Chorshanba, 01-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 23:17

Siyosat

Prezident Obama mudofaa xarajatlari bo'yicha yangi qaror berdi

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
AQSh rahbari Barak Obama 2013-yilda mudofaa sohasi uchun 633 milliard dollar ajratuvchi qonunga imzo chekdi.

Vaholanki, Oq Uyning o'zi bu loyihaga nisbatan norozilik bildirib kelayotgan edi. Chunki unda shunday bandlar borki, ular Guantanamo qamog'ini yopishni qiyinlashtiradi. Obama prezidentlikka saylanganida bu turmani butkul tugatishga so'z bergan.

Obama ayni damda Gavayi orolida oilasi bilan ta'tilda. Lekin bu qonun kuchga kirishini kechiktirib bo'lmaydi, dedi u.

"Konsitutsiyamiz prezidentga qonunlardagi alohida bandlarni rad etish yoki ma'qullashga yo'l bermaydi. Men butun qonunni yo qaytarishim yo unga imzo chekishim mumkin xolos. Shunday ekan, mazkur qonunning ayrim jihatlari menga ma'qul bo'lmasa-da, men unga qo'l qo'ydim, chunki davlatimiz xavfsizligi va mudofaasi uchun zarur mablag' o'z vaqtida ajratilishi shart".

Imzo qo'yilishi bilanoq kuchga kirgan hujjatga binoan Eronga nisbatan sanksiyalar kuchaytiriladi va dunyo bo'ylab diplomatik idoralarning xavfsizligi yaxshilanadi.

Lekin Kongress Guantanamodagi qamoqxonani yopish uchun bir tiyin ham ajratmoqchi emas. Qonunda bu alohida tilga olinadi. Yana bir band esa ijroiya organining mahbuslarni boshqa davlatga ko'chirishini cheklaydi.

Obama nazarida Kongress bunday yo'l tutib, davlat manfaatlariga qarshi qadam tashlamoqda. Guantanamo, deydi u, har tomonlama qimmatga tushayotgan obyekt, shuningdek, Amerikaning global nufuziga katta dog'.

2001-yilda ochilgan turmada jami 800 mahbus bor edi. Hozir 170 nafari qolgan. Aksariyati Afg'onistondagi urushda qo'lga tushgan, terrorizmda gumon qilingan yoki ayblangan. Bugunga kelib ularning ko'pi vataniga yoki boshqa davlatlarga jo'natilgan. Qolganlarni qayerda qay qonunlar asosida sudlash katta jumboq bo'lib qolmoqda.

Respublikachilar ularning Amerikaga olib kelinishiga qarshi. Obama ma'muriyati esa ularni tribunallarda sudlash kerak deydi.

"Human Rights Watch" inson huquqlari tashkiloti nazarida Amerika Guantanamo qamog'i bilan xalqaro qonunlarni buzib kelmoqda.

Yangi qonunni imzolash bilan Obama yana bir bor irodasiz ish tutdi, deydi Andrea Prasov, "Human Rights Watch" vakili. Prezident bu qamoqni yopmoqchi bo'lsa, qarori jiddiy ekanini isbotlashi kerak, deydi u.

Obama qonunga veto qo'yishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi.

633 milliard dollardan 528 milliardi Pentagon, mudofaa vazirligi uchun; 17 milliardi Energetika vazirligi olib boradigan yadroviy va harbiy loyihalar uchun; 88 milliardi esa xorijdagi maqsadlar, elchixonalar va Afg'onistondagi urush uchun ko'zlangan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Zilzila va energetika sanoati - Oklahoma Earthquakesi
X
01.10.2014 09:37
Oklaxoma AQShda eng ko’p zilzila ro’y beradigan shtatga aylangan. Yaqingacha bunday emas edi. Masalan, 2009-yildan oldin Oklaxomada yiliga ko’pi bilan ikki marta silkinish kuzatilar edi, hozir esa 200 marta. Izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, bunga energetika sanoati sababchi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ashraf G'ani( markazda) prezidentlikni qabul qilib olish marosimiga kelmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Abdulla Abdulla bosh vazirlik lavozimini qabul qilib olish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Sobiq prezident Hamid Karzay o'z lavozimini Ashraf G'aniga topshirish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Ashraf G'ani (chapda) prezident sifatida qasamyod keltirmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident sifatida qasamyod keltirgan Ashraf G'ani Afg'oniston Oliy sudi raisi Abdul Salom Azimiy bilan qo'l berib ko'rishmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Ashraf G'ani - Afg'onistonning yangi prezidenti

Uzoq davom etgan saylov mashmashasidan so'ng Ashraf G'ani Afg'onistonning yangi prezidenti deb e'lon qilindi. Saylovda unga qarshi kurash olib borgan Abdulla Abdulla, o'zaro siyosiy kelishuvdan so'ng, yangi hukumatning bosh vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumat ishga tushishi bilan Hamid Karzay davrida AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda norozilik namoyishlari

Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, aholi ko'chalarni tark etmayapti. Ular Pekinning siyosiy islohotni cheklashga qaratilgan choralaridan norozi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola epidemiyasi suratlarda

Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi yig'inida ham shu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Varshava, Polsha: O'zbekistonda inson huquqlari va siyosiy mahbuslar

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" (HRW) o'zining 121 betlik yangi hisobotida tahlil qilishicha, O’zbekiston inson huquqlari keng ko’lamda poymol etiladigan davlat; so'z va fikr erkinligi faqat qog'ozda; bu huquqlarni amalda qo'llash - qamoq va qiynoq tomon yo'l. Tahlilnoma Varshavada e'lon qilindi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerda inson huquqlari bo'yicha yillik majlisini o'tkazmoqda. Unda O'zbekistonning taniqli huquq himoyachilari Vasila Inoyatova va Mo'tabar Tojiboyeva singari faollar so'zga chiqqan va qamoqxonalardagi vaziyat haqida tanqidiy hisobotlar bergan. Konferensiya doirasida siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga chaqiruvchi namoyishlar ham o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI