Yakshanba, 26-may, 2013 Toshkent vaqti: 11:13

Ta’lim-tarbiya

Obama: Ta’lim sohasiga ko’proq sarmoya qilish kerak

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Prezident Barak Obamaning aytishicha, boshlang’ich ta’lim dasturlariga federal hukumat ko’proq mablag’ ajratishi zarur. Davlat rahbari xalqqa murojaatida tilga olgan takliflarini jamoatchilikka tushuntirish uchun yo’lga otlandi.
Obama: Ta’lim sohasiga ko’proq sarmoya qilish kerak/Shohruh Hamro
Loading
12:00:00 / -:--:--

Prezident Jorjiya shtatidagi bir bog’chada bo’lib, kichkintoylar bilan o’yinlar o’ynadi. Bolalarni kichik yoshdan boshlab o’qitish juda muhim, deydi u.

“Son-sanoqsiz izlanishlardan aynan shunday xulosa qilish mumkin. Bola yoshligida qancha ko’p bilim o’zlashtirsa, voyaga yetganida shuncha ko’p muvaffaqiyatga erishadi. Ayni paytda biz hammaga bunday imkoniyat bermayapmiz”, - dedi Barak Obama.

O’rta maktabda boy va kambag’al o’quvchilar orasidagi akademik tafovutlar ular bolalikda qanday tayyorgarlikdan o’tganiga borib taqaladi, deydi prezident.

“Farzandini xususiy bog’chaga berish uchun haftasiga bir necha yuz dollar to’lashga aksar o’rtahol oilalarning qurbi yetmaydi. Kambag’al oiladan chiqqan bolalar esa sifatli ta’limdan mahrum, bu ularning kelajagini barbod qiladi. Azobini birgalashib tortayapmiz”.

Uning taklifi shundan iboratki, moliyaviy jihatdan qiynalgan oilalarning farzandlari boshlang’ich ta’lim olishi uchun amaldagi dasturlarni kengaytirish kerak. Buning uchun mablag’ federal hukumat va shtatlardan keladi.  

Maktabgacha bo’lgan bolalarni o’qitish muassasalari hukumatdan grant olish uchun o’zaro bellashadi.

AQSh rahbari o’rta va oliy ta’lim maskanlarini isloh qilish to’g’risida ko’pdan beri gapirib keladi. Kollej va universitetlarga kirish uchun soliq imtiyozlari berilgan.

Obama olg’a surayotgan takliflar muxolifatdagi respublikachilar tomonidan sovuq qarshi olinyapti. Ular fikricha, hukumat shu paytgacha ta’lim sohasida biror ishni eplagan emas. 

Amerikada hozir moliya va byudjet eng dolzarb masala ekan, kamomadini kamaytirish, jumladan ko’plab ta’lim dasturlarini yo’q qilishni respublikachilar oliy vazifa deb biladi va prezidentni davlat qarzini oshirayotganlikda ayblaydi.

Ikki hukmron partiya byudjet borasida kelisha olmasa, yuzlab programmalar avtomatik ravishda kesilishi qonunda belgilangan. Ushbu talab kelasi oy kuchga kirishi mumkin.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI