Dushanba, 22-dekabr, 2014 Toshkent vaqti: 16:19

Amerika

Amerika qachon Oyga qaytadi?

Amerika Ovozi
Amerika fazogirlari Yujin Kernan va Xarrison Shmitt 1972-yil dekabrida “Apollon-17” missiyasi chog’ida Oyni oxirgi bor kezgan edi. Inson o’shandan beri bu sayyoraga qadam bosmagan. Chikagoda bu missiyaning 40 yilligi tantana qilinmoqda.

Iste’fodagi kosmonavt Yujin Kernan oyni aylangan sanoqli, omadli insonlardan biri.

Kernan qo’shni sayyorada oxirgi bor bo’lib qaytgan yagona inson:

“Oradan 40 yil o’tib hali ham oyda bo’lgan oxirgi kosmonavt ekanimni bilish, o’sha yo’lakdan boshqalar o’tmaganini bilish achinarli”.

Yujin Kernan va uning hamkasbi Xarrison Shmitt 1972-yilning dekabrigi tarixiy safarning 40 yilligini nishonlayapti. Marosim Chikagodagi Adler Planetariyida o’tmoqda.

O’sha olis sana, 19-dekabrda Yerga qaytar ekan, Shmitt va Kernan oradan yillar o’tib, mislsiz o’zgarishlar bo’ladi deya umid qilgan. Holbuki, oldinga siljish yo’q hisob.

“O’shandan keyin 40 yil, hatto 50, 60 yil o’tadi, Amerika esa Oyga qaytish-qaytmasligi gumon bo’lib qolaveradi, deb kim o’ylabdi? Xayolimga kelmagan edi bunaqasi”, - deydi Shmitt.

“Yarim asr oldin 250 ming mil masofani bosib o’tib, to’siqlarni yorib o’tdik. Lekin kelajak tomon olg’a qadam bosmadik. To’xtadik”, - deydi Kernan.

Prezident Jorj Bushning Oyga qaytish taklifi qog’ozda qolib ketdi. Undan keyin kelgan rahbar Barak Obama loyihani zarur ko’rmadi.

Byudjet kamomadi va iqtisodiy tanglik fonida Amerika qonunchilari fazoviy tadqiqotlarga ortiqcha mablag’ sarflamoqchi emas. Kosmonavt Kernan fikricha, bu izlanishlar AQSh byudjetidan ko’p talab qilmaydi.

“Byudjetimiz uchun bu sariq chaqa ham emas. Amerikaliklar to’lagan soliqning bir tomchisi”, - deydi u.

Xarrison Shmitt – sobiq senator. Uning nazarida NASA ham irodasizlik qilmoqda:

“Moliyaviy jihatdan olib qarasak, NASA yutqazayapti. Oldiga aniq maqsadlarni belgilashni uddalay olmayapti. Qo’shma Shtatlar kosmik sohada yetakchi pozistiyasini qo’ldan boy berayapti”.

“Yarim asr oldin Sovet Ittifoqi bilan fazoviy tadqiqotlar bobida bellashib, qo’limiz baland kelgan edi. Bugun esa qilt etmay, boshqalarga qarab turishni afzal topayapmiz. Kosmosni kezishni eplolmay qoldik”, - deydi Kernan.

AQShga qarashli fazoviy kemalar eskirib, muzeyga topshirildi.

Endi olimlar odamlarni ko’kka eltuvchi “Space X” nomli kema ustida mehnat qilish bilan band. Inson boshqaradigan vosita bir necha yildan keyin tayyor bo’ladi.

Lekin “Apollon” missiyasi faxriylari uchun buning o’zi yetarli emas.

NASA Oyga parvozni ustuvor vazifa qilib belgilashi kerak, deydi ular. Oldinda esa qizil sayyora, Mars kutmoqda.

Oyga safar qilgan fazogirlar bilan suhbat/Apollo-17 i
X
13.12.2012 00:13
Amerika fazogirlari Yujin Kernan va Xarrison Shmit 1972-yil dekabrida "Apollon-17" missiyasi chog'ida Oyni oxirgi bor kezgan edi. Inson o'shandan beri bu sayyoraga qadam bosmagan. Chikagoda bu missiyaning 40 yilligi tantana qilinmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: 454545
12.12.2012 23:23
ha mayli, omadini bersin kim oyga chiqqan bo'sa. yana kim chiqmoqchi bo'lsa yozinglar. rahmat Amerika Ovozi muxbirlari...

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, December 22, 2014i
X
22.12.2014 10:30
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • AQShdan panoh topgan diniy yetakchi Fathulla Gulen tarafdorlari hukumatga qarshi namoyishda, Turkiya
  • Isroil askarlari Falastin qishlog'ida
     
  • Gavana, Kuba
  • Peshavor, Pokiston
  • Bangalor, Hindiston
  • Indoneziya
  • Xitoy
  • Chexiya
  • Tailand
  • Litva
  • Yaponiya
  • Abu Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
  • Quvayt
  • Germaniya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI