi – bizdan qutulish.
 
“AMERIKA OVOZI”: O’zbekiston hukumati bu ishni korrupsiyaga qarshi kurash deb atamoqda. Kompaniyangizga qarshi jiddiy ayblovlar qo’yilmoqda. Siz ularni rad etib, ma’muriyatni g’araz maqsadlarda ayblayapsiz.
 
XEKKER: Bizning nazarimizda, MTS-O’zbekistonga qarshi ayblovlarning hammasi tuhmat, soxta va iqrornomalar majburan yozdirilgan. O’zbekiston hukumati doimo shunday qilib kelgan, bu yangilik emas. Investorlarni mol-mulkdan ayirish uchun rahbariyat bu usulni anchadan beri qo’llab keladi. Biz bunga uchragan birinchi biznes emasmiz. Bizdan oldin hukumat ko’plarni qaqshatgan. Ayblovlar g’irt safsata. Masalan tizim sifati yaxshi emasmish. Bizning xizmat sifatimiz aslida ikki baravar yaxshi. Soliq bo’yicha ayblovlar ham asossiz. Biz ularni doimo vaqtida va to’liq to’lab kelganmiz. Hozir hibsda o’tirgan xodimlarimizga qo’yilayotgan ayblovlarning ham birortasi asosli emas. Shu qadar to’qimaki, izohlashga so’z topish qiyin. O’zbekistonda bunday soxta ayblovlar doimiy hol ekanini bilamiz. Aytganimdek, maqsad bizni musodara qilish va kompaniyadan qutulish.
 
“AMERIKA OVOZI”: Siz shu qadar yaxshi va samarali ishlab, aholining uchdan biriga xizmat ko’rsatgan bo’lsangiz, sizdan qutulib, nimaga erishishi mumkin bu davlat?
 
XEKKER: Biz ham shuni tushunishga urinayapmiz. Bizdan qutulib, hukumat nima qilmoqchi? Faqat taxmin qilish mumkin. Kompaniya mulkini tortib olib, o’zlashtirish yoki boshqaga sotib pul qilish. Bu borada biror narsa deyish qiyin hozir. Shunisi aniqki, biz O’zbekistonda barcha qonunlarga rioya qilganmiz. Va bizga qarshi biror asos va sababsiz tergov ishi ochishdi. Ayni damda to’rt menejerimiz hibsda, hammasi O’zbekiston fuqarolari. Iyul oyidan beri ular qamoqda. Bu insonlarga nisbatan munosabat na respublika va na xalqaro talablarga javob beradi. Bundan tashqari xodimlarimiz sistematik tarzda bosimga olinmoqda, tazyiqqa uchramoqda. Ular advokatsiz so’roq qilinmoqda, ularni aybga majburan iqror qilishga urinishmoqda. Ularning huquqlari poymol etilmoqda. Biror yoqqa chiqa olmaydi, erkin harakat qila olmaydi, chunki pasportlari olib qo’yilgan.    
 
“AMERIKA OVOZI”: Xodimlarga qanday yordam berishingiz mumkin?
 
XEKKER: Ularning huquqiy himoyasi juda muhim. Biz mahalliy advokatlar topib, ularga ko’maklashish harakatidamiz. Lekin bu juda qiyin. Qamoqdagi xodimlar bilan bog’lanish oson emas. Boshqa xodimlarga ham har tomonlama madad ko’rsatishga urinayapmiz. Aytganimdek, ular organlarning kuchli bosimi ostida.
 
“AMERIKA OVOZI”: Kompaniya egalari kimlar? Xalqaro faoliatingiz haqida gapirib bering.
 
XEKKER: MTS aksiyalari 10 yildan beri Nyu-York birjasida sotiladi. Kompaniyaning 50 foizga yaqini Rossiyada asoslangan SISTEMA korporatsiyasiga tegishli. Uning qimmatbaho qog’ozlari London birjalarida turadi. 47-48 foizga yaqini erkin bozorda. 30 foizga yaqini Amerika investorlariniki. Ular turli tashkilotlar, pensiya jamg’armalari va boshqa sarmoyachilar. MTS Group deb ataymiz buni va O’zbekistondagi kompaniya 100 foiz bu guruh qo’lida. MTS Markaziy Osiyoda eng yirik uyali telefon, telekommunikatsiya va internet kompaniyasi. Faoliyatimiz to’xtatilgani millionlab odamlarni aloqasiz qoldirdi va zarar ko’lami bag’oyat katta. Aholi qiynalmoqda, chunki boshqa operatorlar talabni qondira olmaydi. Odamlar MTS qayta ishga tushsin deb talab qilib, filiallarimiz oldida turganini bilamiz. Afsuski, buning iloji yo’q, chunki hukumat qonunga xilof ravishda bizning ishimizni to’xtatdi. MTS ishlamayotgani jamiyatni qanchalik qiynayotganiga qaramay hukumat bunga ko’z yumadi, chunki uning asl maqsadi bizni yo’q qilish. 
 
MTS vitse-prezident Maykl Xekker (Michael Hecker) bilan suhbat/Navbahor Imamova
MTS vitse-prezident Maykl Xekker (Michael Hecker) bilan suhbat/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Interview with Michael Hecker, MTS vice president/Navbahor Imamova VOA Uzbek
Interview with Michael Hecker, MTS vice president/Navbahor Imamova VOA Uzbeki
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


“AMERIKA OVOZI”: Hukumat yoki hukumat ortida turganlar bilan biror janjalli masala yo’q edi deb bemalol ayta olasizmi?
 
XEKKER: Yo’q edi, aytganimdek, ishimizni to’g’ri olib borganmiz. Shu yil  boshida soliq auditidan o’tganmiz. Biror muammo chiqmagan. Qo’shimcha to’lashingiz kerak deyishgan, biz darrov to’laganmiz. Bizga qarshi tergov ishi ochilib, yopib qo’yilganimiz biz uchun umuman kutilmagan hol.
 
“AMERIKA OVOZI”: Amerika hukumatidan yordam so’rayapsiz. Vashington nima qila oladi?
 
XEKKER: AQShdan umidimiz shuki, Vashington bu masala haqida O’zbekiston rahbariyati bilan gaplashib, uni to’g’ri yo’lga boshlaydi. Chunki Amerika bu masala hal bo’lishidan manfaatdor. Birinchidan, MTSning 30 foiziga AQSh investorlari egalik qiladi. Eng muhimi, inson huquqlari poymol etilmoqda. Begunoh xodimlarimiz O’zbekiston qamog’ida. Ularning qo’yib yuborilishiga ishonish qiyin. Ko’plab xodimlarimiz bevosita bosim ostida.
 
“AMERIKA OVOZI”: Qancha xodimingizga rasman ayblovlar qo’yilgan?  
 
XEKKER: To’rt kishi qamoqda va ularga qarshi konkret ayblov nima ekanini tushunish qiyin. Juda umumiy va mavhum. Biror isbot-dalil yo’q ularni ayblashga. Shunday ekan, bu insonlar xuddi garovga olingandek. Boshida besh kishi hibsga olingan edi. Biri Rossiya fuqarosi edi. Uni qo’yib yuborishdi, lekin mamlakatdan chiqa olmaydi. Qolgan to’rt kishi o’rta va yuqori lavozimdagi menejerlar. Hammasi O’zbekiston fuqarolari.   
NI: 100 ga yaqin xodim so’roq qilingan degan ma’lumot qanchalik to’g’ri?
 
XEKKER: Bu haqiqat. O’nlab xodimlarimiz chaqirilgan va huquqiy himoyasiz so’roq qilingan. Uch soatlab olib o’tirilgani ma’lum. Orada besh minut advokatga ruxsat beriladi, kamera yoqilib, xo’jako’rsinga uning oldida so’roq qilinadi, keyin esa chiqarib yuboriladi. Ularni uzoq yilga qamalasan deb qo’rqitishayapti, ayblovni majburan bo’yniga oldirishmoqchi, xodimlarimizning uyiga ataylab qoradori tashlab, ularni jinoyatda ayblashmoqchi… Xullas, soxta ayblovlarga iqror bo’lishga zo’rlashayapti.  
 
“AMERIKA OVOZI”: Rossiya hukumatidan nima kutayapsiz? 
 
XEKKER: Rossiya hukumatidan shuni so’rayapmizki, O’zbekiston hukumati bilan bu borada ochiqchasiga gaplashishsin. Birinchidan xodimlarimiz qo’yib yuborilishida yordam berishsin. Boshqa xodimlarimizga bosim bas qilinsin. Kompaniyaga nisbatan barcha tazyiq to’xtatilsin. Va faoliyatimizni qayta boshlash uchun imkoniyat yaratilsin. 
 
“AMERIKA OVOZI”: Lekin O’zbekiston bunga ko’nmasachi? Bosh prokuraturaga ko’ra, MTS qonunni buzgani, qora ishlar qilgani haqida isbot-dalil yetarli va sizni sudlashmoqchi.
 
XEKKER: Bizga qarshi yangrayotgan ayblovlarning hammasi yolg’on. Biror asos yo’q ularda. Majburan yozdirilgan iqrornomalarni ro’kach qilishi mumkin. Faktlar yo’q ularda. Mantiq yo’q bu ishda. Rasman, bizni telekommunikatsiya qonunlarini buzganlikda, soliq va valyuta qonunlarini buzganlikda, monopoliyaga qarshi qonunlardan chetga chiqqanlikda ayblashayapti. Sakkiz yillik faoliyatimizda O’zbekistonda biror qonunni buzmaganmiz. Biznesimiz oshkora edi. Audit va boshqa tekshiruvlardan o’tganmiz va biror jinoiy harakat kuzatilmagan. Hukumat nima deyishidan qat’iy nazar bu ish uydirma, sahnalashtirilgan ish. Kompaniyani yo’q qilish, uni tilka pora qilib tashlash. Bundan kim jabr ko’rayapti? Qamoqdagi xodimlar, bosim ostidagi ishchilarimiz va ko’p jihatdan O’zbekiston aholisi, bizning xizmatimizga tayangan millionlab odamlar. Uyali telefonsiz qiynalayotgan 9,5 million xaridorimiz. Turmush, ish, xizmatlar, hammasi uyali telefonga bog’langan axir.
 
“AMERIKA OVOZI”: O’zbekistondagi biznes doiralar bilan aloqa qanday edi?
 
XEKKER: Faoliyatimizni kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlarni o’rganganmiz, qanday xizmatlar ko’rsatishimiz ustida o’ylab, sharoitga qarab ish tutganmiz. Muayyan shaxslar bilan biznes qilmaganmiz. Kompaniyamiz mintaqada eng yirigi edi. Ishimizdan mamnun edik.
 
“AMERIKA OVOZI”: Ikki yilcha avval Turkmanistonda ham muammoga uchragan edingiz, shundaymi?
 
XEKKER: Turkmanistonda hozirda ishimizni qayta boshlaganmiz, juda kichik muammo edi u. O’zbekistondagi holatdan ko’p farq qiladi. O’zbekistonda sistematik kampaniyaga uchradik. Ishchilarimiz bosim va tazyiq ostida.
 
“AMERIKA OVOZI”: O’zbekistonda sizni tomosha qilib, tinglab o’tirgan odamlarga, MTS ochilarmikan yana deb o’ylanayotganlarga nima deysiz?
 
XEKKER: Xizmatimizdan foydalangan odamlarga nima bo’layotganini tushuntirish, ishimiz to’xtatilayotgani haqida axborot berishga deyarli ulgurmadik. Xaridorlarimizga shuni aytardimki, biz xizmatni tiklash uchun qo’ldan kelgan barcha ishni qilayapmiz. Biz O’zbekistonda 9,5 million odam xizmatida ekanimizdan faxrlanib kelganmiz, buni sharaf deb bilganmiz. MTS odamlar hayotining ajralmas qismiga aylanganini bilamiz. Biz faoliyatimizni davom ettirishni istaymiz. Xaridorlarimiz buni tushunadi degan umiddamiz. Hukumat bizga qarshi ayovsiz, asossiz kampaniya boshladi. Biz albatta afsusdamiz. O’zbekiston ahli buni biladi deb o’ylaymiz.

MTS-O'zbekiston: Kompaniya vitse-prezidenti Maykl Xekker (Michael Hecker) bilan suhbati
|| 0:00:00
X
11.08.2012 13:19
O’zbekistonda o’tgan sakkiz yil davomida muvaffaqiyatli ishlab, 10 millionga yaqin kishini uyali aloqa bilan ta’minlagan MTS kompaniyasi faoliyati O’zbekiston hukumati qarori bilan bekor qilingan. Respublika bosh prokuraturasi Rossiyada asoslangan, aksiyalari London va Nyu-York birjalarida sotiladigan bu kompaniyani qalloblikda, davlat moliya va biznes qonunlarini buzganlikda ayblab, 80 million dollar jarima solgan. MTS O’zbekistonda 1400 ishchiga ega, aksariyati mahalliy fuqarolar. To’rt kishi hibsda, yuzlab xodimlar so’roq qilingan, ko’pining pasporti olib qo’yilgan. Navbahor Imamova MTS vitse-prezidenti Maykl Xeker (Michael Hecker) bilan Toshkentda ketayotgan tergov ishlari, so’nggi qarorlar va kelajak haqida suhbatlashdi.

Original/Interview with Michael Hecker, MTS VP

MTS Uzbekistan: Interview with Michael Hecker, VPi
|| 0:00:00
X
11.08.2012 11:03
Russia-based MTS says its Uzbek subsidiary, Uzdunrobita, accused of violating anti-monopoly rules, consumer protection laws and advertising regulations, is facing termination... In an exclusive interview with Navbahor Imamova of Voice of America's Uzbek Service, Vice president Michael Hacker says that the charges are unwarranted and that the company has become victim of a systematic expropriation campaign engineered by the authorities in Uzbekistan. Uzdunrobita's license has been suspended and four employees remain in prison. Around 10 million of Uzbekistan's 25 million mobile phone users are MTS customers.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Абду
22.08.2012 05:33
Бу Каримовнинг навбатдаги сиёсий уйини.Хозирги пайтда АКШ б-н Узбекистон орасидаги якинлик бошланиши арафасида. Урта-Осиёда АКШ уз мавкеини мустахкамлаш у-н харакат килаётир. МТС 100% чет-эл компанияси булганлиги у-н бу Узбекистон рахбариятини анча пайтдан бери жигига тегиб келаётган булса керак. Бу кимор -уртадаги уйинчилар АКШ, Россия ва Узбекистон. Каримов МТС ни кандайдир карта сифатида уртага ташлади ва кузатади ким кандай бунга этибор беришини, Россияни хам АКШни хам бу компанияда манфаати (интереси) бор. Кайси бири индамай ютиб кетаркин, кайси бири келажакдаги катта уйиндан МТСга кузини юмаркин. Президентимиз карта, шахмат, домино, шашка ва бошка уйинлани уйнашни кийворади.


Fikr bildiruvchi: Farruh E-mail adresingiz: UAE
21.08.2012 04:32
Ganisher gapiz to'g'ri, Ucell xarakatini boshlagan.Beline xam!
Imkoniyatla yetarli, yomonlash onson qilish qiyin, Yaxshi bo'lish qiyin Yomon bo'lish juda onson. Bu qarama qarshilikla xamma joyda mavjudligini korishimiz mumkin.
Man xoxlirdim Uzbekistonimiz barqaror bo'lishini, xech kimdan kam bo'masligimizani. Avvalo raqobatni shunaqa yaratib qoyilganidan xursandman. MTS sindi chunki juda kotta pulni ob chiqib ketgan UZB dan. Kamaytirib etishvotti shundayam. Mayli buyogini oylash kere endi. Orgin Xodimlarimizaga barbir rahmat etish kere, Xammasi Vatan uchun qivotti shu ishlani.
Kimsan disa O'zbekman dimiza!!! Lekin ildizimizani yomonlab bolta urishimiza yaxshimas!
Shuncha yilda ozmuncha ish qilishmadi,shaxsan man qoyil qolaman.


Fikr bildiruvchi: Ganisher E-mail adresingiz: Yevropa
18.08.2012 18:31
Bir tarixga qarasak.Ovozli Pochta asta sekin MTSda yo'q bo'ldi. Hozirda uncha talabga javob bermasa ham Ucellda bor! Menga Qo'ngiroq Qil xizmati pulli bo'ldi. Har bir SMSga 0.01$ 9000000 dan 30% foizi 3000000*0.01=30000$. Har kuni keladigan pul, xizmat yaxshilanmadi (Beeline,Ucell da Boshqacha 2 tadan tekin). E-mailni bevosita olish yo'qoldi. (Ucellda bor). Sifat juda yomonlashdi. Tekshiruvchilar kelib elka qisib ketdi (Antenna o'rnatish kerak deb ketishdi, Toshkent viloyati, Zangiota, Tuzel Boshlanishida va h.z.).Bu ro'yxatni davom ettirish mumkin. Pul kelaverdi, ish bajarilmay tura Berdi). Bularga kim ma'sul va kim ish haqi oldi. Bu oddiy mijozninig ayrim fikrlaridir


Fikr bildiruvchi: Gani E-mail adresingiz: Toshkent
15.08.2012 19:53
Men to'lagan pulni KIM TO'LAYDI?? Pulimni va xizmat haqini prokuratura to'laydimi yoki kIm?? Qaytarib bering!! Aldov cherasizmi?


Fikr bildiruvchi: nom'alum E-mail adresingiz: noma'lum
14.08.2012 20:14
MTS bir tiyinga qimmat kompaniya edi. Ishlatganman, internet xizmati shunaqangi dabdala. Ertaga 30$ qarz bo'lasiz, bir oydan keyin qog'oz kelib turadi qarzingizni to'lang deb.


Fikr bildiruvchi: Jaxongir E-mail adresingiz: UAE
12.08.2012 22:05
Shaxsan o'zim Toshkentdaligimda ko'p bor MTS operatorlariga qo'ng'iroq qilib, shikoyatlar bilan chiqqanimda manga nisbatan behurmat munosabatda bo'lishardi. Topvogan gapi "Hurmatli abonent", bu so'zniyam juda do'q qilib gapirishardi. Ustidan shikoyat qilib telefon qilsam, na menejer bor, na boshqasi. Mana oxiri ****** suv quyishgandan keyin Maykl niyam ko'rvommiza, boshqasiniyam. Shaxsan manga issig'iyam yo'q sovuug'iyam! Haqiqat baribir g'alaba qozonadi. Shaxsan mani fikrlarim chiqarmidi shu "Amerika Ovozi" da, chunki maqsad bilan ishlaydi, odamlani agitatsiya qilish. Hammani omadini bersin, lekin buyoda mol-mulk bilan ishi bo'lganda allaqachon olingan bo'lardi. MTS haqiqatda noqonuniy ishlarni oborgani ma'lum. O'zi aytib turibti 9,5 million odamga xizmat ko'rsatganman deb. Lekin nalog shunaqa darajada to'lanmagan. Tekshiruv jarayonlarida soxta hujjatlar taqdim qilinvurgan. Opani oldidan otishomi oxiri suyakka borib taqalgan shekilli. Endi ahamiyat berishgan. O'zbekiston prokraturasi kech qolgani ayon. Man bunaqa ishchilarni bo'shatgan bo'lardim. Yaxshi ishlamaydi, mana Amerikadan turib O'zbekistonga noqonuniy ma'lumot bemalol bervotti. Haqiqat bo'lsa borsin advokatini ko'tarib, mana betta pistachi xotinlarga o'xshab gapirmasdan.


Fikr bildiruvchi: Bunyod E-mail adresingiz: Toshkent
11.08.2012 23:23
Pora berib turish kerak edi, Maykl aka. Sakkiz yidayam shuni tushunib yetmapsilade.


Fikr bildiruvchi: Bahodir Ahmedov
11.08.2012 23:21
Хаммаси ****** Гулнорани иши. Пул килаетган компанияни куролмай шунака йуллар билан узиники килиб олмокчи. МТСдагилар буни яхши билади. Экспроприация килишади деяптику мана, демак, билади булаям.

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, September 1, 2014i
X
01.09.2014 10:31
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi Bishkek, suratlarda

Sovet davrida Frunze, ungacha esa Pishpek, bugungi kunda esa Bishkek, Qirg'iziston poytaxti, o'tgan o'n yillikda ikki inqilob va qator namoyishlarga guvoh bo'ldi. Markaziy Osiyoning boshqa biror markazi yaqin o'tmishda bu qadar siyosiy voqealarni boshdan kechirmagan. Biroq Bishkek bir qarashda Sovet davridan beri ko'p o'zgarmagandek. Imoratlar, ko'chalar eskirgan. Kommunizm nishonalarini ko'rasiz atrofda. Qizig'i, globalizatsiya bobida ham orqada qolmagan. 900 mingga yaqin aholisi bilan Bishkek Qirg'izistonning metropolisi.
Fotogalereya

Fotogalereya Kaliforniya shimolida zilzila, 6 balda

24-avgust kuni Kaliforniya shtati shimolida yer qimirladi. Uning kuchi 6 balni tashkil etgan. Hududda azaldan zilzila ehtimoli yuqori. Binolar vayron bo'lgan, yong'inlar va elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Hech kim o'lmagan. Lekin tunda yuz bergan tabiiy ofat aholi orasida katta vahima uyg'otgan. Zilzila ayniqsa Napa shahrida qattiq sezilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva xonadonida - Tojikistonning Mujun qishlog'idan fotolavha

Tojikiston aholisining 24 foizi, ikki millondan ortig’ini o’zbeklar tashkil etadi. Ular orasida yuzdan ortiq shoir va ijodkorlar bor. Respublika shimolining O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradosh G’onchi nohiyasining so’lim Mujun qishlog’ida o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri, shoira Zulfiya Boboyeva yashaydi. So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi va G’onchi nohiyasi raisi Zafar Ismoilzodaning joriy yil 30-iyulidagi qarori bilan Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot laureati Zulfiya Boboyevaning 60 yoshlik yubiley tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbir uning xonadonida kechdi. Shoira yura olmaydi. Boshlang’ich maktabda o'qib yurganidan beri aravachaga mixlanib qolgan. Ijod uning hayoti mazmuniga aylangan. Yosh qizaloq she'rga havas qo’yib, mustaqil o’qib o’rganadi, ma’lumotli bo’ladi. O’zining she’riy satrlarida bitganidek: Bo’ldilar she’rim bayotim-sabrim saodati, Yo’g’rildi shu sabab ishqqa ko’nglimning toati!
Fotogalereya

Fotogalereya Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi

Muxolifatdagi islomiy guruhning qurollangan vakillari Liviya poytaxti Tripolidagi xalqaro aeroportni egallab oldi. Ular amaldagi parlament faoliyatini noqonuniy deb hisoblab, avvalgi Milliy Kongressning qayta tiklanishini talab qilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Donetskda o'ziga xos parad

Ukraina mustaqillik bayramini nishonlar ekan, sharqda bo'lginchilar asirdagi askarlarni ko'chalardan namoyishkorona olib o'tishdi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI