Dushanba, 24-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 19:57

AQSh-Markaziy Osiyo

AQSh matbuoti: O'zbekiston harbiy tuhfadan umidvor

Amerika Ovozi
"Nyu-York Tayms" (The New York Times) gazetasining yoritishicha, O'zbekiston hukumati afg'on urushida ishlatilgan harbiy vositalarning bir qismini unga qoldirishni so'ramoqda.

Xalqaro koalitsiya 2014-yil oxirigacha afg'on zaminini butunlay tark etishga bel bog'lagan. Undan keyin Amerika bu mamlakatda qanday va qancha kuchga ega bo'ladi, bu hali mavhum.

Hozirgi asosiy vazifalardan biri o'tgan 11 yil ichida ishlatilgan harbiy vositalar, materiallar va uskunalarni olib chiqish. Buning uchun esa qo'shni davlatlarning hududlaridan, xususan O'zbekistondan o'tishga to'g'ri keladi.

Bunday hamkorlik evaziga esa Toshkent o'z talabini ayon qilgan, deya yozadi "Nyu-York Tayms".

O'zbekiston xususan zirhlangan mashinalar (BTR), mina topadigan moslamalar, vertolyotlar, navigatsiya vositalari va tunda ko'radigan binokllar so'ramoqda.

Ekspertlar fikrini o'rgangan gazeta e'tiborni O'zbekistonda korrupsiya chuqur ildiz otgani, repressiya kuchli ekani, inson huquqlari muntazam ravishda poymol etilishi, rahbariyat xalqi oldida mas'uliyat sezmasligiga qaratadi.

Islom Karimov va uning ma'muriyati bilan hamkorlik qilayotgan G'arb davlatlari yuqorida tilga olingan talabdan o'zini noqulay his etmoqda, ammo respublika bilan til topishishga majbur, deya sharhlaydi "Nyu-York Tayms".

AQSh Davlat departamenti va Pentagon, Mudofaa vazirligi, bu borada savolga tutilganida mujmal javob beriladi. Rasmiylar qisqa qilib, "bu borada hali gapirishga erta" deyishadi.

Inson huquqlari bilan bog'liq ahvol talabga javob bermaydi deya O'zbekistonga nisbatan sanksiyalar qo'ygan AQSh Kongressi 2012-yilda cheklangan tarzda harbiy yordam ko'rsatishga ruxsat bergan edi. O'zbekiston Afg'onistonga yuk tashiydigan Shimoliy Ta'minot Tizimining ajralmas qismi ekan, Vashington bu ko'mak bilan Toshkentga rahmat aytgan.

Harbiy vositalar nafaqat Amerika, balki Yevropa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniyadan ham so'ralmoqda, deya yozadi "Nyu-York Tayms".

Karimov rahbariyati bu borada hech narsa oshkor etmagan.

Inson huquqlari tashkilotlari nazarida har qanday harbiy ko'mak xalq tinchligini emas, aynan hukumat xavfsizligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Amerika va NATO bu borada uzoqni o'ylab qaror qilishi kerak, deya undaydi ular.

Yaqinda mintaqaga safar qilgan yetakchi diplomatlardan biri Vendi Sherman Bishkekda savolga tutilganida, Obama ma'muriyati hali biror qarorga kelmagan, dedi.

Shunisi aniqki, deydi rasmiy, Amerika hech kimga qurol-aslaha bermaydi, biror narsa hadya qilinsa ham u no-jangovar vosita bo'ladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Baxtiyor E-mail adresingiz: Lapasov
06.02.2013 01:14
Нима учун узбекистонда шунга ухшаш курол ярок кашф этишни бизни хукуматлар кизикишмиди .tunda kurish asbobi, va mena axtaradigon harbiy asboblar,Биз узбек халки бобокалонларимиз билан фахирланамиз. биз хам шулардик кучли давлат булишимиз мумкинку ?.


Fikr bildiruvchi: Baxtiyor E-mail adresingiz: Lapasov
06.02.2013 01:05
Узбекистон шу харбий техникаларга ихтиёжи бор экан.нима шунчалик узбек армияси кучсизми . Колаверса 11 йил афгон худудида жанг килган техникалар эскириб тамон булгану ?

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
  • AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang Yi Venada o'tgan muloqot doirasida ko'rishmoqda, 24-noyabr, 2014-yil.
  • Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
  • Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
  • Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI