Payshanba, 24-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 05:41

Huquq va qonun

Faollar: Shimoliy Koreyada huquqiy ahvolni tergov qilish zarur

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Xalqaro hamjamiyat BMTdan Shimoliy Koreyada inson huquqlari bilan bog’liq ahvol yuzasidan izchil tergov o’tkazishni talab qilmoqda. Bu yopiq kommunistik jamiyatda huquq ayovsizlarcha oyog’osti qilinayotgani taxmin qilinadi.
 
BMT Inson huquqlari oliy komissari Navi Pillay o’tgan oy xalqaro tergov boshlashga undab, yangi rahbar Kim Chen Un qo’li ostida ahvol mutlaqo o’zgarmaganini aytgan edi. Yaponiya, Yevropa Ittifoqi diplomatlari tashabbusni qo’llab-quvvatlamoqda.
 
Muammo shundaki, Shimoliy Koreya g’arb inspektorlarini kiritmay keladi. Shu bilan birga, ko’plab oilalar ochlikdan charchab, mamlakatdan qochib chiqmoqda va bu insonlar taqdim etgan ma’lumot o’ta qimmatli, deydi huquq himoyachilari. Mamlakat qamoq-lagerlarida 200 mingdan ziyod odam saqlanib, qiynoqlar, jisniy zo’rlash va qullik kabi holatlar qayd etilgan.
 
Bu orada, Janubiy Koreya prezidenti Li Myun Bak fikricha, Shimoliy Koreyani yadro quroli yaratish dasturidan voz kechishga ko’ndirish uchun sanksiyalar va muzokaralarning o’zi yetarli emas.
 
Shimoliy Koreyada rahbariyat o’zgarsagina, ommaviy qirg’in quroli xavfi barham topishi mumkin, dedi prezident Seuldagi chiqishida. Li Myun Bakning aytishicha, Janubiy Koreya qo’shni Shimoliy Koreya xalqining dunyoqarashini o’zgartirishga yordam berishi mumkin.
 
Kommunistik davlatga qarshi keskin qarashlari bilan tanilgan Li Myun Bak kelasi 10 kunda prezidentlik muddatini yakunlaydi. Uning o’rnini Pxenyan bilan aloqalarni yaxshilashga va’da berayotgan Pak Kin Xe, ayol rahbar egallashi kutilmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Xotin-qizlarni xo'rlash jamiyatni xo'rlashdir, deydi Jimmi Karter/Carter-Womeni
X
23.04.2014 22:27
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, dunyo bo’ylab har uch ayoldan biri hayoti davomida kamida bir marta jinsiy yoki jismoniy tajovuzga uchraydi. AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter buni inson huquqlarini poymol etishning eng qo’rqinchli ko’rinishi deb ataydi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI