Juma, 22-may, 2015 Toshkent vaqti: 21:04

Xalqaro

Shimoliy Koreya yana yadro qurolini sinadi

  • Tokio
  • Janubiy Koreya ommasi norozi
  • Yapon olimlari sinovga yaqindan nazar tashlamoqda
  • Ikki Koreya orasidagi chegara
  • Test o'tkazilgan maydon Google orqali shunday ko'rinadi
  • Janubiy Koreya ahli xavotirda
  • Sinov o'tkazilgan maydon tasviri
  • Shimoliy Koreya qurolli kuchlari paradda
Shimoliy Koreyada yadroviy sinovlar

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Shimoliy Koreya xalqaro e’tirozlarga qaramasdan bugun uchinchi bor yadroviy sinov o’tkazgan. Rasmiy Pxenyanning tushuntirishicha, bu sinov kommunistik davlatga qarshi sanksiyalar ko’lamini oshirish tashabbusi ortida turgan Qo’shma Shtatlarning agressiv siyosatiga javobdir.
 
Davlat matbuoti xabariga ko’ra, yerosti test paytida avvalgiga qaraganda kichikroq, ammo qudratliroq yadroviy bomba portlatilgan. Jahon hamjamiyati xavotiri shuki, Shimoliy Koreya bomba yasashda tobora ustomon bo’lib borayapti.
 
Janubiy Koreya o’z armiyasini shay holatga keltirgan. BMT Xavfsizlik Kengashi bugun kun davomida favqulodda yig’ilish o’tkazib, sinov borasida fikr almashadi. Pxenyanning xatti-harakatlari dunyo xavfsizligiga raxna solmoqda, deydi BMT rasmiylari.
 
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Shimoliy Koreya o’tkazgan yadroviy sinovni “g’oyat xavfli” deya ta’riflamoqda. Pxenyan xalqaro sanksiyalarni qo’pol ravishda buzmoqda, deydi u. Amerika prezidenti Barak Obama nazarida ushbu fe’li bilan kommunistik davlat mintaqa barqarorligini izdan chiqarishi aniq, biroq bu bilan Shimoliy Koreya o’z xavfsizligini ta’minlay olmaydi.
 
Obama keskin jazo choralarini ko’rishga da’vat etmoqda. Pxenyanning yaqin ittifoqchisi Xitoy yadroviy sinovga qarshilik bildirgan. Rasmiy Pekin Shimoliy Koreya atom dasturi atrofidagi ixtilofni muzokaralar yo’li bilan hal qilishga chaqirayapti.
 
AQSh tomonidan ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganlikda gumon qilinayotgan Eron ham Pxenyanni tanqid qilmoqda. Davlatlar tinch maqsadda yadroviy izlanishlar o’tkazishga haqli, lekin jahon hamjamiyati barcha ommaviy qirg’in qurollari va yadro qurollaridan qutulishi kerak, deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Ayol siyosatchilari
X
21.05.2015 23:15
AQSh Kongressida shu paytgacha bunchalik ko’p ayol a’zo bo’lmagan. Lekin ular ko’p emas, qonunchilarning atigi 20 foizi. Amerika aholisining yarmidan ko’pi xotin-qizlar. Umuman olganda siyosatda ayollar muhim rol o’ynaydi, saylovchi va fuqaro sifatida. Biroq qudratli lavozimlarda ular ozchilik.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Urugvay ahli 1973-1985 yillarda hukmronlik qilgan harbiy tuzum paytida daraksiz ketgan insonlarni eslamoqda
  • Janubiy Koreya
  • Bostonda xotira kuni, AQSh
  • Ispaniya
  • Janubiy Koreya
  • Nyu-Yorkdagi yangi osmono'par binoda
  • Xitoy
  • Suriya
  • Assam shtati, Hindiston
  • Germaniya ko'chalarida
  • Tinch okeani sohillarida... Neft quvuridagi muammo sabab sizib chiqqan neft suvni bulg'amoqda

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI