Seshanba, 23-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 23:22

Amerika

Dovuldan keyingi Nyu-York

Nyu-York
Nyu-York

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Sendi dovuli Nyu-York tarixidagi eng kuchli tabiiy ofatlardan bo’ldi. Shaharga katta zarar yetdi. Binolarni suv bosti, transport to’xtadi, xonadonlar elektr quvvatisiz qoldi. Shahar asta-sekin tiklanar ekan, minglab odamlar hamon boshpanasiz. Dovul Nyu-Yorkning eng yirik industriyasi - turizm uchun ham jiddiy zarba bo’ldi. 

Nyu-Yorkka yiliga 50 milliondan oshiq sayyoh keladi. O’ynab-kuladi, shaharni maza qilib tomosha qiladi. Bu esa xazina uchun 55 milliard dollar foyda degani.

Biroq Sendi dovuli mehmonlarning ko’ngliga g’ulg’ula soldi.

“Bu yerga kelishni anchadan beri rejalab yurgan edik. Dovulga qaramay, tavakkal qilib safarga chiqaverdik,” - deydi sayyohlardan biri.

Nyu-Yorkda mehmonlar uchun qiziqarli joylar ko’p, jumladan, Brodvey teatrlari. Yiliga bir milliard dollarga teng chipta sotiladi.

“Sendi” tufayli teatrlar uch kun yo’piq turdi - tarixdagi eng uzun tanaffus.  

Sanoat 8 million dollar ziyon ko’rdi.

Brodveyda chiroq bo’lmasa, butun Nyu-York qorong’i tuyuladi, deydi “Brodvey Ligasi” nomli kasaba uyushmasi prezidenti Sharlott Sent-Martin:

“Tomosha davom etsin” degan qo’shiqni eshitganmisiz? Bu shunchaki bir gap emas. Brodveyda ishlaydigan har bir odam uchun shior bu. Chipta sotuvchisi bo’ladimi u, aktyor yoki prodyuser, sahnadagi projektorlar yondi deguncha, hamma ishni boshlashga tayyor, mas’uliyatni sezadi”.
  
Manxetten Tijorat palatasi prezidenti Nensi Pleyger dovul paytida shaharda sayyohlar qiynalganini e’tirof etadi. Asablar tarang edi.

“Hammayoq yopiq, do’konga kirib yoki boshqa joyni tomosha qilib bo’lmaydi. Ko’pchilik mehmonxonasidan chiqolmay o’tirdi. Faqat yaqinidagi restoranga obvqatlanishga bora oldi, xolos. Loaqal parklarda sayr qilolmadi”.

Turistlarning askariyati odatda Manxetten oroli atrofida kemada sayohat qiladi. Dovul paytida kemalarga ziyon yetmagan bo’lsada, pirs suv ostida qoldi, deydi Jeyson Xekett.

“Kemalar bog’lab qo’yiladigan joy, pirsni ikki yarim metr suv bosdi. Elektr tizimi, kompyuterlarimiz – hammasi ishdan chiqdi. Ularni qayta tiklashga bir necha kun ketdi. Keyin kemalarni yana ishga tushirdik”.

Kemalar yana qatnay boshlagan kun shaharning mashhur joylarini ko’rish uchun 1200 odam tashrif buyurdi. 

“Nyu-Yorkka sayohatni odam orziqib kutgan edi. Dahshatli tajriba bo’ldi, lekin taslim bo’lmadik. Amerika mo’jizaning o’zginasi. Hamisha qayta oyoqqa turadi. Nyu-York eng zo’ri!" - deydi Gloriya ismli bir turist.

Biroq shaharda sayyohlar ko’ziga ko’rinmaydigan hayot ham bor. Minglab odam dovul asoratlaridan hamon azobda. Chiroqsiz yashayotganlar kammi? Qish yaqinlab qoldi, odamlar esa boshpanasiz.

Lekin hayot davom etaveradi. Nyu-York o’zi shunaqa. Kurash, yashash uchun xohish hamisha ustun kelgan bu shaharda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ebola epidemiyasiga qarshi kurash, yordam - US/Ebolai
X
22.09.2014 23:52
G’arbiy Afrika ebola virusi bilan olishar ekan, turli mamlakatlardan mutaxassislar yordamga bormoqda, shuningdek, dori-darmon yuborilayapti. Oddiy odamlar orasida ham ko’mak ko’rsatayotganlar ko’p.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius, olim Jeym Gudall, Amerika sobiq vitse-prezidenti Al Gor, Nyu-York meri Bill de Blazio, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Nyu-Yorkdagi namoyishda qatnashdi. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Berlin, Germaniya, 21-sentabr, 2014-yil.

  • Nyu-Yorkda namoyish. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Mexiko, Meksika

  • Dizayner Vivien Vestvud, sozanda Piter Gabriel, aktrisa Emma Tompson Londonda qariyb 40 ming odam ishtirokidagi namoyishda qatnashdi. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Nyu-York

  • Aktyorlar Mark Ruffalo, Leonardo Di Kaprio Nyu-Yorkdagi namoyish paytida.

  • Rio de Janeyro, Braziliya

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI