Yakshanba, 26-may, 2013 Toshkent vaqti: 11:49

Yangiliklar

AQSh-Afg'oniston strategik hamkorligi 2024-yilgacha mo'ljallangan

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

20-21-may kunlari Chikago NATO, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti sammitiga mezbonlik qildi. 28 davlat a’zo harbiy ittifoq 33 yildan beri urush domida bo’lgan Afg’onistonda tinchlikka erisha oladimi? AQSh prezident Barak Obama “ha” deya javob qilmoqda. Lekin qachon?

Strategik kelishuv imzolangan kun, Kobul, 2-may, 2012
Strategik kelishuv imzolangan kun, Kobul, 2-may, 2012
NATO a’zolari bir joyga yig’ildimi, jang maydonida o’lgan askarlarni xotirlaydi. Afg’onistonda minglab harbiylar nobud bo’ldi, qonli to’qnashuvlar davom etmoqda.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bu notinch va qashshoq mamlakatni “shoshib tark etmaymiz” deydi.

“Afg’on xalqi bilsinki, 2014-yildan keyin biz uni tashlab qo’ymaymiz. Yurtingiz tinchlikka erishishi, rivojlanishi, terrorizm o’chog’i bo’lmasligi uchun qo’ldan kelgan barcha yordamni beramiz. Kelajakni o’zingiz qurasiz, biz ko’maklashamiz”,- deydi Rasmussen.

Xalqaro koalitsiya hozirda afg’on xavfsizlik kuchlarini tayyorlashga zo’r bermoqda. Yaqin orada ularning soni 351 mingga yetadi.

Amerikaliklar urushdan to'ygan. Hukumatga keskin talablar qo'ymoqda, Afg'onistondan chiqish payti yetdi degan.
Amerikaliklar urushdan to'ygan. Hukumatga keskin talablar qo'ymoqda, Afg'onistondan chiqish payti yetdi degan.
Afg’onistonda aholining 75 foizi hozir mahalliy qo’shin tomonidan himoya qilinmoqda. NATO barcha mas’uliyatni ularga topshirgan, faqat yordamlashmoqda.

Barak Obama deydiki, tinchlikni mustahkamlash uchun afg’on xalqiga iqtisodiy-ijtimoiy yordamni oshirish kerak. Uzoq muddatli strategiya ishlab chiqib, bu jamiyatni har tomonlama taraqqiy ettirish uchun ter to’kish lozim, deydi u.

Qo’shma Shtatlar yaqinda Kobul bilan bu borada imzolagan bitim 2024-yilgacha bo’lgan davrni qoplaydi. Vashingtondan milliardlab dollar kutilmoqda.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay “xalqim hech kimga tobe bo’lmaydi” deydi, ammo mustaqil qadam tashlay olish uchun bu davlat hozircha ulkan madadga muhtoj.

Afg'on politsiyachi
Afg'on politsiyachi
“O’zini himoya qila oladigan, o’zini o’zi boqa oladigan davlat sifatida oyoqqa turishimiz va bosqichma-bosqich rivojlanishimiz uchun xalqaro hamjamiyat bizga ko’maklashishi kerak”,- deydi Karzay.

Hali oldinda qilinadigan ishlar talay, deydi Obama, janglar, talofatlar. Lekin NATO o’ziga ishonishi, shashtidan qaytmasligi zarur.

“Oldinda mashaqqatli davrlar bo’lishi tayin.To’g’ri yo’ldan ketayotganimizga shubham yo’q. NATO sammiti shuni isbotladiki, a’zo davlatlar bir yoqadan bosh chiqarmoqda”.

Xavfsizlikni ta’minlashdek nozik vazifa afg’onlar bo’yniga yuklanar ekan, o’tish davrida NATO va bu davlat har sohada kelishib ishlashi kerak.

Afg'onlar hali uzoq davr tashqi yordamga muhtoj
Afg'onlar hali uzoq davr tashqi yordamga muhtoj
Xalqaro koalitsiya qo’mondoni, AQSh generali Jon Allen Tolibonga qarshi kurashni susaytirmaslik lozim deydi. Jangari xurujlari tinmayapti, mamlakatning har burchagida. Xorijiy kuchlar yordamisiz afg’on hukumati chora ko’rolmaydi.

“Afg’on Milliy Xavfsizlik Kuchlari 2013-yilgacha yetakchilikni qo’lga oladi. Maqsad shu. Jangarilarga qarshi kurash qanday olib borilishini ular hal qila boshlaydi. Afsuski, Tolibon kelasi bir yil ichida jangni to’xtatadi deya olmaymiz”.

Xalqaro hamjamiyat Afg’onistonni tashlab qo’ymaymiz deya bong ursa-da, Amerika va Yevropa Ittifoqi o’z muammolari girdobida. Afg’onlarga milliardlab dollar va’da qilinmoqda. Buning uchun bu davlatlar o’z iqtisodiyotlarini ham yaxshilashi kerak.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI