Breaking News

Shvetsiya: Obid qori Nazarov bilan bog'liq ish yanada jadallashgan


Shvetsiya prokuraturasi Rossiyadan qaytarilgan Yuriy Jukovskiyni imomni o'ldirishga berilgan buyurtmani bajarganlikda gumon qilmoqda
Shvetsiya prokuraturasi Rossiyadan qaytarilgan Yuriy Jukovskiyni imomni o'ldirishga berilgan buyurtmani bajarganlikda gumon qilmoqda

Rossiya Shvetsiyaga topshirgan Yuriy Jukovskiy O'zbekiston fuqarosi bo'lib, qoriga suiqasdni kim nima sababdan uyushtirganini aniqlab berishi kutilmoqda.

O'zbekistonlik taniqli imom Obidxon qori Nazarovga suiqasd qilganlik gumoni bilan qidirilayotgan shaxs 26-avgust kuni Rossiyadan Shvetsiyaga deportatsiya qilindi. Yuriy Jukovskiy O'zbekiston fuqarosi bo'lib, suiqasdni kim nima sababdan uyushtirganini aniqlab berishi kerak.

Obidxon qori Nazarovni o'ldirishni kim nima sabab buyurgan? Adolat yaqinmi? Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:53 0:00

Nazarovga uyushtirilgan suiqasd ortida O’zbekiston hukumati turganligi taxmin qilinadi, ammo bu farazlar hozircha jinoyatni amalga oshirgan ijrochi tomonidan tasdiqlanmagan.

Shvetsiya prokuraturasi Jukovskiyni imomni o’ldirishga berilgan buyurtmani bajarganlikda gumon qilmoqda.

Rasmiylarga ko’ra, mahkamagacha hali kamida ikki oy vaqt bor.

2012-yili Shvetsiyaning Stromsund shahrida yuz bergan hujum natijasida og’ir yaralangan Obidxon qori Nazarov uzoq vaqt hushsiz yotdi.

O’zbekiston, ayniqsa xorijdagi o’zbek jamoatchiligini larzaga solgan bu voqea yuzasidan o’tgan sud jinoyatga aloqador deb ko’rilgan va suiqasd ijrochisiga ko’maklashganlikda ayblangan ikki o’zbekistonlik ustidan oqlov hukmini chiqargan edi.

Yuriy Jukovskiy ekstraditsiya qilinishi munosabati bilan bayonot tarqatgan “Muqobil O’zbekiston” tashkilotiga ko’raб asosiy gumonlanuvchini Shvetsiya prokuraturasiga qaytarilishi buyurtmachilarni javobgarlikka tortish uchun ham asoslar beradi.

“U yetti oydan buyon Rossiyada hibsda saqlangan, bundan tashqari Shvetsiyani talabiga ko’ra ushlangan ekan. Demak, u suiqasd buyurtmachilari haqida ma’lumot berishi mumkin. O’ylaymanki, O’zbekiston hukumati Jukovskiyni Obidxon qorini o’ldirish uchun yuborgani isbotlanadigan bo’lsa, bu O’zbekiston hukumatining Andijon voqealaridan keyingi navbatdagi katta bir jinoyatini isbotlaydi. Umid qilamanki, bu o’z geopolitik maqsadlari uchun O’zbekiston hukumatini qo’llayotgan G’arb diplomatiyasiga ham saboq bo’ladi”, - deydi “Muqobil O’zbekiston” yetakchilaridan biri Mo’tabar Tojiboyeva.

Shvetsiyada yashayotgan dindor Muhammadsolih Abutov fikricha, Jukovskiyning topshirilishi adolat qaror topishini kutayotgan jamoatchilik uchun, Obidxon qorining yaqinlari, tarafadorlari uchun umidli xabar.

“Qori akaning sog’lig’i tiklanib borayotgani haqida o’g’lining guvohligi bor. So’nggi xabar bilmadim u kishiga aytildimi, yo’qmi. Ehtimol so’glig’i hali bu narsani ko’tarolmas, ammў jinoyatchining ushlanganini xursandchilik bilan qabul qildik. Uning ko’rsatmalari Karimov rejimining yana bir jinoyatini fosh qiladi degan umidda turibmiz”, - deydi Abutov.

Obidxon Nazarov 2006-yildan beri Shvetsiyada yashaydi
Obidxon Nazarov 2006-yildan beri Shvetsiyada yashaydi

Toshkent-Moskva munosabatlaridagi taranglik

Moskva Yuriy Jukovskiyni Shvetsiyaga ekstraditsiya qilgani dindorlarga nisbatan tazyiqlarda deyarli bir xil siyosatga ega ikki davlat - O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi taranglikdan darak sifatida qabul qilinmoqda.

Ko’pchilik faollar uchun Rossiya o’zbek diniy muxolifati yetakchisiga nisbatan suiqadda ayblanayotgan shaxsni Shvetsiyaga topshirishi kutilmagan holat. Shu bois bu ekstraditsiya ortida Toshkentga nisbatan siyosiy bosim turganligi e’tibordan soqit qilinmaydi.

“Bir narsani bilamiz, Putin rejimi yuzlab dindorlarni o’g’irlab, O’zbekistonga berib yuborgan. Biror dindorni O’zbekistonga topshirish Rossiyaga qiyinchilik tug’dirmaydi. Bu narsa ularni ShHT doirasidagi hamkorligiga ham kiradi. Ammo gumondorning Shvetsiyaga topshirilishi, albatta, har xil gumonlarga olib boradi. Bosim ko’rsatish maqsadida qilingan bo’lishi mumkin, ya’ni Jukovskiyning Shvetsiyaga topshirilishi o’zbek rejimi manfaatiga zid. Lekin shunga qaramasdan Rossiya uni topshirishga qaror qilgan ekan, albatta bu Moskva-Toshkent aloqalaridagi sovuqlashishdan dalolat”, - deydi Abutov.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ayni paytda O’zbekistonda qamoqqa olingan, Moskva josusi deya ayblanayotgan imom Temur Tursunov ishini ko’rib chiqmoqda.

Asli andijonlik bo’lgan Tursunov 10 yil muqaddam Rossiya fuqaroligini olgan, Rossiyaning Kirov viloyati muftiysi o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Shu yilning iyul oyida yaqinlarini ko’rgani O’zbekistonga borganida hibsga olingan edi.

Tursunov O’zbekiston fuqarosi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. U noqonuniy diniy guruhlarga a’zolikdan tashqari boshqa davlat foydasiga josuslik qilishda ham ayblanmoqda, deydi “Amerika Ovozi” manbalari.

Rossiyalik huquq himoyachilari imom Temur Tursunovni ozod qilish talabi bilan bu davlat Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, bu borada jamoatchilik harakati tuzgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG