Juma, 01-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 08:43

Iqtisodiyot

O'zbekiston: MTS mulki qaytariladi, lekin kompaniya jarima to'laydi

Amerika Ovozi

O'zbekiston sudi hukmiga ko'ra, Rossiyada asoslangan MTS uyali aloqa kompaniyasining musodara qilingan mulki qaytib beriladi. Lekin unga 600 million dollar jarima solinadi. Pul sakkiz oy ichida to'lanishi kerak. 

MTSning O'zbekistondagi filiali, 9,5 million odamga xizmat ko'rsatgan kompaniya, biznes jinoyatlarda ayblanib butunlay yopilgan. Rossiyadagi boshqaruv bir milliard dollar zarar ko'rildi, deya bildirgan edi. 

MTSning to'rt xodimi, jumladan yuqori lavozimlarda ishlagan o'zbekistonliklar, jinoiy sud oldida javob bergan va ikki yarim yillik shartli jazoga mahkum etilgan.

Kompaniya apellyatsiya tartibida yuqori sudga murojaat qilgan edi.
Unga oldin ham 900 million dollarlik jarima belgilangan edi.

MTS O'zbekistonda qayta ochiladimi? Bu savolga hozircha hech kim javob bera olmaydi.

Hozirgi asosiy vazifa, deya bildiradi kompaniya rahbariyati, jarima miqdorini kamaytirish.

MTS O'zbekiston hukumati qo'ygan biror ayblovni tan olmaydi va boshidanoq Karimov ma'muriyatini respublikada yaxshi biznes qilayotgan kompaniyani o'zlashtirishga harakat qilayotganlikda qoralab keladi. 

"Amerika Ovozi"ga shu yilning avgust oyida bergan intervyusida MTS vitse-prezidenti Maykl Xekker O'zbekistonda rahbariyat bunday ishlarga o'rganib qolgan, chet el kompaniyalaridan adolatsiz ravishda qutulib, soxta ayblovlar bilan ularning mulkini tortib olib foyda ko'rish - bu davlat uchun klassik uslub, deya izohlagan edi. 

MTS 2004-yilda "O'zdunrobita" ning 74 foizini sotib olgan va keyingi yillarda butkul uning egasiga aylangan. Jami 1,1 milliard dollar sarmoya qilgan.

Britaniyaning Oxus Gold va AQShning Newmont Mining Corp singari kompaniyalari ham O'zbekistondan shu tarzda chiqib ketganini qayd etib keladi.

Shvetsiyada ayni damda
TeliaSonera tergov ostida. Bu kompaniya O'zbekistondagi Ucell uyali aloqa firmasi egasi. 

TeliaSonera 2007-yilda O'zbekistonda biznes boshlash uchun bu respublika hukumatiga pora berganlikda ayblanmoqda. Kompaniya buni inkor etadi.

Tergov jarayonida mutasaddilar prezident Islom Karimovning qizi Gulnorani tez-tez tilga olmoqda. TeliaSonera litsenziya olishda yirik bizneslar ortida turgan bu ayolning odamlari bilan ish qilgan, degan ma'lumotlar bor.

MTS sobiq Sovet davlatlari bo'ylab keng qanot yozgan. Britaniyada asoslangan "Reuters" axborot agentligining yoritishicha, uning asosiy raqibi Vimpelcom hisoblanadi. Oxirgi oylarda uning biznesi Beeline O'zbekistonda yanada kengaygan.

MTS taqdiri va respublikada ishlayotgan uyali aloqa kompaniyalari xalqaro matbuot diqqat markazida qolmoqda.

AQShda asoslangan "Associated Press" axborot agentligi MTS tarixiga nazar tashlar ekan, shunday yozadi:  

"O'zdunrobita" aslida Gulnora Karimova, O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning qiziga tegishli edi. Karimova uni 2004-yilda MTSga pullagan... "O'zdunrobita" bo'yicha biznes sherik Sanjar Umarov Karimova uni kompaniyadan siqib chiqarganini da'vo qilgan".

Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Anonim
16.11.2012 01:29
Hurmatli Amerika Ovozi O'zbek xizmati, Juda ham muhim mavzu, ya'ni MTS to'g'risida. O'zbekison teleradiolarida hech narsa gapirilmaydi. Maqolalaringizni muntazam o'qiyman. Sizlarga rahmat aylanib o'tish moqobil linklar uchun. Saytingiz juda ham qiziqarli, suratlarda, va shuningdek saytingizda har xil ma'lumotlar, manbalarga boy.


Fikr bildiruvchi: Anonim
12.11.2012 11:33
Manimcha, shu yaqin kunlarda MTS ishlab qolsa kerak. Albatta bu qarzni to'lashadi degan umiddaman. Axir O'zbekistonni yarim aholisi MTS kompanyasidan foydalanar edi!

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola virusi tarqalishda davom etmoqdai
X
31.07.2014 18:42
G’arbiy Afrika mamlakatlari bo’ylab o’limga yetaklovchi Ebola virusi tarqalishda davom etmoqda. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, bu ushbu kasallik bilan bog’liq shu paytgacha kuzatilgan eng katta endemiyadir. Xalqaro hamjamiyat yetakchilari vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Liberiya hukumati rasmiysi sifatida Nigeriyaga kelib ishlagan, ayni paytda AQSh fuqarosi bo'lgan Patrik Soyerning xotini Dekonti Soyer bir yoshli farzandi bilan, Minnesota, 29-iyul, 2014-yil.
  • Nigeriyaning sog'liqni saqlash bo'yicha rasmiylari Ebola kasalligi bo'yicha mamlakatdagi so'nggi vaziyat haqida jurnalistlarga ma'lumot bermoqda, 28-iyul, 2014-yil.

     
  • Doktor Deyvid Makrey Texasda o'tgan matbuot anjumanida do'sti va hamkasbi Kent Brentlidan kelgan maktubni o'qib bermoqda. Brentli Liberiyada Ebolaga qarshi kurashayotib virus yuqtirib olgan ikki amerikalikning biri, 28-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida tibbiyot xodimlari Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatmoqda, 27-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatgan xodimlar maxsus himoya kiyimlarini yechmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida Ebola bilan kasallangan bemorlarga ovqat ulashilmoqda, 20-iyul, 2014-yil.
  • Syerra-Leonedagi klinikalardan birida xodimlar Ebola bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko'rsatishdan oldin maxsus himoya kiyimlarini kiymoqda, 20-iyul, 2014-yil.
     
  • Ebola virusining mikroskopdan ko'rinishi
  • Syerra-Leonedagi klinika xodimi ko'chada infeksiyaga qarshi dori sepib yuribdi, 10-iyul, 2014-yil.
     
Fotogalereya

Fotogalereya G'arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalmoqda

G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'limga yetaklovchi Ebola virusiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha 1000 dan ortiq odam halok bo'lgan. Virus yuqtirib olganlar izolyatsiyalangan maxsus kasalxonalarda saqlanmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI