Breaking News

Amerikada ulg’aygan muhojirlar deportatsiya qilinmaydi


Prezident Barak Obama qaroriga ko’ra, yoshligida AQShga olib kelingan muhojirlar mamlakatdan deportatsiya qilinmaydi. Oq Uy bu bilan Amerikada noqonuniy yashayotgan salkam bir yarim million kishiga yordam qo’lini cho’zmoqda.

A’lo Mukahhal Quvaytda yashagan falastinliklar oilasida dunyoga kelgan. 1990-yilda Iroq Quvaytga hujum qilganida uning oilasi Iordaniyaga qochgan. 1993-yili oila AQSh vizasini qo’lga kiritib, ko’chib keladi. Mukahhal o’shanda 6 yoshda edi.

“Yosh bola edim o’shanda. Bilamanki, vizamiz tugadi, lekin biz qoldik”, - deydi u.

Mukahhal AQShda hujjatsiz immigrant bo’lib voyaga yetdi. Jamiyat soyasida yashadi.

“Amerika Ovozi” u bilan birinchi bor suhbat qilganida Mukahhal Chikago shahrida eshikma-eshib yurib, musulmonlarni 2010-yilgi saylovda faol qatnashishga undayotgan edi.

O’shanda u deportatsiyadan cho’chib, suhbatga uncha ro’yixush bermagan.

“O’z qissamni doston qilsam, oqibati nima bo’ladi deb qo’rquvdim. To’g’risi, hayiqadi odam. Kim meni qo’llab-quvvatlaydi, kimda dardimni aytaman? Lekin o’shandan beri ko’p narsa o’zgardi Amerikada”.

Mukahhal deydiki, endi soyada yurishga hojat qolmadi. Chunki prezident Obama unga o’xshagan yosh muhojirlar deportatsiya qilinmaydi deb so’z berdi.
A'lo Mukahhal
A'lo Mukahhal

“Avvaliga hayron bo’ldim, ishonsa bo’ladimi deb. Lekin masala hal bo’lishiga umid bor”.

Entoni Orum Chikagodagi Loyola Universitetida aholishunoslikdan dars beradi.

“Muhojirlar shubhalanishini tushunsa bo’ladi. Bu gal masala hal bo’larmikan deb. Kongress ishini bajarganida, qonunlar allaqachon ishga tushgan bo’lardi. Ikki partiya to’rt yildan beri tortishadi. Prezident nihoyat o’zi qaror qildi qo’ydi”, - deydi olim.

Entoni Orum fikricha, qaror natijasida Florida kabi muhojirlar bilan gavjum shtatlarda Obama tarafdorlari ko’payadi.

Lekin Mukahhal xotirjam bo’lishga hali erta, deydi. Sentabr oyida Chikago federal sudi uning ishini ko’rib chiqmoqa. AQShdan siyosiy boshpana olish-olmasligi hal bo’ladi.

“Iordaniya fuqaroligiga ega falastinlikman, shu asosda boshpana bering deb ariza topshidim. “Human Right Watch” tashkiloti yaqinda hisobot chiqardi, Iordaniyaga qaytayotgan falastinliklaning fuqaroligi bekor qilinayotgan emish”, - deydi Mukahhal.

U kuzgacha prezident qarori kuchga kiradi degan umidda. Agar boshpana rad etilsa, u baribir mamlakatda qolishi mumkin bo’ladi.

Hujjatsiz muhojirlarga yordam/Undocumented immigrants in US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG